317
Byudjet kodeksida: ―
yuridik majburiyatlar
– byudjet
tashkilotlarida va byudjetdan mablag‗ oluvchilarda tuzilgan
shartnomalar, shuningdek, tegishli davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining qarorlari asosida yuzaga keladigan
majburiyatlar‖
155
deb belgilab qo‗yilgan.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‗lari oluvchilar
tomonidan yuridik majburiyatlarni qabul qilish, ularni
G‗aznachilikda ro‗yxatdan o‗tkazish hamda hisobga olish
ishlari O‗zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi bilan,
shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
2850-
raqam bilan
ro‗yxatdan o‗tkazilgan ―O‗zbekiston Respublikasi
byudjet tizimi byudjetlarining g‗azna ijrosi Qoidalari‖
156
(22.12.2016) bilan tartibga solinadi va amalga oshiriladi.
Yuridik majburiyatlar byudjet tasnifining turi bo‗lgan
iqtisodiy tasnif kodlari bo‗yicha byudjetdan ajratiladigan
mablag‗lar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjetdan
mablag‗
oluvchilar
tomonidan
qabul
qilinadi
hamda
G‗aznachilik bo‗linmalari tomonidan ro‗yxatdan o‗tkaziladi.
Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilarning
byudjetdan ajratiladigan mablag‗lar bo‗yicha tovarlar (ishlar,
xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari,
shuningdek, ularga kiritilgan o‗zgartirish va qo‗shimchalar,
ular G‗aznachilik bo‗linmalarida ro‗yxatdan o‗tkazilganidan
keyin kuchga kiradi.
Yuridik majburiyatni G‗aznachilik va uning hududiy
bo‗linmalarida majburiy tarzda ro‗yxatdan o‗tkazilishi yoki
hisobga olinishidan maqsad – shartnomalarning to‗g‗ri
tuzilganligi,
ularning
tasdiqlangan
smetalar
doirasida
tuzilganligi, narxlar to‗g‗ri belgilanganligini nazorat qilishdan
iborat. Bu faoliyatning to‗g‗ri amalga oshirilishi G‗aznachilik
faoliyatining
samaradorligini
ko‗rsatadi,
byudjet
mablag‗larining maqsadli sarflanishini ta‘minlaydi, byudjetdan
155
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 3-modda
156
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-
son
318
mablag‗ oluvchilar va ularga mol yetkazib beruvchilarning
shartnomaviy-huquqiy
munosabatlarining
to‗g‗ri
yo‗lga
qo‗yilishini talab etadi.
Vazirliklar, davlat qo‗mitalari va idoralari o‗zlari uchun
belgilangan byudjetdan tashqari jamg‗armalari mablag‗lari
hisobidan ham tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan
shartnomalar tuzadilar. Byudjet kodeksida belgilanishicha,
byudjetdan tashqari jamg‗armalar mablag‗lari hisobidan ijro
etilishi lozim bo‗lgan yuridik majburiyatlar g‗aznachilik
bo‗linmalari tomonidan vazirlik va idoralarning daromadlar va
xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‗lar doirasida
hisobga olish uchun qabul qilinadi.
―O‗zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining
g‗azna ijrosi Qoidalari‖da byudjet tizimining tegishli bo‗g‗inidan
(respublika byudjeti, viloyat, tuman va shahar byudjetlaridan)
mablag‗ oluvchilarning byudjet hisobidan mahsulot yetkazib
beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek, kapital
qurilish buyurtmachilarining shartnomalari G‗aznachilik
bo‗linmalarida ro‗yxatdan o‗tkazilishi yoki hisobga olinishi
shart, deb belgilab qo‗yilgan.
Byudjet tashkilotlari smeta-
larining I va II guruh xarajatlari
bo‗yicha
yuridik
majburiyatlar
g‗aznachilik bo‗linmalari tomoni-
dan shartnomalar asosida hamda I
va II guruh xarajatlari bo‗yicha yuridik va moliyaviy
majburiyatlarni ro‗yxatdan o‗tkazishga (hisobga olishga)
buyurtmalar asosida ro‗yxatdan o‗tkaziladi yoki hisobga
olinadi. Bunda ―UzASBO‖ DMga ulangan buyurtmachilar
buyurtmani ―UzASBO‖ DMda shakllantiradi va elektron
raqamli
imzo
bilan
tasdiqlagan
holda
g‗aznachilik
bo‗linmalariga elektron hujjat shaklida yuboradi, ular qog‗oz
shaklida rasmiylashtirilmaydi, ularning elektron shaklda
rasmiylashtirilishi va ulardagi ma‘lumotlarning to‗g‗riligi uchun
buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: