166
vakolat bergan organning) maxsus qarori bilan tasdiqlanadi.
O‗z navbatida, tartibga soluvchi daromadlardan mahalliy
byudjetlarga
tushgan
mablag‗larning
Qoraqalpog‗iston
Respublikasining respublika
byudjeti bilan respublika
tasarrufidagi tumanlar va shaharlar byudjetlari, viloyat
byudjetlari bilan uning tuman va shaharlari byudjetlari,
Toshkent shahrining shahar byudjeti bilan uning tumanlari
byudjetlari o‗rtasida taqsimlanishi tegishincha Qoraqal-
pog‗iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan ajratma
me‘yorlari bo‗yicha amalga oshiriladi.
Tartibga soluvchi daromadlarni byudjet tizimining
byudjetlari o‗rtasida taqsimlash O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan (byudjet daromadlarining g‗azna
ijrosi yo‗li bilan) amalga oshiriladi. Muayyan moliya yili uchun
Byudjet kodeksining 51-moddasida ko‗rsatilgan daromadlar
bo‗yicha ajratma normativlari belgilanmagan bo‗lsa, o‗sha
daromadlar to‗liq hajmda respublika byudjetiga kirim qilinadi.
Qoraqalpog‗iston
Respublikasi
Vazirlar
Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar
hokimlari tegishli moliya
organlarining taklifiga ko‗ra mahalliy soliqlarning to‗liq hajmda
kiritiladigan byudjet darajasini (masalan, viloyatning viloyat
byudjeti yoki viloyatning tuman/shahar byudjeti) belgilaydi.
2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlan-
tirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda
―mahalliy byudjetlarning daromadlari bazasini tubdan
mustahkamlash, yuqori turuvchi
byudjetlar ajratmalariga
qaramligini
qisqartirish,
uy-joy-kommunal,
transport-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash
va texnik yangilash bo‗yicha strategik muhim investitsiya
loyihalarni amalga oshirishni so‗zsiz ta‘minlash yuzasidan
167
mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib
borishi va mas‘uliyatini oshirish maqsadida:
105
tadbirkorlik
faoliyatining
ayrim
turlari
bo‗yicha
belgilangan
soliq tushumlari, jismoniy shaxslarning mulkla-
ridan olinadigan soliqlar, jismoniy shaxslardan olinadigan yer
soliqlari, tovarlarning ba‘zi turlari bilan savdo qilish va
xizmatlarning alohida turlarini ko‗rsatish
huquqi uchun
yig‗imlar – to‗liq hajmda tumanlar byudjetlari daromadlari
hisobiga o‗tkaziladi;
davlat byudjetiga to‗lanadigan mikrofirmalar va kichik
korxonalar uchun yagona soliq to‗lovi va bozorlardan
tushayotgan daromadlar – Toshkent shahri byudjeti va
tumanlar byudjetlari o‗rtasida taqsimlanadi;
yuridik
shaxslarning
yer
soliqlaridan
tushadigan
tushumlar, suv resurslaridan foydalanish solig‗i,
jismoniy
shaxslardan olinadigan mulk solig‗i – to‗liq hajmda Toshkent
shahri byudjetiga yo‗naltiriladi;
yuridik shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq
tushumlari, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish uchun olinadigan soliqlar,
savdo va umumiy
ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‗lovi, jismoniy
shaxslarning daromad soliqlari O‗zbekiston Respublikasining
respublika byudjeti va Toshkent shahrining mahalliy byudjeti
o‗rtasida normativlarga ko‗ra taqsimlanadi;
respublika byudjeti va Toshkent shahri byudjeti o‗rtasida,
shahar byudjeti qismida, o‗tkazilgan
soliqlardan belgilangan
prognozlarni ortig‗i bilan bajarish summasi – Toshkent
shahrining mahalliy byudjeti ixtiyorida qoldiriladi.
105
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi ―Mahalliy davlat
hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy byudjet
daromadlarini shakllantirishdagi mas‘uliyatini oshirish to‗g‗risida‖gi PQ-3042-sonli
qarori.