Taqqoslama tashxisi
buyrak distopiyasini buyrak o‗smasi va nefroptozidan
farqlashga to‗g‗ri keladi. Ekskretor yoki retrograd urogrammada nefroptozda
siydik yo‗lining egri-bugriligi, nisbatan uzunligi qayd etiladi. Nefroptozda buyrak
hatto qovurg‗a ostigacha siljiydi, disto-piyada esa bu holat kuzatilmaydi.
Nefroptozdan farkdi o‗laroq, buyrak angiografiyasida buyrak qon tomirlari kalta
bo‗ladi. Buyrak distopiyasi qanchalik past joylashgan bo‗lsa, uning rotatsiya
darajasi ham shunchalik kuchli bo‗ladi.
Davolash.
Soglom distopiyadagi buyrakni daovlashning xojati yuk.
Davolash jarayonida distopiyaning asoratlariga, karatiladigan bulib, uni asosan
konservativ usuli bilan olib borish lozim. Nefrolitiaz, gidronefroz usma vam
xokazo
asoratlarni
ayrim
vaqtlarda
operatsiya
kilishadi,
buyrakning
morfostrukturasi va uning atrofidagi topografo-anatomik uziga xosligi katta
kiynchilik tugdiradi. Operatsiyani transperitoneal yuli orqali kilish maksadga
muvofikdir, ayniksa past kismida joylashgan distopiyada.
Hajm anomaliyalari
Hajm anomaliyalariga buyrak o‗lchamining kichrayishi – buyrak
gipoplaziyasi kiradi.
Buyrak gipoplaziyasi.
Gistologik tuzilishi mehyordaligi vabuyrakning
funktsiyasi buzilishi belgilari yo‗qligi bilan xarakterlanadi.gipoplaziya, ko‗pincha
68
bir tomonda bo‗ladi, ammo ikki tomonda ham bo‗lishi mumkin.gipoplaziya
ekskretor urografiya, buyraklarniradioizotop va ulg‘tratovush skanerlash
mahlumotlariga asoslanib tashxislanadi.rentgenogrammada buyrakning o‗lchamlari
kichrayganligi ko‗rinadi. Jom kichkina, uchburchak yoki ampulyar shaklda,
jomdan kichkina kosachalar ajraladi. Tashxis qo‗yishga vagipoplaziyani patologik
jarayon(nefroskleroz) sababli buyrakningo‗lchami kichrayganligidanajratishga
buyrak angiografiyasi yordam beradi. Gipoplaziyada ham buyrakoyoqchasidagi,
ham buyrak ichidagi tomirlar bo‗shlig‗i bir tekisda kichrayganbo‗ladi, buyrakning
ikkilamchi atrofiyasida esa buyrakning oyoqchasidagitomirlar kalibri mehyorda
bo‗lib, buyrak ichidagi tomirlar bo‗shlig‗i keskinravishda kichraygan, buyrakda
ular noto‗g‗ri bo‗lingan, ular soni ayniqsa,buyrakning po‗stloq qavatida ancha
kamaygan bo‗ladi.bemorlar bir tomonlama buyrak gipoplaziyasi kuzatilganda,
faqat shubuyrakda patologik jarayon bo‗lganda davolanishga muhtoj bo‗ladilar.
Odatda,bu pielonefrit, ko‗pincha buyrak bujmayishi va arterial gipertenziya
bilanasoratlanadi. Bunday hollarda, odatda, nefrektomiya qilinadi.bolalarda
konservativ davolash samara bermaganda faqat operativdavolashga murojat
qilinadi. Gipoplaziyalangan buyrakda qovuq–siydik nayireflyuksi bo‗lganda
(uning funktsiyasining kamayishi 70% dan kambo‗lmaganda) antireflyuks
operatsiyalar tavsiya etiladi, og‗irroqzararlanishlarda nefrogen arterial gipertenziya
bilan kuzatilganda, odatda,nefrektomiya qilinadi.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |