Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Ongsizlik. 
Ong insonning ichki dunyosi sifatida oʻz strukturasiga ega. 
Uni oʻrganishdan oldin quyidagi holatga e‘tiborni qaratish lozim. Ba‘zan 
«ong» tushunchasi «inson ruhiyati» tushunchasi bilan ayniylashtiriladi. Bu 
notoʻgʻri. 
Ruhiyat – ongga qaraganda murakkabroq tuzilma boʻlib, u aks 
ettirishning ikki sohasi – ong va ongsizlikni oʻz ichiga oladi.
Olimlar insonda onglilik va ongsizlikning oʻzaro nisbati toʻgʻrisida soʻz 
yuritar ekanlar, ba‘zan ularni okeandagi muztoqqa oʻxshatadilar. Bu 
muztogʻning suv ustidagi koʻzga koʻrinadigan qismi ongga qiyoslanadi, suv 
ostidagi koʻrinmaydigan qismi esa ongsizlikka oʻxshatiladiki, uning miqyosi, 
shakli, tuzilishi va mazmuni haqida biz bilvosita belgilarga koʻra faqat 
taxmin qilishimiz mumkin.
 Ongsizlik sohasi – bu aqldan tashqa‘ridagi ruhiy 
hodisalar, holatlar va harakatlar majmui
, deb hisoblash odat tusini olgan. Bu 
sohaga, eng avvalo, 
instinktlar
– inson xulq-atvorining uzoq tadrijiy 
rivojlanish jarayonida hosil boʻladigan va har bir mavjudotning hayot 
funksiyalarini, umuman uning mavjudligini ta‘minlashga qaratilgan tugʻma 
harakatlari majmui kiritiladi. Ongsizlikni (ong osti) tushunish yanada koʻproq 
qiyinchilik tugʻdiradi. Uning mavjudligi avstriyalik mashhur psixiatr Z.Freyd 
(1856–1939) tomonidan XX asr boshida aniqlagan.
Har xil tushlar, gallyusinatsiyalar, hayoldan ketmaydigan gʻoyalar, 
intuitsiya va shu kabilar ongsizlikning namoyon boʻlish shakllariga misol 
boʻlishi mumkin.
Ular odamlar ruhiyati va xulq-atvoriga kuchli ta‘sir 
koʻrsatadi, lekin ayni vaqtda bu jarayonlarni boshqarish nuqtayi nazaridan 
ularga boʻysunmaydi. Shu sababli 
ongsizlik ongning muayyan lahzada ong 
bilan boshqarishga qodir boʻlmagan parchasi, deyish mumkin
1

1
Qarang:
Шрейдер Ю.А. Загадочная притягательность философии (субъективнқе заметки) // Вопросы философии. 1996. 
№7. – С.168. 


295 
Ongsizlik strukturasiga ong sohasida vujudga kelishi va vaqt oʻtishi 
bilan ongsizlik sohasiga kirishi mumkin boʻlgan intuitsiya va avtomatizmlar 
ham kiradi. 
Intuitsiya
– bu olish yoʻllari va shartlarini anglamasdan, bevosita 
hissiy kuzatish yoki mushohada yuritish yoʻli bilan olinadigan bilim. 
Avtomatizmlar
– bu avval ong na‘zorati ostida paydo boʻlib, uzoq mashq 
qilish va koʻp karra takrorlash natijasida ongsiz harakatlar xususiyatini kasb 
etuvchi insonning murakkab harakatlari. Tush, gipnoz holati, somnambulizm 
hodisalari, hushsizlik holatlari ham ongsiz harakatlar hisoblanadi.
Ruhiy faoliyatga ongsiz harakatlarning qoʻsxilishi natijasida ongga 
tushuvchi yuk kamayadi, bu esa, oʻz navbatida, insonning ijodiy 
imkoniyatlari maydonini kengaytiradi. Hozirgi zamon fani 
ong osti sohasi 
tushunchasi bilan ham ish koʻradi. Bu ongsizlik sohasining alohida qatlami 
yoki darajasidir. Unga faoliyat amallarining ong darajasidan avtomatizm 
darajasiga oʻtishi bilan bogʻliq ruhiy hodisalar kiritiladi.
Ongsizlik va ong inson yagona ruhiy borligʻining nisbatan mustaqil 
boʻlgan ikki tomoni hisoblanadi; ularning oʻrtasida tez-tez ziddiyatlar, ba‘zan 
konfliktlar yuzaga keladi, lekin ular bir-biri bilan bogʻlangan, bir-biri bilan 
oʻzaro aloqa qiladi va uygʻun birlikka erishishga qodir. Ongsizlik sohasida 
inson 
hayot 
faoliyatini, 
ayniqsa, 
subyektning 
ijodiy 
faoliyatini 
oqilonalashtirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu hol irratsionalistik 
falsafiy ta‘limotlarning shakllanishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Ularda 
ongsizlikning turli shakllari: instinktlar, intuitsiya va shu kabilar inson xulq-
atvorining 
salmoqli 
yoki 
hatto 
hal 
qiluvchi 
kuchi 
hisoblanadi. 
Irratsionalizmning taniqli namoyandalari orasida 
Artur SHopengauer
(Germaniya), 
Syoren Kerkegor 
(Daniya), 
Fridrix Nitsshe
(Germaniya), 
Eduard Gartman
(Germaniya), 
Anri Bergson
(Fransiya), 
Zigmund Freyd
(Avstriya), 
Martin Xaydegger
(Germaniya) kabilar ongsizlik muammosini 
tahlil qilganlar.Xususan, Zigmund Freyd yaratgan inson xulq-atvori 
modelining zamirida inson ruhiyatida jinsiy mayllarning hukmronligi 
haqidagi tasavvur yotadi. Mazkur mayllar ong bilan toʻqnashadi va natijada 
uni oʻziga boʻysundiradi. Ammo falsafiy maktablarning aksariyati oʻzgacha 
nuqtayi nazarni ilgari suradi. Ular inson ruhiyatida etakchi asos ong boʻlib, u 
ongsizlik sohasini «oziqlantirish» va uni koʻp jihatdan shakllantirish orqali 
umuman olganda uni boshqarishga, shuningdek inson xulq-atvorining 
umumiy strategiyasini belgilashga qodir, deb hisoblaydi.
Inson miyasining obyektiv borliqni ideal obrazlarda aks ettirish va bu 
obrazlardan fikrlash jarayonida foydalanish qobiliyati. 
Uni bevosita kuzatish 
mumkin emas. Ong faqat inson miyasi ishining natijasi, uning xossasi 
sifatida, shuningdek ong namoyon boʻlishining fikrlar, gʻoyalar, e‘tiqodlar, 
qadriyatlar, moʻljallar va shu kabilar tarzida ifodalangan turli shakllari orqali 
tadqiq etilishi mumkin.


296 
Individual ong borligʻini odatdagi makon va vaqt koordinatalarida 
tavsiflash mumkin emas. U nafaqat doim «shu erda va hozir» mavjud boʻladi, 
balki goʻyoki makondan tashqa‘rida yotadi, chunki biron-bir hajm yoki 
miqdoriy oʻlchanadigan chiziqli koʻrsatkichlar bilan ifodalanishi mumkin 
emas. Vaqtda u (dalil sifatida, hodisa sifatida), har qanday narsaning borligʻi 
kabi, faqat hozirgi zamonda mavjud boʻladi, zero u oʻtmishda yoʻq boʻlgan, 
kelajakda esa hali mavjud emas. Biroq, moddiy narsalar borligʻidan farqli 
oʻlaroq, ong bir qancha oʻziga xos xususiyatlar, chunonchi: vaqt shkalasi 
boʻylab oʻtmishga ham, kelajakka ham bir lahzada koʻchish, ilgari mavjud 
boʻlgan narsalar, yuz bergan voqealarni hayolda aks ettirish, paydo boʻlishi, 
yuz berishi mumkin boʻlgan narsalar va voqealarni tasavvurda gavdalantirish 
qobiliyatiga egadir. Ammo oʻtmish yoki kelajakning ideal obrazlari 
hisoblangan ongni uning haqiqiy borligʻida oʻz ekranida tasvirlarni 
almashtiruvchi aylanuvchan kaleydoskop bilangina taqqoslash mumkin.
Shaxs – insonning uni qurshagan boshqa odamlar tomonidan qanday 
idrok etilishi, tavsiflanishi va baholanishini aks ettiruvchi ijtimoiy hodisa

Shaxs faqat jamiyatda, oʻziga oʻxshash odamlar bilan muloqot qilish, oʻtgan 
avlodlar toʻplagan tajriba va bilimlarni, oʻziga qadar yaratilgan qadriyatlar va 
xulq-atvor qoidalarini oʻzlashtirish orqali shakllanishi mumkin. Shuning 
uchun ham shaxs boʻlish – ijtimoiy «qiyofa»ga ega boʻlish demakdir. 
Bularning barchasi ijtimoiy borliqning turli holatlari va jarayonlarini 
tavsiflaydi. Ularni toʻla yoritish ijtimoiy falsafa muammolarining butun 
majmuini tahlil qilishni taqozo etadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish