2
Tuzuvchilar:
A.A.Gafurov
- Andijon Davlat Tibbiyot Instituti
Bolalar Jarrohligi
Kafedrasi professori T.F.D.
Taqrizchilar:
O.T.Ollobergenov
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti fakulg‘tativ
bolalar jarrohligi kafedrasi dotsent, t.f.d.
N.A. Akbarov
Andijon davlat tibbiyot instituti bolalar jarrohligi
kafedrasi dotsenti.
3
S
O‗Z BOSHI
Ushbu o‗quv qo‗llanma tibbiyot institutimizning pediatriya ishi yo‗nalishi
talabalari, klinik ordinatorlar, magistrlar uchun mo‗ljallangan.
Bu o‗kuv qo‗llanma yozilishida jaxon xamjaiyati olimlari tomonidan
yozilgan darsliklar,
turili xil monografiyalar,asos qilib olingan va o‗zbekiston
sharoitida ko‗plab uchrab turadigan bolalar urologik kasalliklari bilan to‗ldirilgan
va tajribaviy dalillar bilan boyitilgan. Ushbu o‗quv qo‗llanma bolalar urologiyasiga
oid bo‗lgan barcha tug‗m xirurgik kasalliklarini o‗zida mujassamlashtiradi.
So‗nggi yillarda bolalar urologiyasining rivojlanishi, unga zamonaviy
endourologiyani kirib kelishi keng ko‗lamda urologik kasalliklarni bolalarda
tashxisni erta qo‗yishga, o‗z vaqtida davolashni va urologik xastaliklarni og‗ir
asoratlarini oldini olib, sog‗lom avlodni vujudga keltirish samarali ortmoqda.
O‗quv qo‗llanmada respublikamizdagi eng ko‗zga ko‗ringan
bolalar
xirurglari, urologlari tomonidan kiritilgan taklif va mulohazalarni hisobga olib
kasalliklar kengaytirildi va yangi mahlumotlar bilan boyitildi. Ushbu qo‗llanma
tibbiyot institutlari talabalariga, bolalar xirurglari, urologlari, pediatrlarga o‗quv
qo‗llanmasi bo‗lib xizmat qiladi.
4
BOLA ORGANIZMINING ANATOM-FIZIOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Har bir sohadagi bolalar shifokori (pediatr,
bolalar jarrohi-urologi, bolalar
asab kasalliklari shifokori va b.q.) O‗z ish faoliyatida o‗sib borayotgan yosh
organizmning o‗ziga xos anatomo-fiziologik xususiyatlarini inobatga olmog‗i
lozim.
Inson tug‗ilganidan to 14—18 yoshgacha ma‗lum bir o‗ziga xos anatomo-
fiziologik o‗zgarishlarni bosib o‗tadi. Ayniqsa
bunday anatomo-fiziologik
xususiyatlar yangi tug‗ilgan chaqaloqlar va ko‗krak yoshidagi bolalarda yaqqol
namoyon bo‗ladi. Shu bilan birga bu xususiyatlar bola ulg‗aygunicha ozmi-ko‗pmi
shunday, yoshiga mos xususiyatlar bilan farq qilib turadi.shuning uchun xam bola
organizmini katta inson organizmini kichraytirilgan ko‗rinishi emas balki aloxida
organizm tuzilishida o‗rganish maqsadga muofiqdir.
Chaqaloklarda va yosh bolalarda bel sohasining qavatlari yupqa bo‗ladi,
chunki ularda teri osti yog‗ kletchatkasi yaxshi taraqqiy etmagan.
Chaqaloqlarda bel sohasining terisi nisbatan qalin,
zich hamda harakatchan
(ayniqsa medial qismida) bo‗ladi. Teri osti yog‗ kletchatkasi yupqa (2—3 mm)
rivojlangan bo‗ladi.
Bolalarda bel sohasi muskullari yaxshi taraqqiy etmagandir.
Yosh bolalarda qorin parda orti yog‗ kletchatkasi taraqqiy etmagan, bu esa
shu soha ahzolarining harakatchanligidandir (buyrak, siydik yo‗llari).
Chaqaloqlarda buyraklarning rivojlanishi hali tugallanmagan bo‗lib, bir
yoshga to‗lguncha uning kontsentratsion faoliyati juda past bo‗ladi. Shuning uchun
ham kichik yoshdagi bola buyraklari doimo va uzluksiz ishlab turishi kerak, chunki
ularda suv almashinuvi tezlashgan bo‗lib, bu esa ularda tezlik bilan
gipergidratatsiya yoki suvsizlanish holatlarini paydo qiladi.
uch
yashar bola
buyragining o‗lchami nisbatan kattaroq bo‗lib, bo‗lak-bo‗lak ko‗rinishga ega.
Odatda buyrak bu yoshda pastroq joylashadi.
Bola ulg‗ayib borishi bilan buyrak
tuzilishi va topografiyasi ham o‗zgarib boradi. Ahzo 1 yoshda 2 barobar
kattalashadi.
Qorin parda orti bo‗shlig‗ida qorin aortasi va pastki kavak vena juda ham
5
bo‗sh qo‗shimcha to‗qima bilan o‗ralganligi sababli yaxshi fiksatsiya qilinmagan,
shuning uchun ular harakatchandir. Venalari ingichka to‗r,
qopqa vena yuqori,
pastki kovak venalar bilan anastomozlar hosil qiladi. Lekin bolalarning yoshi
kattalashib borgan sayin yog kletchatkasi ortib, venalar esa kengayib boradi.
Bolalarning qorin parda orti sohasi i qavat yog‗ kletchatkasining limfa tomirlari,
yog‗ limfa tomirlari bilan uzviy bog‗liqdir.shuning
uchun shu soha flegmonalari
yog‗ sohasi yiringli jarayonlariningasorati hisoblanadi.