O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

 
 
13.2-rasm.
 O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
G„aznachiligining tashkiliy tuzilishi
 152
 
G‗aznachilikning 
yagona 
hisobraqami 
O‗zbekiston 
Respublikasining Markaziy Bankida ochiladi. O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy Bankining hududiy boshqarmalarida 
g‗aznachilikning yagona hisobraqami subschyotlari ochiladi. 
Respublika mintaqalarida davlat xarajatlarini o‗z vaqtida 
moliyalashtirishni ta‘minlash maqsadida G‗aznachilikning 
topshirig‗i bilan Markaziy Bank tomonidan butun ish kuni 
mobaynida subschyotlarga va subschyotlardan pul mablag‗-
larini o‗tkazish tashkil etiladi. Mablag‗ o‗tkazish va davlatning 
pul mablag‗larini xarajat qilish uchun faqat Moliya Vazirligi 
ruxsati bilan bank schyotlarini ochish mumkin. Bu huquq 
G‗aznachilik boshligiga Moliya Vazirining buyrug‗i bilan 
yuklatilgan. 
 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
Markaziy 
Banki 
va 
G‗aznachilik o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarga taalluqli 
masalalar ular o‗rtasida tuzilgan shartnoma asosida tartibga 

152
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-sonli 


qarori bilan tasdiqlangan O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‗aznachiligi 
to‗g‗risidagi Nizom asosida tuzildi. 
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi G‗aznachiligi
G‗aznachilik markaziy apparati 
Viloyatlar bo‗yicha 
G‗aznachilik 
Boshqarmalari
Toshkent shahri 
bo‗yicha G‗aznachilik 
Boshqarmasi 
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi MV 
G‗aznachiligi 
Tumanlar va shaharlar bo‗yicha G‗aznachilik b o‗limlari 


310 
solinadi. G‗aznachilik yilda kamida bir marta ushbu 
shartnomalarning tahlilini o‗tkazishi shart, agar G‗aznachilik 
fikri bo‗yicha shartnomalarni ko‗rib chiqish talab etilsa, ikkala 
tomon talablarini qondirish maqsadida shartnomalarni qayta 
tuzish tadbirlari ko‗riladi.
 
Davlat byudjetining kassaviy ijrosini amalga oshirish 
jarayonida G‗aznachilik tijorat banklari bilan ham shartnoma 
tuzadi. Bu banklarning ro‗yxati O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy Banki tavsiyasidan keyin aniqlanadi. O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy Banki va tijorat banklari G‗aznachilik 
talabi bilan quyidagi ma‘lumotlarni berishga majbur: 
 

byudjet tashkilotlarining bankda ochilgan shaxsiy 
hisobraqamlari, unda mablag‗lar aylanishi va qoldig‗i to‗g‗risida 
ma‘lumot; 

G‗aznachilik so‗ragan aniq byudjet tashkilotining yoki 
uning tavsiyasi bilan ochilgan bank hisobraqamidagi 
mablag‗lari to‗g‗risida ma‘lumot. 
Davlat byudjetining ijrosi to‗g‗risidagi hisobot G‗aznachilik 
tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim 
etiladi. Davlat byudjeti g‗azna ijrosining buxgalteriya hisobi 
G‗aznachilik tomonidan, shuningdek, davlat soliq va bojxona 
xizmati organlari, byudjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli 
jamg‗armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan davlat 
byudjetining g‗azna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona 
hisoblar rejasi va byudjet tasnifi asosida tashkil etiladi hamda 
amalga oshiriladi. Davlat byudjeti g‗azna ijrosining buxgalteriya 
hisobi yagona hisoblar rejasi O‗zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
G‗aznachilik yuridik va jismoniy shaxslarga ular 
tomonidan ortiqcha to‗langan soliqlar, yig‗imlar va boshqa 
majburiy to‗lovlar summalari, qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda yagona g‗azna hisobraqamidan yoki G‗aznachilikning 
boshqa bank hisobraqamlaridan qaytarilishini amalga oshiradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga, shuningdek, 
turli darajadagi davlat boshqaruvi o‗rtasida tushumlar 


311 
taqsimotini tartibga soladigan boshqa qonunlarga muvofiq 
G‗aznachilik tushumlarni turli darajadagi byudjetlar o‗rtasida 
taqsimlash 
uchun 
javobgar 
hisoblanadi. 
G‗aznachilik 
belgilangan 
byudjet 
tasnifiga 
muvofiq 
barcha 
davlat 
tushumlarini ularning aniq ro‗yxati bo‗yicha yagona g‗azna 
hisobraqamida yuritilishini ta‘minlaydi, qonun asosida 
g‗aznachilikning yagona hisobraqamidan barcha to‗lovlarni 
amalga oshirishga G‗aznachilik javobgar hisoblanadi.
 
Davlat moliyasini isloh qilish, davlat byudjetining g‗azna 
ijrosini joriy etish, byudjet mablag‗larini boshqarish va ularning 
shakllanishi va ishlatilishini nazorat qilish jarayonlarini 
samarali tashkil qilish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining ―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi tizimini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-594-son 
(28.02.2007) Qarori
153
bilan O‗zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi G‗aznachiligi va uning hududiy bo‗linmalari tashkil 
etildi. Ushbu qaror bilan Moliya vazirligi G‗aznachiligining 
quyidagi asosiy vazifalari belgilab berildi: 

davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan 
daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‗rtasida taqsimlash, 
byudjet 
tashkilotlarining 
va 
byudjet 
mablag‗larini 
oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti 
ijrosi to‗g‗risida hisobot tuzish; 

tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‗rtasidagi 
kassa uzilishlarining oldini olishni ta‘minlaydigan yagona 
g‗azna hisobraqamida bo‗lgan davlat byudjeti mablag‗larini 
boshqarish;

byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‗larini oluvchilar-
ning davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalari 
byudjetlarining mablag‗lari hisobidan tovar(ish, xizmat)lar 
yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari ulaarning xarajatlar 
smetasida ko‗rsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq 

153
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son 




312 
ravishda tuzilishi ustidan nazorat o‗rnatish asosida mazkur 
shartnomalarni majburiy ro‗yxatdan o‗tkazish;

byudjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va 
xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo‗naltiriladigan byudjet 
mablag‗laridan 
foydalanishni 
maqbullashtirish 
ustidan 
monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan 
tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta‘minlanishini, ularning 
maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish 
hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish; 

G‗aznachilikning byudjet mablag‗lari hisobiga to‗lash 
uchun qabul qilingan, Davlat xaridlari yagona axborot 
portalida ro‗yxatdan o‗tkazilgan shartnomalar bo‗yicha axborot 
bazasini tashkil etish va muntazam yangilab borish;

byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilarning 
shartnomalar tuzishi doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
uchun 
shakllanayotgan 
narxlar 
monitoringi 
bo‗yicha 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha 
boshqaruvi milliy agentligi bilan hamkorlik qilish;

xarajatlar smetasi va ro‗yxatga olingan shartnomalarda 
nazarda tutilgan summalar doirasida tovar(ish, xizmat)lar 
yetkazib beruvchilarning bevosita hisobraqamlariga byudjet 
tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilarning nomidan va 
ularning topshirig‗i bo‗yicha to‗lovlarni amalga oshirish orqali 
to‗lov intizomiga rioya etilishini ta‘minlash;

davlat byudjeti g‗azna ijrosining buxgalterlik hisobi va 
hisobotini yuritish, davlat byudjeti ijrosi haqida axborot yig‗ish, 
qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, O‗zbekiston 
Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat 
ko‗rsatish, O‗zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish; 

O‗zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, 
shu jumladan, nomoddiy shakldagi muruvvat yordami va 
texnikaviy ko‗maklashish vositalarining to‗liq hamda tizimli 
hisob-kitobini yuritish; 


313 

davlat 
xaridlari 
va 
mahalliy 
kichik 
tadbirkorlik 
subyektlariga ajratilayotgan kvotalarning bajarilishi jarayoni 
ustidan monitoring olib borish;

xo‗jalik subyektlarini nohalol yetkazib beruvchilar 
reyestriga kiritishga doir takliflar ishlab chiqish. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish