Bog'liq БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»-1100000 sum K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-1100000 sum. Aksiyalar bilan to‘lash paytida
:D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-1100000 sum K-t8310-«Oddiy aksiyalar»-10000 0K-t 8410-«Emission daromad»-100000 sum. Dividendlar aksiyalar bilan tulanganidan keyin xususiy kapital quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
7.
nominal qiymati 5000 sumlik 10200 dona oddiy aksiya - 51000000 sum;
8.
emission daromad - 4100000 sum;
9.
taqsimlanmagan foyda - 2890000 sum;
Jami xususiy kapital - 84000000 sum.
Aksiyalar bilan dividendlar tulanganida AJning majburiyatlari yoki aktivlarida o‘zgarish yuz
bermaydi, chunki dividendlar pul mablag‘lari kurinishida to‘lanadigan holatdagi kabi korxona mablag‘lari
taqsimlanmaydi. Ya’ni dividendlar aksiyalar bilan tulanganida xususiy kapital hajmi o‘zgarmaydi, faqat
uning tuzilmasi o‘zgaradi. Bundan tashqari, aksiyalar ko‘rinishida olingan dividendlar jismoniy
shaxslarda soliada tortishdan ozod qilinadi. Dividendlar, shuningdek natura kurinishida ham berilishi
mumkin. Misol. 200 ming sumlik summadagi dividendlarni tannarxi 160 ming so‘mga teng bo‘lgan
tayyor mahsulot bilan to‘lashga qaror kilindi. Aksiyadorlarga tayyor mahsulot dividend sifatida
berilganida ham KQS hisoblanadi. QQS to‘lovchisi bo‘lgan korxona esa mahsulot sotilishi bo‘yicha
oborotdan ham QQS hisoblashishi kerak
Dividendlar hisoblab yozildi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»*-200 ming sum
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-200 ming sum.
QQS bilan mahsulot sotilishi aks ettirilgan:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-200 ming sum
K-t 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming sum o‘ K-t 6410-
«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»-33,4 ming sum. Tayyor mahsulot tannarxi hisobdan chiqarildi:
D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»-160 ming sum _-. K-t 2810-«Ombordagi tayyor
mahsulot»-160 ming sum.
Mazkur holatda ham 15%lik stavka bo‘yicha dividenddan soliq hisoblanadi va aksiyadorlar bu
summani korxona kassasiga to‘laydilar.
Dividendlar dan 15%lik stavka bilan undiriladigan soliq to‘lov manbaida bo‘ladi:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-30 ming sum
K-t
6410-«Byudjetga
to‘lovlar
bo‘yicha
qarzlar»-30
ming
sum.
Aksiyadorlarga natura holida dividend berish natijasida moliyaviy natija aniqlandi:
D-t 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming sum –
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-166,6 ming sum
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-160 ming sum
K-t9110-«Sotilganmahsulotningtannarxi»-160mingsum.
9900-Hisobvaraqdagi saldo ushbu tadbirdagi foyda (zarar)ni ko‘rsatdi. Ushbu holatda 9900-hisobvaraq
bo‘yicha kredit saldosi korxona tomonidan bu tadbirda olingan 6,6 ming sum summadagi foydani aks
ettiradi va korxona bu summadan soliq to‘lashi lozim.