Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/403
Sana23.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#577350
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   403
Bog'liq
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован

 
 
 
10. Sug’urta va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga olish 
Sub’ektlar xodimlari va mol-mulki sug’urtasi bo’yicha, davlat ijtimoiy sug’urtasi, sub’ektlar 
xodimlarining pensiya ta’minoti va tibbiy sug’urtasiga ajratmalar bo’yicha qarzlar to’g’risida axborot 
quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
6510 
"Sug’urtaga oid to’lovlar"; 
6520 
" Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar". 
Bunday to’lovlarning tahliliy hisobi uchun ko’shimcha schyotlar ochish tavsiya qilinadi, masalan: 
6511
- MHTFdan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy badallar; 
6512
- MHTFdan Bandlikka ko’maklashish fondiga majburiy badallar; 
6513
- MHTFdan Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga majburiy badallar; 
6514
- fuqarolarning ish haqidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy sug’urta 
badallari; 
6521 
- Yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar; 
6522 
- byudjetdan tashqari Pensiya majburiy ajratmalar va hokazolar. 
Ijtimoiy sug’urtaga oid to’lovlarni hisoblab yozish quyidagi tarzda aks etgiriladi: 

byudjetdai tashqari Pensiya jamg’armasiga ajratmalar: 
Dt 2010, 2310, 2510, 9410, 9420 (xarajatlarni hisobga olish schyotlari) 
Kt 6511-«MHTFdan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga badallar». 

byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga

Dt 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» Kt 6514-«Fuqarolarning ish haqidan
byudjetdan tashqa-ri Pensiya jamg’armasiga majburiy sug’urta badallari». 
Yo’l yig’imini hisoblab yozish: 
Dt 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" Kt 6521 "Yo’l jamg’armasiga 
ajratmalar". 


229 
11. Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga ish haqining barcha turlari bo’yicha hisoblab yozilgan ish 
haqi, mukofot-lar, nafaqalar, ishlayotgan pensionerlarga pensiyalar va boshqa to’lovlar, shuningdek 
deponentga o’tkazilgan ish haqi to’g’risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda yoritiladi: 
6710 
"Mehnat 
haqi 
bo’yicha 
xodimlar 
bilan 
hisoblashishlar" 
6720 "Deponentlangan ish haqi" 
6710-"Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar" schyoti krediti bo’yicha mehnat haqi 
bo’yicha hisoblab yozishlar, davlat ijtimoiy sug’urtasiga oid nafaqalar, pensiyalar va boshqa shunga 
o’xshash summalar aks ettiriladi. Ushbu schyot debeti bo’yicha hisoblab yozilgan ish haqi to’lovlari va 
daromaddan ushlab qolishlar, shuningdek ularning to’lovi aks ettiriladi. 
Agar sub’ektlarda ish haqining har xil turi bo’yicha hisoblab yozishlar mavjud bo’lsa, ularning har 
bir turi bo’yicha alohida tahliliy hisob yuritish tavsiya etiladi. Bu esa mehnat haqi to’lovlari bo’yicha turli 
tahliliy ma’lumotlar talab etiladigan, mehnatga haq to’lash fondiga taalluqli bo’lgan hisobotlarni tuzishni 
ancha osonlashtiradi. Quyidagi schyotlarni yuritish mumkin: 
6711
-"Hisoblab yozilgan ish haqi" 
6712
-"Ishlovchi pensionerlarga pensiyalar" va hokazolar. 
Qo’shimcha schyotlarni yuritmasdan turib, hisoblab yozilgan ish 
haqi to’g’risidagi axborotlarni 6710-schyotida aks ettirish mumkin. 
Misol.
Buxgalteriya hisobida ish haqi va unga taallukdi to’lovlarni hisoblab yozishni aks ettirish uchun 
faraz qilaylik, ishlab chiqarish bo’linmasi xodimiga 85000 so’m miqtsorida ish haqi va vaqtincha 
mehnatga layoqatsizlik bo’yicha 30000 so’m nafaqa hisoblab yozildi. 
Ish haqini hisoblab yozish: 
Dt 2010 "Asosiy ishlab chikarish" 
85000 
Kt 6711 -"Hisoblab yozilgan ish haqi" 
85000 
Mehnatga haq to’lash fondidan ijtimoiy sug’urtaga majburiy badallar. 
- Byudjetdan tashtsari Pensiya jamgarmasiga: 
Dt 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" 
193 80 
Kt 6511 "MHTFdan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga badallar" 
19380 

Bandlikka qumaklashish fondiga: 
Dt 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" 
1275 
Kt 6512 "MHTFdan Bandlikka ko’maklashish jamg’armasiga badallar" 
1275 

Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga: 
Dt 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" 
595 
Kt 6513 "MHTFdan Kasaba uyushmasi federatsiyasi kengashiga badallar" 
595 
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqalar hisoblab yozildi: 
Dt 6511 "MHTFdan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga badallar" 30000 
Kt 6710 "Hisoblab yozilgan ish haqi" 
30000 
Xodimlar ish haqidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga 
2,5 % ajratmalar hisoblab yozildi: 
Dt 6710 "Hisoblab yozilgan ish haqi" 
2125 
Kt 6514 "Fuqarolar ish haqidan byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasiga sug’urta badallari" 
2125 
Daromad solig’i hisoblab yozildi: 
Dt 6710 "Hisoblab yozilgan ish haqi" 11050 
Kt 6415 "Daromad solig’i bo’yicha qarzlar" 11050 Kassadan ish haqi berildi: 
Dt 6710 "Hisoblab yozilgan ish haqi" 
71825 


230 
Kt 5010 "Milliy valyutadagi pul mablag’lari" 71825 Hisoblab yozilgan ish haqi bo’yicha uzoq muddatli 
qarzlarni 
hisobga olishning aynan o’xshash schyotlari mavjud emas. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish