G‗aznachilikning yagona hisobraqami (YAG‗H)
O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan va Moliya vazirligi
tomonidan
boshqariladigan maxsus
bank hisobvarag‗i
hisoblanadi. Moliya vazirligi (G‗aznachilik bo‗linmalari)
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa
banklarda o‗zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga
egadirlar. Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‗armalari (DMJ)
va boshqa maqsadli jamg‗armalar (O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika
maqsadli kitob jamg‗armasi, O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy
tarbiya va sport davlat qo‗mitasi huzuridagi O‗zbekiston Bolalar
sportini rivojlantirish jamg‗armasi) byudjetlariga to‗lanadigan
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar YaG‗Hga kirim qilinadi va
mos ravishda O‗zbekiston Respublikasining respublika
byudjeti, Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, Toshkent
shahar va viloyatlar mahalliy byudjetlari, DMJ va boshqa
maqsadli jamg‗armalar byudjetlari daromadlarida aks ettiriladi.
305
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‗lari
YaG‗Hga kirim qilinadi va mazkur tashkilotlarga tushumlar
sifatida aks ettiriladi.
G‗aznachilikning bosh kitobi.
G‗aznachilik Bosh kitobi
bilan davlat moliyaviy resurslarining hisob-kitobi yuritiladi va
moliya
tizimining
axborot
tizimi
faoliyat
ko‗rsatadi.
G‗aznachilikning
Bosh
kitobi
byudjet
operatsiyalari
buxgalteriya hisobini yuritishning kompyuterlashtirilgan
tizimidir. G‗aznachilikning Bosh kitobida davlat tashkilotlari va
muassasalari bilan bo‗ladigan barcha moliyaviy operatsiyalar
o‗z ifodasini topadi. G‗aznachilikning Bosh kitobi G‗aznachilik-
ning yagona hisobraqami va subschyotlari bilan bo‗ladigan
operatsiyalardagi barcha buxgalteriya o‗tkazmalarini aks
ettiradi. G‗aznachilikning Bosh kitobi respublika byudjetidan,
mahalliy byudjetlardan hamda DMJ byudjetlaridan mablag‗
bilan ta‘minlash bilan bog‗liq hisob-kitoblarning o‗z vaqtida
yuritilishini ta‘minlaydi. Shuningdek, Bosh kitobning amal
qilishi uning ―UzASBO‖ DM – byudjet tashkilotlari tomonidan
byudjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks
avtomatlashtirish uchun mo‗ljallangan dasturiy majmua bilan
uyg‗unlashuvi asosida yanada mukammallashdi.
G‗aznachilik organlari. G‗aznachilik Moliya vazirligi tar-
kibidagi davlat organi hisoblanadi. G‗aznachilikning Qorag‗al-
pog‗iston Respublikasi G‗aznachilik boshqarmasi, Toshkent
shahar va viloyatlar boshqarmalari, shahar va tumanlarda
G‗aznachilik bo‗limlari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi.
G‗aznachilikka
O‗zbekiston
Respublikasi
Moliya
vaziri
o‗rinbosari, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tayinlangan boshliq rahbarlik qiladi. O‗zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligining
buyrug‗iga
muvofiq
G‗aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi.
G‗aznachilik
organlarining
xarajatlarini
moliyalashtirish
respublika byudjetidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |