4 I bob. Mehnat resurslarini boshqarish strategiyala rining nazariy asoslari



Download 2,37 Mb.
bet1/12
Sana24.06.2022
Hajmi2,37 Mb.
#699633
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KORXONALARDA MEHNAT RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH KURS ISHI TAYYOR


MUNDARIJA



KIRISH.....................................................................................................................4
I BOB. Mehnat resurslarini boshqarish strategiyala rining nazariy asoslari
1.1. Mehnat resurslarini boshqarishning mazmuni va mohiyati ............................7
1.2. Mehnat resurslarini boshqarish strategiyalarining asosiy turlari va ularning shakllanishi..............................................................................................................12
1.3. Mehnat resurslarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasi.............................................................................25
II BOB. Korxona faoliyatida mehnat resurslarini boshqarishni takomillashtirish yo‘llari
2.1. Mehnat resurslarini boshqarishni takomillashtirishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi...........................................................................................................32
2.2. Korxona faoliyatining samaradorligini baholaydigan ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy holatini tahlili..........................................................................................37
Xulosa va takliflar....................................................................................................45
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati..........................................................................48

KIRISH


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Korxona hayotida mehnat resurslarini boshqarish uning samaradorligini oshirishdek muhim sohalardan biri hisoblanadi, “Mehnat resurslarini boshqarish” tushunchasining o‘zi esa yetarlicha keng ko‘lamda, ya’ni iqtisodiy-statistikdan tortib, falsafiy-psixologik talqin etiladi.
Mehnat resurslarini boshqarish tizimi kadrlar bilan bog‘liq ish usullarining uzluksiz takomillashtirilishi hamda mamlakatimiz va xorij ilm-fan yutuqlaridan, eng yaxshi ishlab chiqarish tajribalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. Mehnat resurslari, ya’ni yollanma ishchilar, ish beruvchilar va tashkilotning boshqa xodimlarini boshqarishning mohiyati, boshqaruv obyekti va subyekti tomonidan tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va huquqiy munosabatlarning o‘rnatilishidan iboratdir. Bunday munosabatlar asosida, ishchilardan maksimal darajada foydalanishni ko‘zlovchi hamda ularning qiziqishlari, xulq-atvori va faoliyatiga ta’sir etuvchi tamoyillar, usullar hamda shakllar yotadi.
Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, odamlarning hayot darajasi va uning sifatini oshirish borasida yildan yilga keng ko‘lamli o‘zini samarasini ko‘rsatayotgan ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov o‘zining 2016 yil 16 yanvar kuni so‘zlagan nutqida shunday deb ta’kidlaydi: “Iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sishi biz uchun eng muhim ustuvor yo‘nalish bo‘lgan – aholi bandligini ta’minlash, avvalambor, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun zarur sharoitlar yaratdi.
2015 yilda mamlakatimizda 980 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil qilingan bo‘lsa, shuning 60 foizdan ortig‘i qishloq joylarda yaratildi.
Bu borada, 2016 yilda aholi bandligini ta’minlash masalasi eng muhim vazifamiz bo‘lib qoladi. 2016 yilda 990 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohasini izchil rivojlantirish hisobidan 660 mingdan ziyod ish o‘rni
yaratiladi. 2016 yilda oliy o‘quv yurtlari, litsey va kollejlarning 510 mingdan ortiq
Kurs ish bilan ta’minlashi lozim”1.
Bugungi kunda, rivojlangan va qator rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy siyosatning rasmiy maqsadlaridan biri milliy tovarlar va xizmatlar raqobatbardoshligini ta'minlashga, aholi turmush darajasi va uning bandligini oshirishga qaratilgan boshqaruv strategiyalarini yaratish hisoblanadi.
O‘zbekistondagi ko‘pchilik korxonalarning hozirgi iqtisodiy vaziyat voqeliklariga tayyor emasligi birinchi navbatda o‘tmishdagi, reja topshiriqlari bilan to‘liq belgilab qo‘yilgan va cheklangan tashqi muhit boshqaruvning strategik shakllantirishni rag‘batlantirmagan, ko‘pincha esa hatto bunga to‘sqinlik qilgani bilan izohlanadi. Strategik boshqaruvga qaratilmagan va ular tomonidan boshqarilmaydigan korxona jadal rivojlanayotgan yangi muhitga kirganida, tabiiyki, ziddiyat yuzaga keladi. Bu ziddiyat yo doimiy ravishda tezkorlik bilan real sharoitlarga moslashish, yo kelgusi o‘zgarishlarni bashorat qilish va ularga mos tarzda javob choralari ko‘rish usullarini, ya'ni strategik boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqishga imkon beruvchi maxsus boshqaruv mexanizmlarini shakllantirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Korxona muvaffaqiyatini unda band bo‘lgan xodimlar belgilab beradi. Aynan shuning uchun ham korxonani boshqarishning zamonaviy konsepsiyasi boshqaruv faoliyatining ko‘p sonli funksional sohalari ichidan aynan ishlab chiqarishni tarkibiy qismi bo‘lmish kadrlar – mehnat resurslariga alohida urg‘u beradi.
Mavzuning dolzarbligi to‘g‘risida so‘z yuritadigan bo‘lsak, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ichki va tashqi moliyaviy munosabatlarining murakkab va ko‘p qirraligi uning menejerlar tomonidan inson resurslarini strategik boshqarishni tashkil etish zarurligini anglatmoqda.

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish