226
Agar bunda qimmatli qog’ozlarning muomala muddati yaqin yilga mo’ljallangan bo’lsa,
kursdagi farqning butun summasi joriy muddati kechiktirilgan daromad schyotida aks ettirilishi
lozim. Qimmatli qog’ozni so’ndirishda:
Dt 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar"
500 m.s.
Kt 9540 "Valyuta kurslari farkdaridan daromadlar" 500 m.s.
6240 va 7240-schyotlarda qonun hujjatlariga muvofiq, vakolatli hokimiyat organlarining qabul
qilingan qarorlariga ko’ra, to’lovi bir necha yilga kechiktirilgan soliqlar va majburiy to’lovlar
bo’yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar aks ettiriladi.
Chunonchi, masalan, Prezidentimizning 1996 yil 31 maydagi "Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
sub’ekt-larni tashkil qilish va faoliyat yuritishini rag’batlanti-rishga doir ko’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida" PF-1467-son Farmoni bilan eksportga yo’naltirilgan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni
ishlab chiqaradigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi sub’ektlarlarga soliq kredit-larini takdim etish
shartlari belgilangan. (O’zbekiston Soliq kodeksida soliq krediti tushunchasi mavjud emas).
Yuqorida aytib o’tilgan Farmonga muvofiq, soliq krediti foyda solig’i, ko’shilgan qiymat solig’i va
er solig’i bo’yicha byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan to’lovlar muddatini ikki yilgacha kechiktirish
hisobidan beriladi. Soliq to’lovchidan soliq kreditidan foydalangani uchun hisoblab yozilgan (muddati
kechiktirilgan) soliqlarning umumiy summasidan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining
30 foiziga teng stavka bo’yicha foizlar ko’rinishidagi haq undiriladi va har choraqtsa hisobot choragidan
keyingi oyning 25-sanasiga qadar byudjetga hisoblab o’tkaziladi.
Mazkur holatda byudjet oldidagi majburiyatlarni hisoblab yozish, masalan, daromad (foyda) solig’i
bo’yicha kuyidagicha aks ettiriladi:
Dt 9810 "Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar"
Kt 7240 "Solikdar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar".
Bu qarz so’ndirilishiga 1 yil qolganda, u joriy qarz sifatida aks ettiriladi:
Dt 7240 "Solikdar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar"
Kt 6240 "Solikdar va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlar".
6250 va 7250-schyotlarda hisobot davridagi soliq solinadigan va hisobga olinadigan (buxgalteriya)
daromadlar o’rtasidagi farq hisoblanadigan, yuzaga keladigan vaqtdagi farkdar mavjudligi bilan
muddati kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i summasi aks ettiriladi. Ular daromad va xarajatlarning
ayrim moddalari soliq solinadigan daromadga kiritiladigan hisobot davri, ular hisob
daromadiga kiritiladigan (chiqariladigan) hisobot davriga mos kelmaganda yuzaga keladi. Daromad
(foyda) solig’i bo’yicha xarajat hisob daromadidan kelib chiqqan holda (ya’ni sub’ektning hisob siyosatiga
muvofiq) hisob-kitob qilinadi, daromad (foyda) solig’i esa soliq solinadigan daromaddan kelib chiqib
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: