7-BOB. BYUDJETLARARO MUNOSABATLAR
7.1. Byudjetlararo munosabatlarning mohiyati,
zarurligi va shakllari
Barcha mamlakatlarda ularning geografik joylashuvi,
iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanish darajasining turlicha ekanligi,
ekologik sharoitlarining farqlanishi va boshqa omillar sababli
mamlakat mintaqalarining ishlab chiqarish, daromad va
ijtimoiy salohiyatining boshlang‗ich imkoniyatlari bir xilda
emas. Biroq davlatning muhim vazifalaridan biri o‗z fuqarolari
farovonligining barqaror o‗sishini ta‘minlash va barcha
mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil sharoitlar yara-
tishdan iborat. Bunga esa, ma‘lum ma‘noda davlatning
moliyaviy resurslarini mintaqalararo qayta taqsimlash orqali
erishiladi. Bunday qayta taqsimlash jarayonlariga
byudjetlararo
munosabatlar
mexanizmlari xizmat qiladi.
Byudjetlararo munosabatlar byudjet jarayonida, davlat
byudjetini shakllantirish va ijro etishda turli darajadagi
byudjetlar, shuningdek, davlat byudjeti bilan davlat maqsadli
jamg‗armalari o‗rtasidagi byudjet mablag‗larining harakati
bilan bog‗liq munosabatlar majmuyidir. Byudjetlararo muno-
sabatlarning mazmunini yoritishda rus iqtisodchi olimlari
A.M.Babich
va
L.N.Pavlovaning
―Государственные
и
муниципальные финансы‖ nomli darsligida: ―Byudjetlararo
munosabatlar davlat hokimiyati organlari, markaziy hokimiyat
va
mahalliy
o‗z-o‗zini
boshqarish
organlari
o‗rtasida
byudjetlarni tuzish va ijro etish hamda byudjet jarayonini
tashkil etish bilan bog‗liq huquq va majburiyatlar,
vakolatlarning
biriktirilishi
va
chegaralanishiga
oid
munosabatlar majmuyidir‖
100
mazmunida ta‘rif keltirilgan.
100
Бабич А.М., Павлова Л.Н. Государственные и муниципальные финансы.
Учебник для вузов. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2012. – 703 с.
161
Ammo byudjetlararo munosabatlarga berilgan ushbu ta‘rif
mazkur masalaning huquqiy asoslarini, byudjet jarayoni
ishtirokchilarining
turli
darajadagi
byudjetlarni
shakllantirishdagi huquqiy munosabatlarnigina aks ettiradi.
Byudjetning ijro etilishi davomida mablag‗larning bir byudjet
bo‗g‗inidan boshqasiga yoki bir darajadagi byudjetlar
o‗rtasidagi haqiqatdagi harakati haqida fikr bildirilmagan.
Z.Srojiddinovaning ―Byudjetlararo munosabatlar‖ deb
nomlangan o‗quv qo‗llanmasida esa: ―Byudjetlararo munosa-
batlar, deganda byudjet jarayoni davomida davlat va mahalliy
hokimiyat organlari o‗rtasida yuzaga keluvchi iqtisodiy-huquqiy
munosabatlar majmuyi tushuniladi. Byudjetlararo muno-
sabatlar davlat boshqaruvi tizimida vertikal yoki gorizontal
bo‗yicha paydo bo‗ladi va amal qiladi hamda hokimiyat har bir
darajasining faoliyat maqsadlaridan kelib chiqib, ularning
moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda tartibga
solinadi‖
101
, degan fikrlar o‗rin olgan.
Maxsus adabiyotlar va ilmiy ishlarda, shuningdek,
byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha ta‘riflar berilgan:
―Byudjetlararo munosabatlar davlat byudjet mexanizmining
muhim va ajralmas elementi bo‗lib, markazdan turib
mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari
o‗rtasida barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash jarayonini
oqilona tartibga solishni ta‘minlaydigan va bundan tashqari,
markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat bosh-
qaruvining turli darajalarida huquq va majburiyatlarni o‗zaro
taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat byudjetida
jamlangan pul mablag‗larining ushbu subyektlar o‗rtasida
qayta taqsimlanishini o‗z ichiga oluvchi munosabatlar
yig‗indisidir‖
102
(bu haqida mazkur o‗quv qo‗llanmaning 3-
bobida ham qisqacha to‗xtalgan edik).
101
Srojiddinova Z.X. Byudjetlararo munosabatlar. O‗quv qo‗llanma. T.: infoCOM.UZ. –
2010. b.5.
102
А.Вахобов, Х.Жамолов. Согласование межбюджетных отношений. Т.: Молия. –
2002.
162
Umuman
olganda,
byudjetlararo
munosabatlarning
iqtisodiy voqelik sifatidagi tabiatini tahlil qilish asosida
quyidagilarni ta‘kidlash zarur:
birinchidan,
byudjetlararo munosabatlar – keng qamrovli
byudjet siyosatini markaziy va hududiy darajada amalga
oshirish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. O‗zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi
bo‗yicha 2017-2021-yillarga mo‗ljallangan Harakatlar strate-
giyasida ham ―Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustah-
kamlash va yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini saqlab qolish‖
chora-tadbirlari
ichida
―Davlat
byudjetining
barcha
darajalarida mutanosiblikni ta‘minlash, mahalliy byudjet-
larning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan
byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish‖
103
vazifalari
belgilangan;
ikkinchidan,
byudjetlararo
munosabatlar
byudjet
siyosatining boshqa yo‗nalishlariga nisbatan birlamchi
ahamiyat kasb etadi, chunki mahalliy byudjetlarning
barqarorligini ta‘minlash, ularning daromad bazalarini
mustahkamlash, hududlarning iqtisodiy va byudjet potensialini
oshirish masalalari byudjet siyosatining asosiy masalalari
sifatida qaraladi, ularning ijobiy yechimi byudjetlararo
munosabatlarning to‗g‗ri tashkil etilishiga ko‗p jihatdan bog‗liq;
uchinchidan,
byudjetlararo munosabatlar – nafaqat turli
darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
o‗rtasidagi munosabat, balki markaziy davlat hokimiyatining
ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini hududlar darajasida bajarish,
jamiyat taraqqiyoti uchun normal sharoitlarni yaratish
maqsadlariga yo‗naltirilishi lozim bo‗lgan barcha byudjet
mablag‗larining maqsadga muvofiq taqsimlanishi va qayta
taqsimlanishi jarayonidagi munosabatlardir;
103
2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi.
3.1-band.
O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoniga 1-ilova. O‗zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 6-son, 70-modda.
163
to‗rtinchidan,
hududlar mablag‗larning markaziy hokimi-
yat (respublika byudjeti) ixtiyoriga tushib turishini ta‘minlar
ekan, bu bilan hududiy boshqaruv organlari markaziy
hokimiyatdan davlat boshqaruvi bo‗yicha aniq majbu-
riyatlarning bajarilishini talab qilib olish huquqiga ham ega
bo‗ladilar, bu holat markaziy hokimiyatning hududlar
manfaatlari yo‗lida yagona va samarali boshqaruvning olib
borilishini ta‘minlaydi. Shu bilan birga respublika byudjetidan
mahalliy byudjetlarga mablag‗ ajratish mexanizmlari bilan
markaziy hukumat mahalliy hokimiyatlar zimmasidagi byudjet
majburiyatlarining bajarilishiga erishadi, ularda boqimandalik
kayfiyatlarini oldini olish uchun dastak yaratadi hamda ularni
hududlarning
iqtisodiy-moliyaviy
jihatdan
barqarorligini
ta‘minlashga undaydi;
beshinchidan,
byudjetlararo munosabatlar – teng
ahamiyatli tarzda yuqoridan quyiga va quyidan yuqoriga
harakatlanuvchi byudjet mablag‗lari, moliyaviy oqimlardir.
Ushbu munosabatlar turli darajadagi byudjetlar, ayniqsa,
byudjet
tizimining
quyi
pog‗onasi
bo‗lgan
tuman
byudjetlarining daromadlilik darajasini tartibga solish uchun
xizmat qiladi, ushbu moliyaviy oqimlar mahalliy byudjetlar
daromadlarini shakllantiruvchi ta‘sirchan omil hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 132-
moddasida: ―Byudjetlararo munosabatlar O‗zbekiston Respub-
likasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‗iston Respub-
likasining
respublika
byudjeti,
viloyatlarning
viloyat
byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar,
shaharlar
byudjetlari,
shuningdek,
davlat
maqsadli
jamg‗armalari byudjetlari o‗rtasidagi tegishli byudjetlarga
biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan
tegishli byudjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta‘minlashga doir
munosabatlardir‖
104
, deb belgilab qo‗yilgan.
104
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son.
164
Do'stlaringiz bilan baham: |