O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

Davlat byudjeti g‗azna ijrosi 
deganda davlat byudjeti, davlat maqsadli 
jamg‗armalari va boshqa byudjetdan tashqari fondlarning mablag‗lari 
to‘planadigan va ushbu mablag‗lar doirasida aniq belgilangan yo‘nalishlar 
bo‘yicha xarajatlar amalga oshiriladigan yagona g‗azna hisobraqami orqali 
davlat byudjetining ijro etilishi hamda shu orqali davlat moliyasini maqsadli va 
samarali boshqarishni tashkil etish jarayoni tushuniladi 


294 
Qonun bilan davlat byudjeti g‗azna ijrosining asosiy 
tamoyillari sifatida kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya 
hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligi belgilab 
qo‗yildi.
Davlat byudjetining g‗azna ijrosi qonun hujjatlarida 
belgilab qo‗yiladigan maxsus vakolatli moliya organi, ya‘ni 
Moliya vazirligi Gaznachiligi hamda uning Qorag‗alpog‗iston 
Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy 
bo‗linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat moliyasini 
boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli 
organlar bilan bir qatorda G‗aznachilik ham alohida muhim 
o‗rin 
egallaydi. 
G‗aznachilik 
– 
byudjetdan 
mablag‗ 
oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul qiladi, byudjet 
tashkilotlariga yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va 
ko‗rsatilgan xizmatlar uchun ularning nomidan va ularning 
topshirig‗iga binoan vakolatni o‗z zimmasiga oladi, byudjet 
mablag‗larining maqsadli ishlatilishini ta‘minlash va nazorat 
qilish asosida byudjet tashkilotlarining mol yetkazib 
beruvchilarga to‗lovlarini amalga oshiradi.
Davlat byudjetining g‗azna ijrosini tatbiq etish ishlari bir 
necha bosqichlarda amalga oshirildi, ularni xronologik jihatdan 
quyidagicha tavsiflash mumkin (13.1-jadval): 

 
2002-yilda
hukumat qarori bilan ―Davlat moliyasini 
boshqarishni isloh qilish loyihasi‖
1
ma‘qullandi hamda uni 
tayyorlash va amalga oshirish bo‗yicha mas‘uliyat Moliya 
vazirligiga yuklatildi. Mazkur loyihaning maqsadi ―davlat 
moliyasini 
boshqarishni 
takomillashtirish, 
zamonaviy 

1
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Davlat moliyasini boshqarishni 


isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 
144-sonli (26.04.2002) qarori. 


295 
kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda 
byudjet mablag‗larining samarali sarflanishini ta‘minlash, 
byudjet ijrosining yangi tizimini yaratishdan iborat‖
1
bo‗ldi.
 

 
2004-yilda
O‗zbekiston 
Respublikasining 
―Davlat 
byudjetining g‗azna ijrosi to‗g‗risida‖gi qonunini qabul qilindi. 
Bu qonun byudjet xarajatlarini boshqarish va nazorat qilish 
jarayonlariga keskin o‗zgartirishlar kiritdi. Ushbu Qonunning 
maqsadi O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjetining (shu 
jumladan, davlat maqsadli jamg‗armalarining) va byudjet 
tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‗larining g‗azna 
ijrosi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat 
bo‗ldi. Ushbu qonunning qabul qilinishi bilan byudjetdan 
mablag‗ oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) 
yetkazib beruvchilar o‗rtasida tuzilgan shartnomalarni 
G‗aznachilikda 
ro‗yxatdan 
o‗tkazish 
hamda 
ularning 
xarajatlarini to‗lashga yo‗naltirilgan byudjet mablag‗larining 
harakatini nazorat qilish uchun huquqiy va tashkiliy shart-
sharoit yaratildi. 

 
2005-yilda
Moliya vazirligi tarkibida Davlat byudjetining 
g‗azna ijrosini joriy qilish va uslubiyoti boshqarmasi tashkil 
etildi. Davlat byudjetining g‗azna ijrosini joriy etish: 
g‗aznachilik faoliyatining uslubiy asoslarini shakllantirish, 
hisob va hisobot tizimini qayta tuzish, yagona g‗azna 
hisobvarag‗ini ochish va shu kabi masalalar Uslubiyot 
boshqarmasi faoliyatining diqqat markazida bo‗ldi va 
byudjetning g‗azna ijrosi metodologiyasini yaratishga qaratildi.
 

1
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Davlat moliyasini boshqarishni 


isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 
144-sonli (26.04.2002) qarori, 3-band. 


1
3
.1
-j
a
dv
a


Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish