236
Kt 6960 "Da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar».
Mazkur majburiyatdan ikki tovar kamomadini etkazib berish yoxud tan olingan da’vo summasiga
teng mikdordagi pulni qaytarish yo’li bilan foydalanish mumkin.
Pul mablag’lari qaytarilgan holatda:
Dt 6960-"Da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar»
Kt 5110 «Hisob-kitob schyoti».
Sud tomonidan jarima (penya, aybona) tan olingan yoki belgilangan takdirda, shunga
o’xshash yozuv qayd etiladi; yani balansda majburiyat, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda -foydani
jarima summasiga kamaytiradigan xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
6970-"Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar" schyotida sub’ektlar xodimlariga hisobot yuzasidan
to’langan summa va haqiqatda sarf qilingan summa o’rtasidagi farq tufayli yuzaga keladigan qarzlar aks
ettiriladi.
Hozirgi paytda xodimga hisobot yuzasidan pul mablag’lari summasi asosan, faqat xizmat safarlari
uchun to’lanadi.
Misol.
Xodimga safar uchun 45 ming so’mlik summadagi bo’nak berilgan:
Dt 4220 "Xizmat safarlari uchun to’langan bo’naklar" 5,0
Kt 5010 Milliy valyutadagi pul mablag’lari» 45,0.
Xodim xizmat safaridan qaytgach, 49 ming so’mlik summaga bo’nak hisoboti topshirdi, ya’ni
sarflangan summa hisobot yuzasidan to’langan summadan oshib ketgan va bu holatda sub’ektlarning
hisobot topshiruvchi shaxsdan qarzi yuzaga keladi. 6970-"Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar" schyoti
esa farq summasiga kreditlanadi:
Dt 2010, 9410, 9420 (xarajatlarni hisobga olish schyotlari) 49,0
Kt 4220 "Xizmat safarlari uchun to’langan bo’naklar» 5,0
Kt 6970 "Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar" 4,0
Hisobdor shaxslardan qarzlar bu shaxslar bo’nak olmasdan turib, hisobot beriladigan summalarni
sarflagan takdirda yuzaga keladi. Bu quyidagicha aks ettiriladi:
Dt 2010, 9410, 9420 (xarajatlarni hisobga olish schyotlari)
Kt 6970 "Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar".
6990-"Boshqa majburiyatlar" schyotida sub’ektlarning turli xil notijoriy muomalalar (o’quv
muassasalari, ilmiy tashkilotlar va hokazolar bilan) bo’yicha; sud organlarining ijro hujjatlari yoki
qarorlari va boshqalarga asosan turli tashkilot hamda alohida shaxslar foydasiga sub’ektlar xodimlarining
ish haqidan ushlab qolingan summalar bo’yicha jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar oldidagi
majburiyatlar aks ettiriladi.
Masalan, aliment ushlab qolindi:
Dt 6711 "Hisoblab yozilgan ish haqi"
Kt 6990 "Boshqa majburiyatlar".
Ushlab qolingan pul mablag’lari oluvchiga hisoblab o’tkazilgunga qadar mazkur summa sub’ektlar
balansida joriy majburiyatlar sifatida aks ettiriladi.
To’lov payti quyidagicha ifodalanadi:
Dt 6990 "Boshqa majburiyatlar"
Kt 5110 "Hisob-kitob schyoti".
Xo’jalik sub’ektlarining turli kreditorlardan boshqa uzoq muddatli qarzlari 7920-"Turli
kreditorlardan boshqa uzoq muddatli qarzlar" schyoti krediti bo’yicha aks ettiriladi.
Boshqa shaxslardan uzoq muddatli qarzlar hisobi olinadigan schyotlarda sub’ektlarning har xil
muomalalar bo’yicha turli jismoniy va yuridik shaxslar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari
aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: