Фойдаланилган адабиётлар
.
1. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. 18-модда.
2. М. Раҳматов. Аҳиллигимиз мустаҳкамланаверсин.Ҳидоят. 2011 йил №4. 7-бет
3. Ў. Ҳасанбоев. Соғлом эътиқод-жамият барқарорлигиниг гарови. Ислом нури
газетаси.2013 йил №8. 2-бет.
4. М. Ҳожиева. Миллий онг ва бағрикенглик. Тафаккур. 2012 йил № 6. 113-114-
бетлар
179
.М. Ҳожиева. Миллий онг ва бағрикенглик. Тафаккур. 2012 йил № 6. 113-114-бетлар.
209
YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLARGA SADOQAT RUHIDA TARBIYALASH MUHIM
STRATEGIK VAZIFA.
“Bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy
harakatga aylanib borayotgan “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi zamirida ana shunday
ulug‘ ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi
uyg‘onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari
va armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo‘lamiz”-Sh. Mirziyoyev
Sayfiyeva Bog`dagul Nav.DPI Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va
huquq ta`limi yo`nalishi talabasi
“Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirga davrning
taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan
g‘oyaviy-ma’naviy asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli
islohotlarimizning yaqqol ifodasidir”, — so‘zlari bilan kitob boshlanadi Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyevning “Taraqqiyot strategiyasi” nomli asari. “Milliy ma’naviyatimizni
rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz hayotiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar
fanlarning ahamiyati juda katta. Afsus, bu fanlar rivoji zamondan ortda qolmoqda. Xususan,
biz uchun nihoyatda dolzarb bo‘lgan ijtimoiy gumanitar fanlari ham bundan mustasno emas.
O`zbek davlatchiligiga oid ilmiy tadqiqot ishlari asosan bayonchilik, publitsistik usulda olib
borilmoqda. Natijada, olis va yaqin o‘tmishimizdagi ko‘pgina voqealar mohiyati, ularni
yuzaga keltirgan omillar va tarixiy qonuniyatlar ochilmasdan qolmoqda. Bir haqiqatni
barchamiz chuqur anglab olishimiz zarur: milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks
holda, uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa
chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur.
Buning uchun, avvalo, O‘zbekistonda ijtimoiy gumanitar fanlarni 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini ishlab chiqishimiz vaqti-soati keldi, deb o‘ylayman. Tarix institutini bu fanni
rivojlantirish bo‘yicha tayanch ilmiy muassasa etib belgilash kerak”, — degan edi
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.
Insoniyat ming yillar mobaynida ma’naviy qadriyatlarini takomillashtirib kelgan.
Ayrim tadqiqotchilar qadriyatlar o’zgarmasdir, doimo bir xilda turadi deb hisoblashadi. Biz
bu fikr bilan kelisha olmaymiz. Kishilar o’rtasidagi, xalqlar, millatlar va elatlar o’rtasidagi
o’zaro insoniy munosabatlar kuchaygan sari milliy qadriyatlar ham sayqallanib, takomillashib
boradi. Bu esa qadriyatlar transformatsiyasi
180
haqidagi masalani o’rtaga tashlaydi. Ma’lumki
qadriyatlar turlicha. Ular mazmuni, shakli, qancha aholini qamrab olganligi, kimlarga xizmat
qilishiga qarab turli guruhlarga bo’linadi. Masalan muayyan millat, xalq yoki davlatning
umummilliy manfaatlariga xizmat qiluvchi qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi
181
. Agar
180
Башкирова Й. И. Трансформация ценностей российского обшейства. Электрнонный ресурс
//URL: http://www.civisbook.ru/files/File/Bashkirova_2000_6.pdf
181
Nazarov Q.N.Aksiologiya – qadriyatlar falsafasi (tajribaviy qo’llanma). – Toshkent: Akademiya,
2011.B.39.
210
qadriyat barcha xalqlar va millatlar manfaatlariga mos kelsa, bunday qadriyatlar
umuminsoniy qadriyatlar deyiladi. Shunday qadriyatlar ham borki, ular muayyan din yoki
diniy konfessiya doirasida amal qiladi, diniy g’oyalarni ifodalashda ahamiyat kasb etadi,
bunday qadriyatlar diniy qadriyatlardir.
Diniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan ozuqa oladi. Milliy qadriyatlar umuminsoniy
qadriyatlar shakllanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ayrim diniy qadriyatlarning milliy
qadriyatlarga va aksincha, milliy qadriyatlarning diniy qadriyatlarga aylanishi qadriyatlar
transformatsiyasining bir ko’rinishi hisoblanadi. Masalan, mehmondo’stlik milliy qadriyat
bo’lib, uning diniy qadriyatlarga aylanishida muayyan millat vakilining o’z xalqiga xos
mehmondo’stlikni namoyon qilishi va bu ibratning avloddan-avlodga o’tishi natijasida shu
shaxs e’tiqod qilgan diniy an’anaga aylanib, transformatsiya bo’lishi mumkin. Shu tarzda
milliy va diniy qadriyatlarning bir-biriga o’tish jarayoni, transformatsiyasi ham ro’y beradi.
Chunki O’zbekistonda inson ma’naviy kamoloti, yangi avlod tafakkurida gumanistik
g’oyalarni shakllantirish ijtimoiy ma’suliyatni kuchaytirish birinchi darajali masalalardan biri
bo`lib qolishi lozim.
Dinlar orasidagi ayrim farqlardan o’zlarining siyosiy maqsadlarini ilgari surishda
foydalangan ba’zi siyosatdonlar dinlar orasidagi munosabatlarni keskinlashtirishga va shu
asosda o’zlarining hukmronlik mavqeini mustahkamlashga urinishgan.
Bunday holatdinlar va diniy konfessiyalararo do’stona aloqalarning rivojlanishiga
to’siq bo’lib kelgan. Shuningdek, diniy konfessiyalar va dinlararo qadriyatlar
transformatsiyasi ham ro’y bergan. Masalan, qadimiy zorastrizim diniga xos bo’lgan ekologik
qadriyatlar islom diniga ham o’tgan. Bu – qadriyatlarning vaqt mobaynida bir dindan
boshqasiga siljishi – tranformatsiyasi ro’y berganligiga misol bo’ladi.
Markaziy Osiyoda qadimdan bahorgi tengkunlik va kuzgi tengkunlik bayramlarini
nishonlab kelishgan. Bu bayramlar keyinchalik “Navro’z” va “Mehrjon” bayramlari deb atala
boshlagan. Bu dastlab, Markaziy Osiyo xalqlarining milliy etnografik qadriyatlari sifatida
shakllanib kelgan. Keyinchalik “Navro’z” zorastrizm diniga xos qadriyat sifatida nishonlana
boshlanadi. Markaziy Osiyoga islom kirib kelishi bilan bu bayramga qarshi “u
olovparastlarning bayrami” degan aybnoma bilan u ta’qiqlab qo’yiladi. Bir oz fursat o’tgach,
bu bayram milliy bayramdir, deb atalib, undan diniy ulamolar ham musulmonlarning
kayfiyatini ko’tarishda foydalana boshlashgan. Bu milliy qadriyatning diniy qadriyatga va
yana milliy qadriyatga transformatsiyalanishiga misoldir. “Navro’z” bayramiga turli xil diniy
an’analar kiritila boshlanadi. Masalan, Samarqand, Nasaf, Termiz hududlarida Navro’z
bayramini nishonlashda “darvishona” o’tkazish va avliyolarni eslab duolar o’qitish odatlari
rasmga kira boshlaydi
182
. Bu milliy qadriyat bilan diniy qadriyatlarning bir-biriga kirishish
diffuziyasi xodisasidir. Qadriyatlar diffuziyasi xalqlarning va dindorlarning bir-birini
yaxshiroq anglashiga yo’l ochadi. Bunday qadriyatlar diffuziyasini nikoh marosimlarida ham
uchratish mumkin. Bu marosimda turli diniy va milliy qadriyatlar aralashgan holda namoyon
bo’ladi. Olov atrofidan kelin-kuyovning o’tishi zorastrizmga, guvohlar shohidligi bilan nikoh
o’qitilishi islomga, kelin-kuyovni kuzatib borish, chimildiqqa olib borish bir qator milliy
182
Usmon Hosil (Qoraboyev U.H.) Odatnoma.Toshkent: «O`zbekiston» NMB, 2017; Islom ensiklopediyasi. Toshkent:
«O’zbekiston milliy ensiklopediyasi» DIN, 2004. B.69.
211
an’analarga bog’liq qadriyatlar bir-biri bilan diffuzion bog’langandir. Bu xodisa alohida
falsafiy tadqiqotni talab qiladi.
Milliy qadriyatlar tarixiy xotiraning ajdodlardan avlodlarga tashuvchisidir. Milliy
qadriyatlarning ta’qiqlanishi yoki o’zgartirilishi xalqning nafsoniyatiga destruktiv ta’sir
qiladi. O’tgan asrning 80-yillarida ateistik mafkura bilan qurollangan hukmron kuchlar
O’zbekistonda “Navro’z” bayramini, unda diniy elementlar mavjud degan bahona bilan
“Navbahor” degan bayram bilan almashtirish haqida qaror chiqaradi. Bu qaror
jamoatchilikning keskin e’tiroziga sabab bo’ladi va u xalq tomonidan negativ baholanadi. Bu
xalqning milliy sha’nini haqorat qilish edi. Shu davrda ayrim taniqli yozuvchilar nomidan bu
qarorni qo’llab-quvvatlovchi maqolalar ham e’lon qilinadi. Bu maqolalar xalqning
xayrihoxligiga emas, balki ular maqola mualliflarining obro’sizlanishiga olib keldi. Bu
xodisa, xalqning sha’ni bilan hazillashmaslik kerakligini yana bir bor isbotlaydi.
Milliy qadriyatlar xalqning urf-odatlari, an’analari, ideallari, orzu-umidlari va
kayfiyati bilan chambarchas bog’langan bo’ladi. Ular xalqning kuch-quvvatini,
imkoniyatlarini va madaniylashish darajasini ko’rsatadi. Milliy qadriyatlaridan
begonalashgan kishilar, ularni o’z xalqi bilan bog’lab turgan rishtalarini yo’qotgan bo’ladi.
Bunday kishilarda milliy g’urur va oriyat bo’lmaydi. Kosmopolitizm kasalligiga yo’liqqan
kishilarda ana shu holat kuzatiladi. Milliy sha’n va oriyatga ega insonlar haqiqiy vatanparvar
kishilar bo’lishadi. Vatanparvar insonlar milliy manfaatlarni astoydil himoya qiluvchi
kishilardir.
Milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg’usi bolalikdan shakllatirilishi lozim. Bolalarga
yoshligidan Ona Vatanga, Vatan timsollariga hurmat tuyg’usini tarbiyalash lozim. Buning
uchun ularga Vatan manfaatlari yo’lida jonini ham fido qilishdan qaytmagan qahramonlar va
sarkardalar haqida, yurtimizdan chiqib, o’zining buyuk xizmatlari bilan butun olamga
mashhur bo’lgan bobokalon mutafakkirlarimiz, ulug’ adiblarimiz haqida, Vatanimizning
shonli tarixi haqida alohida e’tibor bilan so’zlab berishimiz, xalqimizning ibratli odatlarining
mazmunini ochib berishimiz, milliy qadriyatlarimizning kelib chiqishi va asl mohiyatini
anglatishimiz kerak bo’ladi. Bu borada yoshlarga milliy o’zligini anglatish muhim
ahamiyatga egadir
183
.O’zligini anglagan inson Vatan manfaatlarini ham yaxshi anglaydi.
Vatanparvarlik zamirida uning manfaatlarini to’g’ri anglay olishi, bu manfaatlar uchun
kurashish va himoya qilish tuyg’usi yotadi. Vatanparvar insonlargina vatanparvar kishilarni
tarbiyalay oladi.
Milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg’usi milliy g’urur, va milliy oriyat tuyg’ulari bilan
bog’langan bo’lib, ular insonning o’z Vatani manfaatlariga jiddiy yondashish xususiyatlarini
tarbiyalaydi. Milliy g’urur bu insonning o’z yurti yutuqlarini yaxshi anglagan holda ulardan
faxrlana olish holati. Milliy shani esa milliy mansublik belgilarini e’zozlay olish va unga
nisbatan himoyalovchi pozitsiyasining namoyon bo’lishidir. Milliy oriyat millatning
yutuqlaridan g’ururlanish va kamchiliklarini tuzatish uchun jonkuyarlik qilish tuyg’usidir.
Milliy oriyati bor inson millatining yutuqlaridan quvonadi va kamchiliklaridan kuyunadi.
Millatning yaxshi xususiyatlarini oshiruvchi, yomon tomonlarini begonalardan yashiruvchi
183
To‘rayev B.O. Tanlangan asarlar: Jild II: Ijtimoiy falsafa, sotsiologiya, milliy g‘oya va publitsistika. – T.: Alisher
Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2015. – B. 334.
212
millatparvarlik tuyg’usidir. Bularning barchasi milliy o’zlikni anglashda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Vatan manfaatlari uchun kurashishda bu tuyg’ularni shakllantirish va
rivojlantirishning alohida o’rni bor. Milliy g’urur va oriyat tuyg’ulari rivojlangan yurtda
milliy yuksalish barqaror bo’ladi. Bu borada yaponlarning mustaqillikka erishish davrida va
ikkinchi jahon urushidan keyin olib borgan harakatlarini eslatib o’tish o’rinlidir. Mana
milliy g’urur tarbiyasining amaliy natijasi. Yaponiyani Yaponiya qilgan tarbiya milliy g’urur
va oriyat tarbiyasidir.
Mamlakatni eng avvalo inson kapitali rivojlantiradi. Shunday ekan, bu kapitalni
tarbiyalash, takomillashtirish lozim. Uning uchun ta’lim tizimida milliy g’urur va oriyat
tuyg’usini tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu mamlakat istiqboli uchun o’ta
muhim strategik masaladir. Ammo milliy g’urur va oriyat tarbiyasida me’yorga jiddiy rioya
etish lozim. Agar bu borada me’yordan chiqilsa, milliy g’urur millatchilikka, milliy oriyat esa
tajovuzkorlikka aylanishi mumkin. Falsafada har qanday sifat me’yoridan oshsa, o’zining
qarama-qarshisiga aylanadi deb bejiz aytilmagan. Xalqning milliy g’ururi va oriyatini
insofgarchilikka xizmat qildirish hamda bu qadriyatlarni millatlararo hamjihatlikni,
bag’rikenglikni qaror toptirish yo’liga, bunyodkorlik yo’liga yo’naltirish juda muhimdir.
O’zbekiston Respublikasining strategik vazifalaridan biri bo’lgan “Harakatlar strategiyasi” va
“2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiya”laridagi
dasturining milliy ma’naviyatni asrashga oid vazifalar qismida mazkur dasturni amalga
oshirish - “jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash yo’lidagi
shaxdam harakatlarga yangi kuch bag’ishlaydi”
184
, deb juda to’g’ri ta’kidlangan.
Demak, o’zligimizni anglash uchun, milliy g’oya targ’ibotini kuchaytirib, Vatanimiz
aholisiga vatanparvarlik g’oyalarini singdirishimiz, har bir insonga Ona Vatanga bo’lgan
mehr-muhabbatni chuqur shakllantirishimiz zarur. Chunki O’zbekistonda inson ma’naviy
kamoloti, yangi avlod tafakkurida gumanistik g’oyalarni shakllantirish ijtimoiy ma’suliyatni
kuchaytirish birinchi darajali masalalardan biri bo`lib qolishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |