N = (N
1
*8 + N
2
*4) / 12 yoki N = (2N
1
+ N
2
) / 3
(15.2.)
Bunda:
N - sinf pog‗onalari bo‗yicha o‗quvchilarning o‗rtacha yillik
soni;
393
N
1
–
rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvar holatiga sinf
pog‗onalari bo‗yicha o‗quvchilar soni
N
2
–
rejalashtirilayotgan yilning 1-sentyabr holatiga sinf
pog‗onalari bo‗yicha kutilayotgan o‗quvchilar soni
8, 4, 12 – oylar soni.
Byudjet xarajatlarini rejalashtirishda byudjet yili ta‘lim
muassasalaridagi o‗quv yili bilan mos kelmaganligi bois,
o‗quvchilar kontingentini aniqlovchi asosiy ko‗rsatkichlarning
o‗rtacha yilligi hisoblanadi. O‗quvchilarning o‗rtacha yillik
sonini hisoblashda rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvar va 1-
sentabr holatiga bo‗lgan o‗quvchilar soni aniqlanadi:
maktablarda 1-yanvardan to yangi o‗quv yili boshlanguniga
qadar o‗quvchilarning o‗tgan yildan o‗tuvchi soni (8 oy
davomida), 1-sentabrdan boshlab esa – o‗tgan o‗quv yilida
o‗qishni bitirgan va yangi o‗quv yilida qabul qilinganlarni
hisobga olgan holda aniqlangan o‗quvchilar soni amal qiladi (4
oy davomida).
Masalan,
agar yil boshiga maktabdagi o‗quvchilar soni
500 nafar, 1-sentabrda esa 650 nafar bo‗lishi
kutilayotgan bo‗lsa, u holda o‗quvchilarning o‗rtacha
yillik soni quyidagicha aniqlanadi:
( ) ( )
Umumta‘lim muassasasi byudjetining umumiy hajmini
aniqlash formulasidagi bazaviy xarajatlar normativlari va
tuzatuvchi koeffitsiyentlar har moliyaviy yil uchun ishlab
chiqiladi va ―Bazaviy xarajatlar me‘yorlari hamda ularga
tuzatuvchi koeffitsiyentlarni qo‗llash asosida umumta‘lim
maktablari byudjetini hisoblash bo‗yicha Nizom‖ning tegishli
ilovalarida keltiriladi (bu me‘yorlar va koeffitsiyentlar viloyatlar
bo‗yicha, har bir viloyatda - ta‘lim pog‗onalari bo‗yicha, uyda
ta‘lim oluvchilar bo‗yicha va maktab qoshidagi internatlar
394
bo‗yicha bir-biridan farq qilishi mumkin, bu tegishli
hududlardagi tovar va xizmatlar narxidagi farqlarga bog‗liq).
Umumta‘lim
maktablarida
bir
o‗quvchiga
bazaviy
xarajatlar me‘yorlari tarkibiga quyidagi xarajat turlari
kiritilgan:
O‗zbekiston
Respublikasining
amaldagi
me‘yoriy
hujjatlariga muvofiq, pedagogik xodimlar, boshqaruv va o‗quv-
yordamchi xodimlar mehnatiga haq to‗lash bilan bog‗liq
xarajatlar, xodimlarni moddiy rag‗batlantirish Direktor
jamg‗armasi, yagona ijtimoiy to‗lov;
asosiy faoliyatidan ajralgan holda malaka oshirish
kurslariga yuborilgan pedagog xodimlarning o‗rniga ishlovchi
pedagoglarga haq to‗lash bilan bog‗liq xarajatlar;
umumta‘lim muassasalarini saqlash bilan bog‗liq boshqa
xarajatlar (kommunal xizmatlarni to‗lash, joriy ta‘mirlash,
materiallar solib olish va b.).
Ayrim turdagi xarajatlar bazaviy xarajatlar me‘yorlari
tarkibiga kiritilmasdan muassasa byudjetida alohida ko‗zda
tutilishi mumkin. Masalan, turli yillarda bazaviy xarajatlar
me‘yorlari tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritilmagan:
ko‗mir sotib olish va tashib keltirish;
―Ziyo-net‖
ta‘lim
tarmog‗iga
ulanish
va
undan
foydalanganlik uchun oylik abonentnik to‗lovi;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-
yil 25-yanvardagi 33-sonli ―Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamlarini aniq yo‗naltirilgan tarzda qo‗llab-quvvatlashning
2002-2003-yillarga mo‗ljallangan Dasturini amalga oshirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qaroriga muvofiq markaziy davriy
nashrlarga obuna bo‗lish xarajatlari;
o‗quv-laboratoriya sinflari uchun materiallar sotib olish;
barcha
turdagi
kommunal
xizmatlar
iste‘moli
hisoblagichlarini sotib olish va o‗rnatish;
395
kuzgi-qishki mavsumda uzluksiz ishlashni ta‘minlash
bilan bog‗liq ta‘mirlash ishlari, shu jumladan, isitish
qozonlarini almashtirish va o‗rnatish.
Yuqorida sanab o‗tilgan xarajatlar muassasalarga manzilli
ro‗yxatlar asosida har bir ta‘lim muassasasining ehtiyojiga
ko‗ra, xalq ta‘limi hududiy organlari va moliya organlari
tomonidan tasdiqlanadigan ro‗yxat asosida ajratiladi.
Bundan tashqari, qonun tomonidan alohida iqlim
sharoitlari uchun ish haqiga hududiy koeffitsiyentlar
o‗rnatilgan hududlarda joylashgan umumta‘lim maktablari
smetalarida bazaviy xarajatlar me‘yorlari bo‗yicha aniqlangan
mablag‗larga qo‗shimcha ravishda bu to‗lovlarni o‗rnatilgan
tartibda to‗lash uchun mablag‗lar ko‗zda tutiladi.
Bir o‗quvchiga moliyalashtirish me‘yorini hisoblashda
viloyatlar bo‗yicha, har bir viloyatda – maktablarning
masshtabi (ulardagi o‗quvchilar soniga ko‗ra katta-kichikligi) va
maktabni isitish tizimiga ko‗ra bir-biridan farq qiladigan
quyidagi tuzatuvchi koeffitsiyentlar ishlatiladi:
maktab masshtabi koeffitsiyenti;
markaziy yoki gazli isitish tizimiga ega maktablar uchun
koeffitsiyent.
Kuni uzaytirilgan guruhlar(KUG)ni saqlash xarajatlari
bunday guruhlar (bunda KUGdagi o‗quvchilar soni 25 tadan
kam bo‗lmasligi kerak) mavjud bo‗lgandagina hisob-kitob
qilinadi. KUGdagi bir o‗quvchiga bazaviy xarajat me‘yoriga
KUGga qatnaydigan kam ta‘minlangan oilalardan chiqqan
o‗quvchilarni ovqatlantirish xarajatlari kiritilgan bo‗lib,
ularning soni KUGga qatnovchi o‗quvchilar sonining 15
foizidan oshmasligi kerak.
Nogiron bolalarga uyda dars beruvchi o‗qituvchilarga ish
haqi to‗lash (yagona ijtimoiy to‗lovni ham hisobga olgan holda)
va yo‗l haqi qiymatiga oylik kompensatsiya to‗lash xarajatlari
ushbu maktabda bu toifadagi o‗quvchilar bo‗lgan taqdirda
ularning o‗rtacha yillik sonini uyda o‗qitish bazaviy xarajat
me‘yoriga ko‗paytirish yo‗li bilan hisoblanadi.
396
Maktab qoshidagi internatda yashaydigan bir o‗quvchiga
bazaviy xarajat me‘yori maktabdan ancha uzoqda yashagani
uchun umumta‘lim maktabi qoshida yashovchi bolalarning
yashashi uchun mo‗ljallangan internat mavjud bo‗lganda
qo‗llaniladi. Bunda maktab qoshidagi internatda yashovchi bir
o‗quvchiga bazaviy xarajat me‘yori maktab-internatdagi
bolalarni saqlash uchun qonun bilan o‗rnatilgan to‗lov
miqdorini va maktab-internatda yashovchi
o‗quvchilar
kontingentining 15 foizdan ko‗p bo‗lmagan qismini ushbu
to‗lovdan ozod qilishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini tuzish va pedagogik
xodimlarni tarifikatsiyalash umumta‘lim maktabining rahbari
va bosh buxgalteri (buxgalteri) bilan birga qat‘iy o‗rnatilgan
tartibda va hajmlari bazaviy xarajat me‘yorlari asosida
aniqlangan mablag‗lar doirasida amalga oshiriladi.
Ish haqi xarajatlarini rejalashtirish. Ta‘lim tizimida jon
boshiga moliyalashtirish amaliyoti umumta‘lim muassasalari
faoliyatining so‗nggi natijalariga qaratilgan bo‗lib, mamlakat
miqyosida milliy darajada amalga oshirilayotgan boshqa
tashabbuslar (masalan, ta‘lim tizimi xodimlari ish haqlarini
oshirish,
ularni
rag‗batlantirish
mexanizmlarini
takomillashtirish) bilan uyg‗unlikda ta‘lim xizmatlarining sifati
va samaradorligini oshirishga turtki bo‗lmoqda.
Bugungi kunda maktab faoliyatida muhim bo‗lgan
masalalardan biri – pedagog va pedagog bo‗lmagan boshqa
xodimlarga haq to‗lash masalasi qator me‘yoriy-huquqiy
hujjatlar bilan tartibga solinadi. Bular:
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-
noyabrdagi ―Xalq ta‘limi xodimlari mehnatiga haq to‗lash
tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‗batlantirishni
kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-227-sonli qarori;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Xalq
talimi xodimlari mehnatiga haq to‗lashning takomillashtirilgan
tizimini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 2005-yil 21-dekabr 275-sonli
qarori;
397
Xalq ta‘limi vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy himoya
qilish vazirligining 2005-yil 26-dekabrdagi №315/№4984-sonli
qo‗shma buyrug‗i bilan tasdiqlangan ―Umumta‘lim maktablari
o‗qituvchilari va rahbar xodimlari yuklamasini aniqlash va
taqsimlash bo‗yicha yo‗riqnoma‖;
O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi hamda
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-
yil 5-yanvardagi 03, 01/23-sonli qo‗shma buyrug‗i bilan
tasdiqlangan
―Umumta‘lim
muassasalari
o‗qituvchilarini
tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo‗yicha
metodik ko‗rsatmalar‖;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-
yil 25-dekabr 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―Umumta‘lim
muassasalarining o‗rnak ko‗rsatgan xodimlarini rag‗batlan-
tirishning Direktor jamg‗armasi to‗g‗risida nizom‖.
Byudjet amaliyotida xalq ta‘limi muassasalari, shu
jumladan, umumta‘lim maktablari xodimlari mehnatiga haq
to‗lash xodimlarni tarifikatsiya qilish asosida amalga oshirilib,
uning
natijasiga
ko‗ra
tarifikatsiya
ro‗yxati
tuziladi.
Tarifikatsiya ro‗yxati quyidagi ko‗rsatkichlarni aks ettiradi:
o‗qituvchilarning nasl-nomasi;
malaka toifasi;
ma‘lumoti va u haqidagi hujjat ma‘lumotlari;
dars beradigan fanlari;
qaysi sinflarda dars berishi (boshlang‗ich, yuqori);
oylik lavozim okladi (bazaviy tarif stavkasi);
o‗quv va pedagogik soatlar soni;
asosiy ish haqiga qo‗shimcha va ustamalar.
O‗qituvchilar tarifikatsiya ro‗yxati Xalq ta‘limi vazirligi
hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2006-yil 5-yanvar 03, 01/23-sonli qo‗shma buyrug‗i bilan
qabul qilingan ―Umumta‘lim muassasalari o‗qituvchilarini
tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo‗yicha
metodik ko‗rsatmalar‖ asosida tuziladi.
398
O‗qituvchining umumiy yuklamasi O‗zbekiston Respub-
likasi Vazirlar mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-sonli
qarori bilan tasdiqlangan ―Xalq ta‘limi xodimlariga haq to‗lash
to‗g‗risidagi Nizom‖ asosida aniqlanadi. Umumiy yuklama o‗quv
va pedagogik yuklamalardan iborat bo‗lib, bir yilga 1548 soatni
tashkil etadi
197
.
O‗quv yuklama me‘yori boshlang‗ich sinflarda 18 soatni,
yuqori sinflarda 20 soatni tashkil qiladi. Shuning uchun
pedagogik stavkalar soni boshlang‗ich va yuqori sinflar bo‗yicha
alohida hisoblanadi.
Pedagogik yuklama o‗rnatilgan o‗quv yuklamasiga
praporsional ravishda boshlang‗ich sinflarda 1,0 va yuqori
sinflarda 0,8 koeffitsiyentlarni qo‗llash orqali aniqlanadi.
(Namunaviy reja bo‗yicha o‗qituvchining umumiy oylik
yuklamasi 154,8 soatni tashkil etadi. Haftalar soni bir oyda 4,3
hafta hisobida belgilangan. Boshlang‗ich sinf o‗qituvchisining
1,0 stavkasi uchun haftalik umumiy yuklamasi 36 soatni
tashkil etadi, shundan o‗quv yuklamasi – 18 soat, pedagogik
yuklama – 18 soat, yuqori sinf o‗qituvchisining 1,0 stavkasi
uchun haftalik umumiy yuklamasi 36 soatni, shundan 20 soat
o‗quv yuklamasi va pedagogik yuklama - 16 (20
) soatni
tashkil etadi
198
.)
Tarifikatsiya
ro‗yxatida,
ta‘kidlanganidek,
har
bir
o‗qituvchining bir oylik lavozim okladi aks ettiriladi.
Umumta‘lim maktablari pedagogik xodimlarining oylik lavozim
okladlari har bir xodimning lavozimi va malaka toifasi uchun
o‗rnatilgan bazaviy tarif stavkasi hamda qonun bilan
belgilangan qo‗shimchalar va ustamalar asosida shakllanadi.
Bazaviy tarif stavka quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
yagona tarif setkasi asosida aniqlangan tarif stavkasini;
197
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-y. 21-dekabr 275-sonli
qarori bilan tasdiqlangan ―Xalq ta‘limi xodimlariga haq to‗lash to‗g‗risida‖gi Nizomga
muvofiq.
198
―Umumta‘lim muassasalari o‗qituvchilarini tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash
tartibi bo‗yicha metodik ko‗rsatmalar‖ O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi
hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-y. 5-yanvardagi
03, 01/23-sonli qo‗shma buyrug‗iga ilova.
399
qonun bilan belgilangan tarif stavkasiga o‗rnatilgan doimiy
ustama va qo‗shimchalarni;
pedagog va rahbar xodimlarning alohida toifalari ish
haqiga kompensatsion to‗lovlarni.
Pedagog xodimlar bazaviy tarif stavkalari:
xodimning lavozimiga;
xodimning malaka toifasiga;
ta‘lim
muassasasining
tipiga
bog‗liq
ravishda
tabaqalashtirilgan bo‗ladi.
Xalq ta‘limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, Adliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Davlat test markazi tomonidan birgalikda
tasdiqlangan ―Pedagogik va rahbar xodimlarni attestatsiyadan
o‗tkazish va malaka toifalarini berish tartibi to‗g‗risidagi
Nizom‖ga muvofiq xalq ta‘limi xodimlariga quyidagi malaka
toifalari berilishi mumkin:
o‗rta maxsus, kasbiy (pedagogik yoki bajarilayotgan
lavozim vazifalariga muvofiq bo‗lgan) ma‘lumotga ega bo‗lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |