MILLIY QADRIYATLAR – YOSHLARNING O’ZLIGINI ANGLASHIDA
MUHIM OMIL
Sulaymanova Quysintosh
Navoiy olimpiya va paralimpiya
zaxiralar kolleji o’qituvchisi
Xalqimizning ma’naviy hayoti taraqqiyotida qadriyatlarning o’rni benihoyadir. Uzoq
muddat davomida ijtimoiy ongning o’sishi bilan qadriyatlar ham o’zgarib, rivojlanib bordi.
Ma’lumki, milliy qadriyatlarning ahvoliga, kelajak taqdiriga yaqin o’tmishda yetarli darajada
e’tibor berilmadi. Mustaqillik sharoitida qadriyatlarni qayta idrok etishni, bu borada mavjud
muammolarni yangicha tafakkur asosida chuqur tahlil etishni, teran anglashni davr taqozo
etmoqda.
184
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
Harakatlar strategiyasi to’g’risida / Rasmiy nashr / O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – Toshkent: Adolat, 2017.
B.37
213
Mustaqillik davrida mamlakatimizda qadriyatlar rivoji uchun har tomonlama ob’ektiv
sharoit va sub’ektiv omillar yaratilmoqda. Vaholanki, qadriyatlar jamiyat hayotida ma’naviy
boyliklarni yaratish manbaidir.
Qadriyat, uning jamiyat va shaxs ma’naviy kamolotini yuksaltirishdagi o’rni, yoshlarni
milliy o’zligini anglashidagi roli tahlil talab muammolardan biri hisoblanadi. Respublikamiz
Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bir qator kitob, risola, maqola, publikatsiyalarida
qadriyatlarning mohiyati va uning jamiyatimizda tutgan o’rni, bugungi kunning dolzarb
masalalari bilan bog’liq ekanligi va yoshlar hayotidagi ahamiyati ko’rsatib berilgan. Zero,
“Bugun yoshlarimiz qanday qadriyatlar sari intilmoqda, qanday orzu-niyat va o’y-xayollar
bilan yashamoqda – biz bunga aslo loqayd va befarq qaramasligimiz kerak. Ota-ona, ustoz-
murabbiy, yetakchi-rahbar sifatida bu jarayonni chetdan turib kuzatishga haqqimiz yo’q”
185
.
Hozirgi zamonda ma’rifiy insonni shakllantirish va unda shaxs ma’naviyatini
rivojlantirishda qadriyatlar eng muhim ahamiyat kasb etib, tarbiyaviy muhim
komponentlardan biri sifatida namoyon bo’lmoqda. YAngi shakllanib, rivojlanib borayotgan
qadriyatlar yoshlar ijtimoiy taraqqiyotining faol shakli bo’lib, ularning har tomonlama
rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Insoniyat ijtimoiy taraqqiyot davomida bir-biri bilan uzviy
bog’lanib, davr taqozosiga binoan yangi qadriyatlarni yaratadi va rivojlantiradi. Qadriyatlar
inson faoliyatining tarkibiy qismi sifatida avloddan-avlodga o’tib, sayqallanib boradi.
Globallashuv davrida yoshlarimizga qadriyatlar mazmun-mohiyatini tushuntirish va shu
orqali ularda milliy o’zlikni anglatish, ma’naviy merosimizni o’rgatish umuminsoniy
qadriyatlar uyg’unligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu eng avvalo, ularda
qadriyatlarga bo’lgan ehtiyojni shakllantirishni taqozo etadi. YOshlarda milliy o’zlikni
anglatishda bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan quyidagi ikki yo’nalish talab etiladi:
1. Ma’naviyatga asoslangan yangi qadriyatlarni shakllantirish orqali yoshlarni milliy
o’zlikni anglashga yo’naltirish;
2. Qadriyatlar mazmunini anglatish orqali yoshlar faoliyatining ichki ma’naviy ehtiyojini
qondirish.
Bizning xalqimiz qadriyatlarga qadim davrlardan rioya qilib kelgan. Demokratiyani qaror toptirishda
ham milliy o’ziga xoslik hisobga olinmoqda. “Albatta, demokratiyaning umumiy talablari barcha
uchun qoida bo’lishi kerak. Birok, biz musulmon xalqmiz. SHarm-hayo, or-nomus har birimizda
mustahkam. G’arbda agar shu qadriyatlar haqida so’zlasang, seni tushunmasliklari ham mumkin”
186
.
SHuni alohida aytib o’tish joizki, mustaqillik davrida yoshlarimizning hayotda o’z
o’rinlarini topishlari uchun yurtimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim va tarbiya
tizimi davlat ahamiyatiga molik masala bo’lib qolmoqda. YOshlarimiz o’zlariga yaratilgan
ijtimoiy va moddiy imtiyozlardan foydalanib, O’zbekistonimizni jahonga ko’z-ko’z
qilmoqdalar. Ayniqsa, har yili o’ziga xos davlat dasturlarining amalda joriy etilayotganligi
yoshlarning yangi qadriyatlarni anglab, yanada olg’a intilishlariga madad bo’lmoqda.
Insonni ulug’lash oliy qadriyatga aylanayotgan hozirgi sharoitda azaliy, eng yaxshi
marosim va urf-odatlarga bo’lgan hurmat ham har qachongidan ko’ra zaruriyatga
aylanmokda. Odamlarda kasb-korlik tuyg’usi uyg’onib, ishbilarmonlik, tejamkorlik, tijorat va
boshqa kasblarga munosabat o’zgardi. Ayniqsa, har bir viloyatda maktab, litsey, kollejlarni
bitiruvchilari uchun o’ziga xos an’anaviy qadriyatlar vujudga kelmoqda.
Yurtimizda yoshlarimizni muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan umumbashariy
taraqqiyot yo’liga olib chiqa oladigan ma’naviyatimiz asosida tarbiyalash masalasi davlat
siyosati darajasiga ko’tarilgan.
“Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi,
185
Каримов И.А. Мамлакатни модернизация қилиш ва иқтисодиётимизни барқарор ривожлантириш йўлида. 16-
том, - Т.: Ўзбекистон, 2008. – Б.233.
186
Каримов И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш давр талаби. 5-том, - Т.: Ўзбекистон, 1997. – Б. 259.
214
farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun
bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya
masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi”
187
.
Yoshlarimiz hayotida qadriyatlar bilan birgalikda urf-odatlar ham muhim o’rin tutadi.
Yoshlar ongida barqarorlik, milliy xavfsizlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, millatparvarlik,
xalqparvarlik, umuminsoniylik, ruhiy salohiyat, ozodlik, mustaqillik, tinch-totuv yashash,
hamkorlik, milliy g’oya, milliy o’zlikni anglash, milliy ong, milliy tafakkur, milliy g’urur,
milliy iftixor, milliy mas’uliyat, milliy meros, tarixiy xotira, adolat, tenglik, tinchlik, erkinlik,
demokratiya tamoyillari, tinchlik, bunyodkorlik, diniy bag’rikenglik, bunyodkorlik,
kashfiyotlar, baxt-saodat, tiriklik, sihat-salomatlik, ijtimoiy faoliyat, mehnatsevarlik, bilim,
muomala, haqiqat, do’stlik, muhabbat, ma’naviy barkamollik kabi qadriyatlarni shakllantirish
navbatdagi muhim vazifa bo’lib, ziddiyat, tengsizlik, ishonchsizlik, parokandalik, erksizlik,
milliy mahdudlik, agressivlik, shovinizm, beqarorlik, vayronkorlik, dahshatli qurollar, yadro
urushi, ekologik bo’hron, ma’naviy tanazzul, erksizlik, kasallik, o’lim, ma’nosiz hayot,
bilimsizlik, mahdudlik, mahalliychilik, millatchilik, xurofot, iqtisodiy tanglik kabi
qadriyatlarga zid bo’lgan qadriyatsizlikka nisbatan nafrat uyg’otish metod va uslublarini
ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |