O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

texnik va texnologik jihatdan – 
davlat moliyasining holati 
bo‗yicha katta hajmdagi axborotni to‗plash va qayta ishlashga 
imkon beradigan samarali faoliyat qiluvchi integratsiyalashgan 
avtomatlashtirilgan tizimni yaratish va joriy qilish; 
kadrlar ta‘minoti jihatidan
– Moliya vazirligi tizimidagi 
moliya 
organlarining 
hamda 
byudjet 
tashkilotlarining 
xodimlarini va buxgalterlarini g‗aznachilik sharoitlarida ishlash 
bo‗yicha qayta o‗qitish va malakasini oshirish. 
Mamlakatimizda davlat byudjetining g‗azna ijrosiga 
o‗tishgacha bo‗lgan davrda O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki va uning topshirig‗iga muvofiq bir qancha tijorat banklari 
davlat byudjetining kassaviy ijrosini
amalga oshirib keldilar. 
2000-yil 14-dekabrda qabul qilinib, 2014-yil 1-yanvarda 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
Byudjet 
kodeksi 
amalga 
kiritilgunga qadar byudjet amaliyotining huquqiy asosini 
tashkil qilib kelgan O‗zbekiston Respublikasi ―Byudjet tizimi 
to‗g‗risida‖gi Qonunining 37-moddasida ―Davlat byudjetining 
kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek, uning davlat 
daromadlari va xarajatlarini hisobga olish O‗zbekiston 


292 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‗zbekiston Respub-
likasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Davlat 
byudjetining kassa ijrosi operatsiyalarini banklar Markaziy 
bankning topshirig‗iga binoan bajaradi‖, - deb belgilab qo‗yilgan 
edi. Bunda byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ 
oluvchilarning xarajatlari ularga xizmat ko‗rsatuvchi banklarda 
ular uchun ochilgan bank hisobvaraqlariga tegishli moliya 
organlarining ruxsati bilan tegishli byudjetdan o‗tkazib berilgan 
byudjet mablag‗lari doirasida tashkilotlar tomonidan taqdim 
etiladigan to‗lov topshiriqnomalari bo‗yicha amalga oshirib 
kelindi.
Byudjet ijrosining bunday tartibida byudjetdan mablag‗ 
oluvchilarga o‗tkazib berilgan byudjet mablag‗larining keyingi 
taqdiri butunlay foydalanuvchilarning ixtiyoriga bog‗liq bo‗lib 
qoldi. Ajratilgan mablag‗lardan qay darajada samarali va oqilona 
foydalanilganligini esa faqatgina buxgalteriya hisobotlari orqali 
so‗nggi nazorat usullaridan foydalangan holda tekshirish mumkin 
edi. 
Bu amaliyot bir necha o‗n yillar mobaynida byudjet 
ijrosida ma‘lum darajadagi samara bilan qo‗llanildi. Lekin 
keyingi yillarda davlat byudjetining kassaviy ijrosi davlat 
mablag‗larini boshqarish, byudjet ijrosini tashkil qilish va 
nazoratini olib borish, mablag‗larning samarali ishlatilishini 
ta‘minlash masalalarida bir qator muammolarni keltirib 
chiqardi. Bu muammolar byudjet daromadlari va xarajatlari 
to‗g‗risidagi axborotlarning yetarli darajada operativ (tezkor) 
emasligi, soliqli daromadlarning byudjet tizimi bo‗g‗inlari 
o‗rtasida taqsimlanish jarayonlarini samarali tartibga solish va 
daromadlar tushumini jadallashtirishning zarurligi, byudjet 
ajratmalarining 
hajmlari 
bilan 
so‗nggi 
iste‘molchilarga 
haqiqatda to‗langan to‗lovlar ko‗rsatkichlarining tarqoqligi 
tufayli mablag‗larning tushumi va sarflanishi ustidan yagona 
nazorat olib borishning murakkabligi, byudjet tashkilotlarining 
hisobraqamlarida ishlatilmayotgan byudjet mablag‗larining 
turib qolishi, byudjet mablag‗larining ajratilishi bilan ularning 


293 
so‗nggi iste‘molchilarga yetib borishigacha bo‗lgan vaqtning 
uzoqligi, davlat mablag‗lari harakatining murakkablashuvi va 
hajmlarining ortib borishi bilan ulardan oqilona foydalanish 
ustidan dastlabki nazoratning va joriy monitoringning zarurligi 
va boshqa omillar bilan bog‗liq edi.
Sanab o‗tilgan muammolar kecha yoki bugun yuzaga 
chiqmadi, ular yillar davomida yig‗ilib, tezkor sur‘atlar bilan 
rivojlanib borayotgan jamiyat taraqqiyotiga halaqit bera 
boshladi. Byudjet ijrosi ustidan nazoratning sustligi, 
mablag‗larni operativ boshqarish imkoniyatining kamayib 
borayotganligi, byudjet ijrosi to‗g‗risidagi tezkor va aniq 
ma‘lumotlarni olish, jamlash, qayta ishlash va byudjet 
masalalari bo‗yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul 
qilishdagi qiyinchiliklar davlat moliyasini boshqarish tizimida 
islohotlar qilishni, byudjet mablag‗larini boshqarishning 
samarali usul va vositalarini izlab topib, tatbiq etishni talab 
etdi va davlat byudjetining kassaviy ijrosidan g‗azna ijrosiga 
o‗tishning zarurligini belgilab berdi. 
Davlat byudjetining g‗azna ijrosini joriy qilishning huquqiy 
asosini yaratish maqsadida 2004-yil 26-avgustda O‗zbekiston 
Respublikasining ―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi to‗g‗risida‖gi 
664-II-sonli 
qonuni 
qabul 
qilindi. 
Ushbu 
qonunda 
ko‗rsatilishicha, ―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi davlat 
byudjetining 
barcha 
daromadlarini 
yagona 
g‗azna 
hisobraqamiga kiritishdan, shuningdek, davlat byudjetining 
xarajatlarini 
shu 
hisobraqamdan 
to‗lashdan 
iborat‖. 
Keyinchalik ushbu ta‘rif gazna ijrosi bilan qamrab olingan 
jarayonlarning kengayishi bilan aniqlashtirildi va boyitildi.

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish