Siydik chikarish yo‗llari tug‗ma nuqsonlarini
Tekshirish va kasalliklarni aniqlash usullari
Bolalarda siydik chiqarish yo‗llari kasalliklari nisbatan tez-tez uchraydi.
Bolalarda siydik chiqarish yo‗llari kasalliklariga oid mahlumotlarni ota-
onalardan surishtirib bilishga to‗g‗ri keladi. Biroq, bu mahlumotlarning to‗liq
bo‗lmasligi tabiiy. Shu sababli, tashxis qo‗yishda kasallik manzarasiga,
laboratoriya, rentgen-radiologik va funktsional tekshirish natijalariga katta
ahamiyat berish lozim.
Instrumental va laboratoriya tekshirish usullari ancha bo‗lib, ayrimlari
o‗sayotgan organizm uchun xavfsiz emas. Shuning uchun ham tashxis qo‗yishda
keng ko‗lamda mahlumot beruvchi, biroq organizmga nisbatan ziyonsiz usullarni
tanlash va ularni chuqur tah-lil qilish talab qilinadi.tekshirish usullarining qay biri
qo‗llanishi xastalikning turi, shakli va qo‗yilajak tashxisning murakkabliklariga
bog‗liq.
Tekshirish vazifalaridan kelib chiqqan holda (kasallikni topish,uning
etiologiyasi va patogenezini aniqlash, organizmning boshqa ahzolari va
tizimlarining urologik kasalliklarda ―qatnashishi‖, mavjud bo‗lgan asoratlarni va
10
kasallikning ehtimolga yaqin prognozini aniqlash, davolashning optimal usulini
tanlash, uning natijalarini baholash, dispanser kuzatuvi davomida dinamik
nazoratni tahminlash) shifokor imkoni bo‗lgan usullarning minimal soni
yordamida maksimal to‗liq axborot olishga intilishi zarur. Bunda shunday usullarni
afzal ko‗rmoq kerakki, ularni o‗tkazganda biror–bir asorat qolishi mumkinligi
bilan bog‗liq bo‗lmasin (ulg‘tratovush tekshiruvi, urofloumetriya, radioizotop
tekshirishlar). Asbob uskunalar va rentgenologik usullardan birinchi navbatda ko‗p
axborot olinadigan va kam shikastlantiradiganlarini qo‗llash kerak. Demak,
ishlamaydigan buyrak yoki gidronefrozda ko‗pincha tanlash usuli retrograd
ureteropielografiya bo‗lmasdan, balki angiografiya, buyrak o‗smasida angiografik
tekshirishlar kompleksi asosiy bo‗lishi mumkin. Bu dastlabki ekskretor urografiya
va shunga o‗xshashlardan voz kechish imkoniniberadi.
Ta
kidlash kerakki, tekshirishning umumklinik qismi har birshifokor uchun
tushunarli bo‗lishi (bemorni batafsil va diqqat bilan so‗rab–surishtirish,
shikoyatlarini to‗g‗ri baholash, hozirgi kasalligi va hayottarixining xususiyatlari,
ko‗zdan kechirishni o‗tkazishning ketma–ketligi, kasallikning aniqlangan
belgilarini kompleks baholash), ko‗p hollarda to‗g‗ritashxis qo‗yish va keyingi
tekshirish usullari zaruriyatining soniniminimumga olib kelish imkonini beradi.
Shunday qilib, ushbu bobda ko‗rsatilgan urologik bemorni tekshirishning ketma–
ketligi, qathiy qotib qolgan emas va kasallikning klinik xususiyatlari hamda
bemorning individual xususiyatlariga qarab o‗zgarib turadi
.
Biz urologik bemorlarni tekshirish usullarini 2 bosqichga bo‗lib oldik:
1.
Standart tekshirish majmualari:
A) anamnez yig‗ish;
B) klinik obektiv ko‗rik;
V)siydikni klinik taxlillari (umumiy siydik taxlili, zimnitskiy sinamasi,
nechiporenko taxlili va boshqalar);
V) bioximik taxlillar (umumiy oqsil, mochevina,kreatinin, azot qoldig‗i);
2. Maxsus teshirishlar majmuasi:
A) rentgenologik va radioizotop tekshirish.
11
B) siydik chiqarish yo‗llarini maxsus asboblar vositasida tekshirish.
Bemorlarni siyishdagi o‗zgarishlari va shikoyatlariga ko‗ra xar bir tekshiruv aktiv
individual aniqlaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |