79
8-MAVZU. INSON RESURSLARINI BOSHQARISHNING
JAMIYATNING IJTIMOIY TARKIBIDA TUTGAN O„RNI
Reja:
8.1.Jamiyatning ijtimoiy tarkibi va IRB
8.2.IRBning ijtimoiy munosabatlari
8.3.IRB va kelajak muammolari
8.4.Tashkilot madaniyati boshqaruv faoliyatining obyekti sifatida
Insonlarning o‗zaro va jamiyat bilan aloqa
qilish usullari mavjud
institutlarning harakatlari samarasi, chunki bu institutlar insonni
shakllantirishga
javobgardir.
Ehtimol,
ijtimoiy
institutlarning
xususiyatlari eng avvalo menejerda o‗z aksini topadi. Uning oldida
iqtisodiyotni rivojlantirish kabi murakkab masala turadi.
Iqtisodiyotni
isloh qilish nafaqat davlatga, balki ishlab chiqarish
jarayonini tashkil qilishga urinayotgan har bir menejerga bog‗liq.
Jamiyat ichida qanday harakat qilish haqidagi ma‘lumotlar tadbirkor
uchun oddiy ichki ma‘lumotlar kabi katta ahamiyatga egadir. ―G‗arbiy
inson‖ konsepsiyasi g‗arbda asrlar mobaynida yuzaga kelgan ijtimoiy
evolyutsiya mahsulini ifodalaydi.
Kasaba uyushmalari - zamonaviy vaqtda
firma faoliyat yuritishi
omilidir. Shuning uchun menejer ular bilan o‗zaro munosabatlar olib
borishni bilishi zarur.
IRB va kelajak muammolari
Juda xavfli tendentsiyalar ichida quyidagilar asosiy bo‗lib
hisoblanadi:
a) sayyoramiz tabiiy muhitida sodir bo‗layotgan o‗zgarishlar
(biologik xilma-xilliklarning tez yo‗qolib ketishi, «bug‗xona
samarasi»ning oshishi va uning natijasidagi iqlimning o‗zgarishlari,
ozon qatlamning emirilishi, o‗rmon
maydonlarining qisqarishi, er, suv
va atmosferaning inson faoliyati chiqindilaridan zararlanishi).
b) har xil mamlakatlar o‗rtasida va alohida mamlakatlar ichida
ijtimoiy farqlanishning tez o‗sishi. Bu resurslar uchun kurash bilan
uyg‗unlashib joriy mahalliy mojarolar va global xavfni keltirib
chiqarmoqda.
c) sayyoraning resurs imkoniyatlari qisqarib
borayotgan paytda er
aholisining tez ko‗payishi.
d) qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanish rejimining
buzilishi, kelajak avlod manfaatlarini zamondoshlar tomonidan hisobga
olmaslik.
80
Tashkilot madaniyati — tashkilotdagi psixologik iqlim va
qadriyatlar tizimi bo‗lib, u ishchi muhitni shakllantiradi va unga xususiy
jilo beradi.
Tashkilot madaniyatini yuksaltirish vositalari quyidagilarga bog‗liq:
Faoliyatning aniq mo‗ljalini belgilash.
O‗z ishiga jonkuyarlikni oshirish.
Sodda va samarali tashkiliy tuzilmaning mavjudligi.
Erkin ishlash muhiti va qat‘iyatlik (ma‘suliyat).
Mehnat unumdorligi.
Hayotiy shart-sharoitni hisobiga olish.
Mustaqil faoliyat qila olish va uddaburonlik.
Individual fikrlarni hisobga olish va ularni hurmat qilish.
Shaxslararo munosabatlar
Nizo asosi - janjalning ildizida yotgan to‗qnashuv sababidir. Odatda
bu sababni aniqlash qiyin. Ko‗pgina nizolarning asl sababi barcha oppo-
nentlarning ehtiyojlarini qondirishga inkoniyat yo‗qdigi,
bor talabalarni
qoniqtirishda chegaralangan imkoniyatlar mavjudligidadir.
Nizolarni hal etilish yo‗llari:
birinchi opponent ikkinchi opponentning fikriga qo‗shiladi;
ikkinchi opponent birinchi opponentning fikriga qo‗shiladi;
ikkala opponentlar uchunchi, har tomonlarni qoniqtiradigan
shartga rozi bo‗lishadi;
ikkala opponentlar o‗z fikrlarida qolishadi va qarama - qarshi
fikrlar mavjudligida hamjihatli mehnat
qilishga va yashashga
ko‗nikishadi.
Nizolarni hal etish algoritmi sizdan quyidagi bosqichlarni bajarishni
talab qiladi:
Ziddiyatni muhokama qilish uchun ikkinchi tomon bilan qulay
vaqtni kelishib oling.
Opponenlarga nisbatan samimiy bo‗ling.
Ultimatumlardan foydalanmang.
Muzokara davomida nizoning asosiy mazmuniga rioya qiling.
Muzokara davomida o‗z maqsadlaringizni ravshanlashtirib
boring.
Nizoni hamjihatlik shaklida hal etib, ikki tomonning manfaatlarini
to‗la qoniqtirishga intiling.
81
Nizoni hal etuvchi shartnoma natijalari asosida o‗z
zimmangizga olgan majburiyatlaringizni, albatta, to‗la va o‗z
vaqtida
bajaring.
Muzokara davomida opponentlarning har bir so‗zini hurmat bilan
eshiting va e‘tibor bilan hamma gaplarini tushunishga intiling.
Do'stlaringiz bilan baham: