ulg‘tratovush bilan tekshirish
va dinamikasini kuzatish
xomilada kogonok suvi miqdori kam bulganda kursatma bula oladi.
Ulg‘trasanografiya xomilaning 12-15 xaftasidan boshlab buyrak va siydik yuli
tugma rivojlanish nuksonlarini aniqlab beradi. Xomilaning 17-20 xaftasidan
boshlab utt 90-95% aniqlik bilan fetal buyrakni tekshira oladi. Buyrak kosa va
jomcha sistemasining kengayishi va buyrak parenximasining kalinligining
kamayishi antenatal davrda xomilada gidernefroz borligidan dalolat beradi.
Xomila gidronefrozi. Xomiladorlikning 34 xaftasi
Antenatal davrda buyrak agneziyasida kuchli kamsuvlilik kuzatilsa,
88
infravezikal obstruktsiyada siydik kopi xajmini kattalashishi va xomila oldi suvini
kamayishi kuzatiladi. Buyrak kistoz anomaliyalari xam xomila oldi suvini
kamayishi va buyrak soxasida kistalar kurinishi bilan kechishi mumkin.
Antenatal davrda korrektsiya kilib bulmaydigan buyrak tugma
nuksonlari aniqlanlanishi (polikistoz, buyrakning ikki tomonlama agneziyasi,
kuplab buyrak nuksonlari) xomilani tuxtatishga kursatma bula oladi.
Antenatal utt sezgirligi xomiladagi urologik nuksonlarni aniqlashda 68,8 –
80% tashkil qiladi.
Chaqaloqni nuqsonlar bilan tug‗ilishiga olib keladigan yoki unga
Moyiligini oshiradigan faktorlar jumlasiga onaning bahzi kasalliklari kiradi.
Xomilada urologik kasalliklar borligini ko‗rsatuvchi faktorlarga xomila oldi
suvlarini ko‗payishi yoki kamayishi, oldingi xomladorlikdan nuqsonli bolalarni
tug‗ilganligi, avlodda yoki ota-onada irsiy kasalliklarni mavjudligi, qorindoshlar
o‗rtasidagi nikox va x.k. Kiradi. Bundan tashqari xomilada urlogik nkqsonlarni
rivojlanishida axamiyati katta faktorlar jumlasiga onaning yoshi, xomiladorlikni
og‗ir kechishi, xomila tushib qolishiga xaf bo‗lishi, torch-infektsiya, onaning
xomiladorlikning birinchi uch oyligida virusli kasalliklar bilan og‗rishi,
ekstragenital kasalliklar va surunkali stress xolatlari kiradi
Urologik nuqsonlarni antinatal aniqlash – ut tekshiruvining asosiy maqsadi
emas. Muhim, va bahzan eng murakkab bo‗lgan vazifa – homiladorlikni davom
ettirishdava tug‗ruqda optimal taktikani aniqlashdir. Qachonki, tekshiruvni
o‗tkazayotgan mutaxassis chaqaloqlar siydik tizimi nuqsonli rivojlanishlarini,
ularning turli xil variantlarini bartaraf etish usullariva imkoniyatlarinito‗g‗ri
aniqlay oladigan bo‗lsa, shuningdek nuqsonning kelgusida, shu bilan bir qatorda
operatsiyadan keyingi davrda xam kechishini malakali ravishda oldindan aytib bera
olsagina, bu vazifaning ratsional yechimini topish mumkin. Urologik
nuqsonlarning haddan tashqari xilma-xilligi, ular chastotasining uzluksiz o‗sib
borishi va tashxis qo‗yish murakkabligi, hatto neonatal jarroxlik markazlaridagi
tajribali jarroxlarni xam kerakli taktikani aniqlashda qiyin ahvolga soladi. Shuning
uchun homiladagi urologik nuqsonlar antinatal tashxislanganda paydo bo‗lgan
89
barcha savollar utt shifokori, akusher-ginekolog va neonatal xirurg va bahzan esa
ancha
tor
doiradagi
mutaxassislar
(urolog,
neyroxirurg,
kardioxirurg)
hamkorligida optimal yechimini topishi mumkin.
Homilada urologik nuqsonlar antinatal tashxislanganda akusherlik taktikasi
nuqsonning turi va xarakteriga, bir yoki ikki tomonlama shikastlanganligiga va
nuqson aniqlangan muddatga bog‗liq bo‗ladi.
Homiladorlikni to‗xtatishni talab qiluvchi urologik nuqsonlarga biz
quyidagilarni kiritamiz: siydik pufagi ekstrofiyasi kloakal shakli;
Siydik naylari nerv-mushak displaziyasi; buyraklar autosom-retsessiv polikistozi;
ikki tomonlama buyraklar ageneziyasi; ikki tomonlama buyraklar mulg‘tikistozli
displaziyasi va ko‗plamchi rivojlanish nuqsonlari.
Hozirgi kunga qadar bu nuqsonlarni davolash istalgan natijalarni
Bermagan va operativ muolajalar qilinishidan qathiy nazar, bolalar normal ruhiy
va jismoniy rivojlanishi uchun sharoitni, shuningdek muvofiq hayot tarzini
tahminlab bera olmaydi.
Bundan tashqari, davolash imkoni bo‗lmagan va homiladorlik to‗xtalishi
shart bo‗lgan buyraklar rn qatoriga ikki tomonlama ureterogidronefroz, ayniqsa
homilada siydik pufagi kengayishi bilan birga uchrash holatlari kiritilishi shart. Bu
pufak-uretral segmentda siydikning chiqishiga qarshilik qiluvchi to‗siqning
joylashganligidan guvohlik berib, ko‗p holatlarda, ayniqsa, homilador ayolda
qog‗onoq suvining kamligida o‗ta salbiy oqibatlardan darak beradi. Mahlum-ki,
homilaning kam siydik ajratishi sabab bo‗lgan qog‗onoq suvining kamligi
ko‗pincha, chaqaloqlarda o‗pka gipoplaziyasiga olib keladi. Bunday holatlarda
homiladorlikni to‗xtatishni tavsiya etish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek,
chaqaloqlik davrida operativ muolajani talab etuvchi og‗ir ko‗plamchi yoki homila
siydik tizimi qo‗shma rn holatlarida homiladorlik to‗xtatilishi zarur. Asosiy ehtibor
shuningdek, homiladorlik to‗xtatilishini talab qiluvchi, homilasida buyraklar
polikistozi (ikki tomonlama buyraklar og‗ir shikastlanishi bilan kechadigan nasliy
kasallik) infantil (etilmagan) turiga bo‗lgan homilador ayollar tekshiruviga
qaratilishi kerak. Korrektsiyalanmaydigan buyrak rn larida akusherlik taktikasi
90
shuningdek, ularning antinatal davrda aniqlangan muddatiga bog‗liqdir.
Korrektsiyalanmaydigan buyrak nuqsonlarining erta antinatal aniqlanishi
homiladorlikni
to‗xtatishni tavsiya etish imkonini beradi, bunday rn
homiladorlikning kech muddatlarida aniqlanganda esa akusherlik taktikasi
o‗zgarmasligi mumkin va bunday holatlarda tug‗ruqni fiziologik yo‗l bilan olib
borishga harakat qilish kerak.
Homila siydik tizimi korrektsiyalanadigan rn aniqlanganda utt yordamida
dinamikada kuzatish lozim. Homiladorlikni davom ettirish va tug‗ruq taktikasi
nuqson xarakteri, xamrohlik qiluvchi anomaliyalar, kam qog‗onoq suvlilik bor
yoki yo‗qligi bilan aniqlanadi. Bir yoki ikki tomonlama gidronefrozda, shuningdek
siydik naylari siydik pufagiga quyilish joyi torayishi natijasida rivojlangan
ureterogidronefrozda homiladorlikni saqlash zarur, modomiki bu patologiyada
davolash natijalari oldindan yaxshi oqibatlar xaqida gapirishga imkon beradi. Bir
tomonlama buyraklar kistozli shikastlanishida xam bunday taktikani qo‗llab-
quvvatlash kerak. Gidro- va ureterogidronefrozning qog‗onoq suvi kam bo‗lmagan
turida akusherlik taktikasi o‗zgarmaydi. Faqatgina bahzi bir holatlarda, qog‗onoq
suvining kamligi bilan birga kechadigan gidronefrozning kuchayishida muddatdan
ilgari tug‗ruqqa ko‗rsatmalar paydo bo‗lishi mumkin.
siydik tizimi rivojlanish nuqsonlari birga uchrash qonuniyatlari va
chastotasini hisobga olgandagina to‗lakiymatli antinatal tashxis qo‗yish mumkin.
Siydik tizimi ahzolari rn lari va anorektal anomaliyalar bilan birga uchrash foizi
yuqoriligini hisobga olgan holda, maqsadli ravishda ularni izlash talab etiladi.
tahkidlash lozimki, homila siydik tizimi anomaliyalari xar qanday turida
xam utt skrining tekshiruv bo‗lib, asosan buyrak, siydik naylari va siydik
pufagidagi anatomik o‗zgarishlar bo‗lgandagina xulosa qilish imkonini beradi
(doimo ishonchli emas). Shuning uchun homiladorlikdan voz kechishga ko‗rsatma
bo‗ladigan ishonchli mahlumotlar bo‗lmaganda yakuniy tashxis tug‗ruqdan
keyingi davrda chaqaloqni komleks urologik tekshiruvlari asosida qo‗yiladi.
Kasallikning tashxisi birinchi galda buyrak sanchig‗i yoki buyraksoxasida
simillovchi og‗riq bo‗lganligini ko‗rsatuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |