nisbiy karshiliklar:
isitmali xolatlar, chukur degidratatsiya, menstrual davr,
allergiyaga moyillik.
retrograd
ureteropielografiya.
Oxirgi
yillarda
retrogradureteropielografiyani qilishga ko‗rsatmalar ancha cheklandi. U faqat
tashxisni
aniqlashga
zarurat
bo‗lganda
bajariladi.
Bu
amaliyotga
infuziyaliurografiyani ya‗ni ko‗proq fiziologik, xavfi kamroq va kosacha–
jomtizimining aniq tasvirini beradigan usulni kiritish bilan bog‗liq. Retrograd
ureteropielografiya buyrak silining tashxisida, ya‗ni kosachalardagi modulyar
nekroz vaqtida dabstlabki destruktiv o‗zgarishlarni,jomning papillyar o‗smasini va
uratli nefrotiliazni, jom–siydik nayi vasiydik nayi torayishini aniqlashga imkon
beradi. Bu usul siydikyo‗llarining yuqori bo‗limlarini to‗g‗ridan–to‗g‗ri
rentgenkontrast moddabilan retrograd to‗lg‗azib, ularning rentgen tasvirini olishga
asoslangan.buning uchun suyuq (ulg‘travist, urografin) va gazsimon (kislorod,
kamroqkarbonat
angidrid)
rentgenkontrast
moddalar
ishlatiladi.
Tekshirishdaqo‗yilgan vazifaga qarab siydik nayi kateteri (yaxshisi 5№) siydik
nayininghar xil balandligiga (ureteropielografiya uchun 3–5sm ga, pielografiya
uchun20sm ga) kiritiladi. Kateterning turgan holati umumiy rentgen
suratiyordamida, elektron–optik o‗zgartiruvchi bor bo‗lsa televizor ekrani
yordamidanazorat qilinadi. Kateterdan buyrak kosacha–jom tizimining shakli
vahajmiga
qarab,
ular
ulg‘tratovush
tekshirishda
yoki
ekskretor
urografiyadaaniqlanadi, sekinlik bilan 3–5ml rentgenkontrast modda kiritiladi.
Bunday tekshirishda davolovchi shifokor katta rolg‘ o‗ynaydi, chunki
rentgenkontrast moddani kiritish vaqtida buyrak sohasida og‗riq sezilishi jom va
kosachalarning cho‗zilganligini (taranglashishi) hamda jom–buyrak reflyuksi
ehtimoli borligini ko‗rsatadi. Pielografiya to‗g‗ri bajarilganda reflyuksning paydo
bo‗lishi – buyrakda patologik jarayon borligi belgisi bo‗lib hisoblanadi. Retrograd
ureteropielogrammalarni interpretatsiya qilayotgan vaqtda yuqori siydik yo‗llari
holatining o‗zgarishi va anatomik tuzilishiga, urodinamikaning xususiyatiga
ehtibor berish kerak, ular to‗g‗risida jom va siydik naylarining bo‗shalish
26
darajasiga qarab fikr yuritish mumkin. Rentgenonegativ toshlarni tashxislash
uchun kontsentratsiyasi past bo‗lgan kontrast modda yoki gaz bilan (odatda,
kislorod bilan) undan jomga 6–8 mlsonda kiritilib retrograd ureteropielografiya
o‗tkaziladi. Bu usulretrograd pnevmoureteropielografiya deb ataladi. Rentgen
nurlar uchun kattao‗tkazuvchanlikka ega bo‗lgan gaz fonida rentgenonegativ tosh
soya ko‗rinishida,suyuq kontrast modda fonida esa to‗lish nuqsoni ko‗rinishida
aniqlanadi. Buyraklar va siydik yo‗llarining yuqori bo‗limlaridagi o‗zgarishlar
xususiyati to‗g‗risidagi masalani shoshilinch ravishda hal qilish kerak bo‗lganda,
ya‗ni bemorning hayoti jiddiy xavf ostida qolganda faqat ayrim hollardagina bir
vaqtning o‗zida ikki tomonlama retrograd ureteropielografiya o‗tkazishga ruxsat
etiladi. Erkaklar jinsiy ahzolarida, siydik yo‗llarining pastki va yuqori bo‗limlarida,
buyrakdagi o‗tkir yallig‗lanish jarayonlarida, total gematuriyada rejali retrograd
ureteropielografiya qilish mumkin emas. Buyrak jomidan siydik oqimi buzilgan
vaqtda bu tekshirishni juda ehtiyotlik bilan amalga oshirish kerak. Tekshirish
yakunlangach rentgenkontrast modda va siydikning oqib chiqishi uchun kateterni
jomgacha yuborib, u yerda bir necha soatga qoldirish lozim. Retrograd
pielografiyada kosachalar, so‗rg‗ichlar, jom va siydik nayidagi hatto ozgina
destruktiv o‗zgarishlar ham aniq ko‗rinadi. Lekin bu fiziologik usul
hisoblanmaydi. Tsistoskopiya va siydik naylarini kateterlashni qo‗llash zarurligi,
jom–siydik nayi reflyuksi va pielonefrit rivojlanishi xavfi borligi retrograd
ureteropielografiyani qo‗llashni cheklaydi; bu faqat birmuncha fiziologikroq
usullarni bajarish imkoni bo‗lmay qolganda yoki yetarli mahlumot bermagan
hollarda qo‗llaniladi. Zamonaviy texnik imkoniyatlar pielorentgenoskopiyani
elektron–optik o‗zgartiruvchi yordamida o‗tkazish imkonini beradi hamda
televizor
ekranida
xuddi
ekskretor
urografiyadagiday,
retrograd
pielografiyadagiday
urodinamikani
kuzatish
olib
boriladi.
Retrograd
ureteropielografiyani bajarganda jom ichki bosimining ko‗tarilishi bilan bog‗liq
reflyukslar paydo bo‗lishi, yuqori siydik yo‗llari diskiniziyasi, o‗tkir pielonefrit
rivojlanishi hamda buyrak yoki siydik naylari teshilishi eng jiddiy asorat
hisoblanadi. Siydik naylarini kateterlaganda, asoratlarning oldini olish uchun
27
kateterni 15.20–sm dan ko‗proq kiritish kerak emas. Kontsentratsiyasi 10–
12%rentgenkontrast moddaning soni 4–6 ml dan oshmasligi kerak, bu
mehyordagijomning sig‗imiga to‗g‗ri keladi. Retrograd ureteropielografiyani
ehtiyot bajarganda kosacha–jom tizimsining aniq tasviri olinadi, bu yuqori siydik
yo‗llarining tuzilishi to‗g‗risida fikr yuritishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |