Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/403
Sana23.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#577350
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   403
Bog'liq
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован

5.Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash
Moliyaviy hisob tamoyillarida majburiyatlar «ilgari bo’lib o’tgan hodisalar yoki o’zgarishlar 
natijasida kelgusida aktivlarni boshqa tashkilotlarga o’tkazish (xizmatlar ko’rsatish) bo’yicha 
iqtisodiy sub’ektning hozirda mavjud majburiyatlariga asoslanib, kelgusida iqtisodiy foydalardan 
ehtimoliy voz kechish» sifatida ta’riflanadi. 
Majburiyatlarning asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: 

ushbu xo’jalik sub’ektiga aktivni o’tkazish yoki xizmat ko’rsatish yo’li
bilangina bajariladigan majburiyatning mavjudligi; 
-
mazkur majburiyatni yuzaga keltirgan xo’jalik hodisasi avval sodir bo’lganligi; 
-
majburiyatning yuzaga kelishi hech bo’lmaganda ehtimoldan xoli bo’lmasligi lozim. 
Majburiyatlar - iitisodiy foydaning kamayishiga, ya’ni amaldagi aktivlarning kamayishiga olib 
kelishiga ishonch mavjud bo’lgan, hisobot davrida yoki o’tgan davrlarda yuzaga kelgan kreditorlik tsarzlari 
va boshtsa tsarzlardir. 
Majburiyatlar bu tashqi foydalanuvchilar yoki kreditorlar tomonidan biznesda qarzlar yoki haqdorlik 
munosabatini yuzaga keltirishdir. Majburiyatlarga misol qilib kreditorlar( taminotchilardan mahsulotni 
kreditga sotib olganligi uchun qarzdorlik), bank kreditlari, foydalanilgan jamlangan xarajatlar( suv va 
elektr toki) va soliq to`lovlari kabi to`lanmagan biznes xarajatlarini keltirish mumkin.
31
Majburiyatlar sub’ektlar tomonidan amalga oshirilgan turli bitimlar natijasida vujudga keladi hamda 
tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarga bo’lg’usi to’lovlar uchun huquqiy asos hisoblanadi. 
Mazkur xususiyatlar, asosan, majburiyat yuzaga kelishi yoki kelmasligi mumkin bo’lgan 
hodisalarga tadbiq etiladi. 
Faraz qilaylik, aviakompaniya uning reyslarida muayyan masofalarga uchgan yo’lovchilarga 
chegirmalar takdim etadi. Io’lovchi biror yoqqa uchishi kerak bo’lganda, chegirmalardan foydalanadi, 
sayohatga chiqishni rejalashtirmagan bo’lsa, foydalanmaydi. Kompaniyaning yo’lovchiga chegirmani 
takdim etish majburiyati ehtimoldan xoli emas, biroq u 100%ni tashkil qilmaydi, dastavval, bu statistik 
usulda hisoblab chiqariladi. 
Shuni ta’kidlash joizki, O’zbekistonda majburiyatlar bo’yicha buxgalteriya hisobi milliy standarti 
hozircha ishlab chiqilmagan. 
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq, yuqorida sanab o’tilgan belgilarga mos keladigan 
majburiyatlar yuzaga kelgan paytdan boshlab buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim. Qarz yuzaga 
kelganligini aks ettiruvchi birlamchi hujjatlarda, odatda, u yuzaga kelgan sana ko’rsatiladi. Biroq, xo’jalik 
amaliyotida qarz yuzaga kelgan sanani aniq belgilashga imkon bo’lmaydigan holatlar ham uchrab turadi, 
yoki aytaylik, sudda ishning yakunlanishiga qarab majburiyat yuzaga keladigan holatlarda. Ehtimoliy 
majburiyat summasi va uni so’ndirish sanasini aniq bilmay turib, kompaniyalar o’z hisobotlarida taxminan 
baholangan majburiyatlar yoki ehtimoliy (shartli) zararlarni aks ettiradi. 
Majburiyatlar qiymati uni yuzaga keltirgan xo’jalik muomalasi to’g’risidagi ma’lumotlarga 
asosan belgilanadi. Xo’jalik sub’ektlari tomonidan majburiyatlar qabul qilish o’rniga aktivlar sotib 
olinganda, majburiyatlar qiymati xarajatlar tamoyiliga muvofiq anikdanadi va u olingan aktiv qiymatiga 
teng bo’ladi. 1-son BHMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ga binoan xarid qilingan aktivlar, 
xizmatlar va ishlar tannarxi yoki xarid qilish qiymati majburiyatlarni baholash uchun asos bo’ladi. 
31
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford 
university Press, 2014; 16- bet 


220 
Xorijiy valyutadagi majburiyatlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan 
kurs bo’yicha har oyda xorijiy valyutalarni qayta hisob-kitob qilish yo’li bilan anikdanadigan milliy 
valyuta - so’mlarda hisobga olinadi. Bu majburiyatlar bir vaqtda hisob-kitob va to’lovlar valyutasida aks 
ettiriladi. Valyuta moddalari qayta hisob-kitob qilinganda yuzaga kelgan xorijiy valyutaga oid muomalalar 
bo’yicha kursdagi farkdar 9540-«Valyuta kurslari farkdaridan daromadlar» schyotiga hamda 9620-
«Valyuta kurslari farqlaridan zararlar» schyotiga kiritiladi. 
Majburiyatlar tsistsa va uzots muddatliga bo’linadi. 
Joriy (yoki qisqa muddatli) majburiyatlar tugatilishi uchun joriy aktivlar sifatida tasniflanadigan 
resurslardan foydalaniladigan yoki boshqa joriy majburiyatlar qabul qilinadigan majburiyatlar tarzida 
belgilanadi. Ularning ko’p uchraydigan o’ziga xos turlari kreditorlik qarzi olingan bo’naklar va muddati 
kechiktirilgan daromadlar, davr xarajatlariga taallukdi hisoblab yozilgan majburiyatlar, dividendlar 
va to’lovga oid foizlar, hisoblab yozilgan solikdar, shartli majburiyatlar hamda boshqalar hisoblanadi. 
Joriy majburiyatlar shunday majburiyatki, ular bir yil yoki undan kamroq vaqt ichida biznesda 
to`lanishi kerakligini asoslaydi. Joriy majburiyatlarga misol tariqasida to`lanadigan schyotlar(kreditorlar), 
jamlangan xarajatlar( hali to`lanmagan), olinmagan daromad, bank foizlari va qisqa muddatli qarzlarni 
keltirish mumkin.
32
Joriy majburiyatlarni so’ndirish ushbu majburiyatlar mavjud bo’lmaganda sub’ektlarning kundalik 
faoliyatida foydalanishi mumkin bo’lgan resurslarni ko’llashni taqozo etadi. Aynan shu jihati bilan 
ular uzoq muddatli majburiyatlardan farq qiladi. Joriy majburiyatlarni so’ndirish uchun joriy aktivlardan 
foydalanilgani sababli ularning mavjud bo’lish davri ko’pincha bir xilda - bir yildan ortiq bo’lmaydi. 
Joriy majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 
6000 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar"; 
6100 "Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar"; 
6200 "Muddati kechiktirilgan majburiyatlar hisobga oluvchi schyotlar"; 
6300 "Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar"; 
6400 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar"; 
6500 "Sug’urta va maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga oluvchi 
schyotlar"; 
6600 "Ta’sischilarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar"; 
6700 "Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar"; 
6800 "Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar"; 
6900 "Turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar". 
Uzoq muddatli majburiyatlarga to’lov muddati bir yildan oshadigan majburiyatlar kiradi. 
Ularning qiymati foiz hisoblab yoziladigan asosiy majburiyat summasi bilan aniqlanadi. Qarz summasi 
hisobda kelgusida pul to’lanadigan to’lovlar qiymatini diskontlash yo’li bilan olingan mazkur 
to’lovlarning joriy qiymati ko’rinishida aks ettiriladi. Diskontlash stavkasi inflyatsiya 
darajasiga, moliya bozori konyukturasi va mazkur maajburiyatni bajarmaslik ehtimoli bilan bog’liq xatar 
darajasiga bog’liq hamda pullarning vaqtinchalik qiymati nazariyasiga muvofiq hisob-kitob qilinadi. 
Uzoq muddatli majburiyatlar bir yildan uzoq bo’lgan muddat ichida bajarilishi kutilayotgan 
majburiyatlardir. Biroq, ayrim vaziyatlarda ular 1 yildan 3 yilgacha bo’lgan cheklangan muddatli 
32
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford 
university Press, 2014; 54-bet
 


221 
majburiyatlar sifatida tasniflanadi. Uzoq muddatli majburiyatlarga misol sifatida uzoq muddatli qarzlar, 
obligatsiyalar, ko’cmas mulk krediti va uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarni keltirish mumkin.
33
Uzoq muddatli majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 
7000 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan uzoq muddatli schyotlar"; 
7100 "Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga bo’lgan uzoq muddatli 
qarzlar"; 
7200 "Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar"; 
7300 "Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar"; 
7800 "Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar"; 
7900 "Turli kreditorlarga bo’lgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar". 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish