400
tasdiqlanadigan xalq ta‘limi muassasalari pedagog xodimlariga
haq to‗lashning tarmoq tarif setkasi asosida o‗rnatiladi.
Pedagog xodimlar tarif stavkasiga qonun bilan o‗rnatilgan
doimiy ustama va qo‗shimchalar
quyidagilardan iborat:
sinfga rahbarlik qilganligi uchun;
daftar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Xalq
ta‘limi xodimlari mehnatiga haq to‗lashning takomillashtirilgan
tizimini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 2005-yil 21-dekabr 275-sonli
qaroriga muvofiq mazkur ustamalar miqdori: sinf rahbarligi
uchun – eng kam ish haqining 100 foizi hajmida,
daftar va
yozma ishlarni tekshirganlik uchun – eng kam ish haqining 50
foizi hajmida belgilangan edi. Lekin O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining ―2013-yil uchun O‗zbekiston Respublikasi
asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar
prognozlari va davlat
byudjeti parametrlari to‗g‗risida‖gi PQ-1887-sonli qarori bilan
Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qaroriga bu borada tegishli
o‗zgarishlar kiritildi. Ushbu o‗zgarishlarga ko‗ra umumta‘lim
muassasalari o‗qituvchilariga
eng kam ish haqiga nisbatan
o‗rnatiladigan quyidagi qo‗shimchalar belgilanadigan bo‗ldi:
a) sinf rahbarligi uchun sinfdagi o‗quvchilar soniga ko‗ra:
15 nafargacha bo‗lsa – 50 foiz;
16 dan 20 nafargacha bo‗lsa – 60 foiz;
21 dan 25 nafargacha bo‗lsa – 70 foiz;
26 dan 30 nafargacha bo‗lsa – 80 foiz;
31 va undan yuqori bo‗lsa – 100 foiz;
b) daftar va yozma ishlarni tekshirganligi uchun – 50 foiz,
sinflarda o‗quvchilar soni 15 nafargacha bo‗lsa – 25 foiz.
Bu to‗lovlar shu maqsadlar uchun maxsus ajratiladigan
byudjet mablag‗lari hisobidan amalga oshiririladi.
Bundan tashqari pedagog xodimlar oylik lavozim okladiga
(Vazirlar mahkamasining 275-son qarori bilan tuzilgan)
umumta‘lim muassasalarining o‗rnak ko‗rsatgan xodimlarini
rag‗batlantirishning Direktor jamg‗armasidan to‗lanadigan
ustamalar kiradi. Bu ustamalar xodimlarga:
401
o‗quvchilar bilan tarbiyaviy
ishlar va sinfdan tashqari
ishlarni olib borishning yuksak darajasi uchun – tegishli
malaka toifasidagi o‗qituvchining bazaviy tarif stavkasiga
nisbatan
15 foizgacha
bo‗lgan miqdorda;
kasbiy mahorati va ta‘lim jarayoniga qo‗shgan aniq hissa,
yuqori samaradorlik va o‗qitish sifati uchun –
tegishli malaka
toifasidagi o‗qituvchining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan
25
foizgacha
bo‗lgan miqdorda belgilanadi.
Direktor jamg‗armasi hisobidan to‗lanadigan har oylik
ustamalar va boshqa rag‗batlantirish turlarini tayinlash hamda
ustama va mukofotlar hajmini belgilash tartibi, rag‗batlantirish
va mukofotlash uchun xodimlar faoliyatini baholash mezonlari,
o‗rnatilgan ustamalarning
amal qilish muddatlari, jamg‗arma
hisobidan amalga oshiriladigan to‗lovlarni soliqqa tortish tartibi
va Direktor jamg‗armasining amal qilish shart-sharoitlarini
belgilab
beruvchi
boshqa
tartib-qoidalar
O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-
sonli qarori bilan tasdiqlangan ―Umumta‘lim maktablarining
o‗rnak ko‗rsatgan xodimlarini rag‗batlantirishning
Direktor
jamg‗armasi to‗g‗risidagi Nizom‖da batafsil aks ettirilgan.
Yuqorida bayon etilganlarni umumlashtirib, o‗qituvchining
oylik ish haqi tarkibini quyidagi chizmada aks ettirish mumkin
(15.10-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: