13.2. Davlat byudjeti g„azna ijrosining huquqiy
asoslari va tashkiliy elementlari
Davlat byudjeti g‗azna ijrosining huquqiy asoslarini
shakllantirish boradida dastlab O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-aprelda ―Davlat moliyasini
boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga
tayyorlanish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 144-sonli qarori
qabul qilindi. Mazkur loyihani amalga oshirishga Xalqaro
tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 400,0 ming AQSh
dollari miqdorida mablag‗ ajratildi. Shuningdek, ―Yaponiya
hukumati tomonidan O‗zbekiston Respublikasida moliya
axborot tizimining funksional va texnikaviy tuzilmasini ishlab
chiqishga‖
148
500,0 ming AQSH dollari miqdorida grant
ajratilishi ko‗zda tutildi.
Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasing
maqsadi davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish,
zamonaviy kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan
148
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Davlat moliyasini boshqarishni
isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
144-sonli (26.04.2002) qarori, 1-band.
300
foydalangan
holda
byudjet
mablag‗larining
samarali
sarflanishini ta‘minlash, byudjet ijrosining yangi tizimini
yaratishdan iborat bo‗ldi, uni amalga oshirish yuzasidan
mas‘uliyat
O‗zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligiga
yuklatildi.
Davlat moliyasini isloh qilish hamda davlat byudjeti g‗azna
ijrosining huquqiy asoslarini mustahkamlash bo‗yicha muhim
qadamlardan biri 2004-yil 26-avgustda O‗zbekiston Respub-
likasining ―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi to‗g‗risida‖gi 664-II
sonli qonunining qabul qilinishi bo‗ldi. Ushbu Qonun davlat
byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalarining hamda byudjet
tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag‗larining g‗azna ijrosi
sohasidagi munosabatlarini tartibga solishga qaratildi. Unda
davlat byudjeti g‗azna ijrosini tashkil etish va g‗aznachilik
faoliyati bilan bog‗liq holatlar, jumladan, davlat byudjeti g‗azna
ijrosining asosiy prinsiplari, davlat byudjetining g‗azna ijrosi
muddatlari, G‗aznachilikning asosiy vazifalari, G‗aznachilikning
boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‗zaro munosabatlari,
davlat byudjeti mablag‗larini boshqarish, davlat byudjeti g‗azna
ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilish, byudjet ijrosi
to‗g‗risidagi hisobotni yuritish bilan bog‗liq masalalar o‗zining
huquqiy asosiga ega bo‗ldi.
―Davlat byudjetining g‗azna ijrosini tatbiq etish hisobiga
byudjet tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag‗larining
maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha
darajalardagi byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish
samaradorligini
oshirish
maqsadida‖
149
O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevralda ―Davlat
byudjeti g‗azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-594 sonli qarori qabul qilindi. Ushbu
149
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevlaldagi ―Davlat byudjeti
g‗azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-594 sonli
qaroridan.
301
qarorga muvofiq O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Davlat byudjetining g‗azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyot
boshqarmasi
hamda
mahalliy
moliya
organlarining
G‗aznachilik bo‗linmalari negizida O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi G‗aznachiligi va uning hududiy bo‗linmalari
tashkil
etildi.
Shuningdek,
mazkur
qaror
bilan
G‗aznachilikning asosiy vazifalari belgilab berildiki, ular
―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi to‗g‗risida‖gi qonunda aks
etgan G‗aznachilikning vazifalariga yanada aniqlik kiritdi.
2007-yil 20-martda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 53-sonli qarori bilan ―O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining G‗aznachiligi to‗g‗risida Nizom‖ qabul
qilindi. Mazkur Nizom G‗aznachilikning asosiy vazifalari,
funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilab berdi.
Keyingi yillarda ham davlat byudjeti g‗azna ijrosining
me‘yoriy-huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qator
chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu borada O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirining 69-sonli (04.08.2009) buyrug‗i
bilan tasdiqlangan va O‗zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
tomonidan 2007-son (16.09.2009) bilan ro‗yxatga olingan
―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi Qoidalari‖ning qabul qilinishi
muhim qadam bo‗lib xizmat qildi. Mazkur Qoidalar Moliya
vazirligi G‗aznachiligi va uning hududiy bo‗linmalari tomonidan
respublika va hududiy g‗azna hisobvaraqlarini qo‗llash
sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog‗iston Respublikasi
byudjeti va mahalliy byudjetlarning g‗azna ijrosini amalga
oshirish tartibini belgilab berdi. Xususan, ushbu Qoidalar
muqaddam amal qilib kelgan bir qator me‘yoriy hujjatlarni
o‗zida mujassamlashtirgan holda quyidagilarni belgilab berdi:
G‗aznachilik va uning hududiy bo‗linmalari tomonidan
respublika va hududiy g‗azna hisobraqamlarini qo‗llash
sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog‗iston Respublikasi
302
byudjeti va mahalliy byudjetlarning g‗azna ijrosini amalga
oshirish tartibi;
respublika g‗azna hisobraqami va hududiy g‗azna
hisobraqamlarini yuritish tartiblari,
Respublika
byudjeti,
Qoraqalpog‗iston
Respublikasi
byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarining
yoyilmasi;
byudjetdan mablag‗ oluvchilarning xarajatlar smetalarini
va ularga o‗zgartirishlarni g‗aznachilik bo‗linmalariga taqdim
etish tartiblari,
yuridik majburiyatlarni ro‗yxatga olishning umumiy
qoidalari,
byudjetdan mablag‗ oluvchilarning byudjetdan tashqari
mablag‗lari hisobiga xarajatlarni amalga oshirish tartiblari va
boshqalar.
2007-yil 30-avgustda O‗zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirining 119-sonli buyrug‗i bilan ―Davlat byudjeti g‗azna
ijrosi bo‗yicha funksiyalarni chegaralash to‗g‗risida Nizom‖
tasdiqlandi. Ushbu Nizom O‗zbekiston Respublikasi respublika
byudjeti, Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti va mahalliy
byudjetlarning g‗azna ijrosini tashkil etish borasida O‗zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi Markaziy apparati tarkibiy
bo‗linmalari (G‗aznachilikdan tashqari) hamda hududiy moliya
organlari
zimmalaridagi
funksiyalar
bilan
O‗zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi G‗aznachiligi va uning hududiy
bo‗linmalari zimmalariga qo‗yilgan funksiyalarini chegaralab
berdi. Bu esa byudjet siyosatini amalga oshirishga mutasaddi
bo‗lgan bir nechta davlat moliyasini boshqarish organlarining
faoliyati bir-birini takrorlamasligini ta‘minladi.
Ma‘lumki, byudjet tizimidagi islohotlar doirasida ishlab
chiqilgan va 2014-yildan boshlab amalga kiritilgan Byudjet
kodeksi davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini
yanada mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini
303
belgilab
olish,
byudjet
mablag‗laridan
foydalanish
samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etish
sifatini oshirishga qaratilgan. Ushbu Kodeksning g‗aznachilik
faoliyati bilan bog‗liq alohida qismi davlat byudjeti g‗azna
ijrosini tashkil etish, yuridik va moliyaviy majburiyatlarni
ro‗yxatga olish, byudjetdan mablag‗ oluvchilar xarajatlari
to‗lovini amalga oshirish, davlat xaridlarini tashkil qilish,
G‗aznachilikning yagona g‗azna hisobraqamini yuritish kabi
masalalarni tartibga solishga qaratilgan.
Keyingi yillarda davlat byudjetining g‗azna ijrosini tashkil
qilish va G‗aznachilik faoliyatining samaradorligini oshirish
borasida ham qator o‗zgarishlar amalga oshirildi, keng
imkoniyatlar hayotga tatbiq etilmoqda. Bunday o‗zgarishlar
o‗zining mustahkam huquqiy ta‘minotiga ega bo‗lib bormoqda.
Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2016-yil
22-noyabrdagi 88-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan va Adliya
vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda 2850-son bilan
ro‗yxatdan o‗tkazilgan ―O‗zbekiston Respublikasi byudjet tizimi
byudjetlarining g‗azna ijrosi Qoidalari‖
150
Yagona g‗azna
hisobvarag‗ini qo‗llash orqali O‗zbekiston Respublikasining
byudjet tizimi byudjetlari va boshqa maqsadli jamg‗armalar
byudjetlarining maxfiy xususiyatga ega bo‗lmagan daromad va
xarajatlarining g‗azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab
berdi. Ushbu Qoidalar 2009-yilda qabul qilingan 2007-sonli
―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi Qoidalari‖ning takomillashuvi
asosida qabul qilindi. 2850-sonli Qoidalarga ham o‗zgartirishlar
kiritilishi
151
natijasida byudjet tashkilotlari va byudjetdan
mablag‗ oluvchilar tomonidan hujjatlarni qog‗oz shaklida
tasdiqlangan holda g‗aznachilik bo‗linmalariga olib kelish va
150
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-
son
151
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 159-sonli
―O‗zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g‗azna ijrosi qoidalariga
o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish haqida‖gi buyrug‗i. Adliya vazirligida 2017-yil 29-
dekabrda 2850-1-son bilan ro‗yxatdan o‗tkazilgan.
304
ushbu hujjatlarning ro‗yxatdan o‗tkazilishini uch ish kuni
kutish amaliyotiga chek qo‗yildi. Byudjet tizimi byudjetlarining
g‗azna ijrosiga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy
qilinishi orqali 2018-yil 1-yanvardan boshlab byudjet
tashkilotlarining barcha hujjatlarining elektron shaklda
yuborilishiga va bir ish kuni davomida ro‗yxatdan o‗tkazilishiga
erishildi. Yangi tizim ishga tushirilishi bilan byudjet
tashkilotlari tomonidan ortiqcha qog‗oz va vaqt sarfi hamda
mavjud turli ovoragarchilik holatlari barham topdi.
G‗aznachilik faoliyat ko‗rsatishi uchun uning quyidagi
tashkiliy elementlari mavjud bo‗lishi va o‗zaro bog‗liqlikda amal
qilishi zarur. Ular:
1.
G‗aznachilikning yagona hisobraqami;
2.
G‗aznachilikning bosh kitobi;
3.
G‗aznachilik organlari;
4.
G‗aznachilikning axborot tizimi;
Do'stlaringiz bilan baham: |