Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Inson borligʻida ongning tabiati. 
Ong inson borligʻining eng muhim 
xossasi. 
Ong muammosini echishga nisbatan yangicha yondashuvlar hozirgi 
zamon falsafasining irratsionalistik oqimlariga (lot. Irra Ongning tabiati.) 
mansub. Ong muammosi oʻta murakkab muammolardan biri boʻlib, falsafada 
doim qizgʻin bahs va munozaralarga sabab boʻlib kelgan. Bu bahs va 
munozaralar hozir ham tugagani yoʻq.
Ongning tabiati shunday: u hissiy idrok etiladigan obyektiv borliqni 
tushunish va aks ettirish uchun biz yuqorida foydalangan aksariyat 
koʻrsatkichlar va tavsiflarga mos kelmaydi. Ongni oʻlchash, biron-bir tarzda 
miqdoriy ifodalash, sezish yoki kuzatish mumkin emas, zero uning massasi 
ham, energiyasi ham yoʻq, shuningdek u moddiy obyektlar kabi muayyan 
shakl-shamoyilga ham ega emas.
Ong shak-shubhasiz mavjud, ammo u mavhum boʻlib, balki bilvosita – 
odamlar tili va muayyan faoliyati orqali namoyon boʻladi.
Binobarin, inson 
borligʻining bu elementlarini tahlil qilmasdan ongning mohiyatini aniqlash 
mumkin emas. Mazkur tahlil ongning biologik jihatini ham oʻz ichiga oladi, 
zero uning mavjudligi inson bosh miyasi faoliyati bilan uzviy bogʻliq. Shu 
sababli ongning tabiati nafaqat falsafada, balki fiziologiya, psixologiya, 
sotsiologiya, kibernetika, informatika va boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlarda 
ham oʻrganiladi.


288 
Aynii vaqtda mazkur muammo oʻta murakkabligi tufayli uning falsafiy 
talqini ayrim fanlar uchun muhim metodologik rol oʻynaydi. Ularning 
natijalari esa, oʻz navbatida, ongning tabiati xususidagi falsafiy mulohazalar 
uchun asos boʻladi. Ongning tabiati masalasining qoʻyilishi va unga berilgan 
tegishli javob, odatda, barcha keyingi falsafiy, chunonchi: ontologik, 
gnoseologik, ijtimoiy va boshqa mavzulardagi mulohazalarning yoʻnalishini 
belgilaydi.
Atrof muhitda, oʻz ichki dunyosida yuz berayotgan oʻzgarishlarga 
odamlar qadim zamonlardayoq e‘tibor berganlar. Bu jon va ruh haqidagi 
mulohazalar paydo boʻlishiga olib kelgan. Shu tariqa bashariyat tarixida 
animizm – odamlar, hayvonlar hayoti, narsalar va hodisalarga jon va ruhlar 
ta‘sir koʻrsatishiga boʻlgan e‘tiqod paydo boʻldi, shu asnoda shakllangan 
dunyo haqidagi tasavvurlar keyinchalik u yoki bu tarzda turli dinlar negizini 
tashkil etdi. Jon haqidagi ilk falsafiy tasavvurlar odatda muayyan birinchi 
asoslar (havo, olov, atomlar harakati va sh.k.) bilan bogʻlangan va shaxssiz 
boʻlgan, ya‘ni inson tabiatining betakrorligi, uning individualligi bilan 
tenglashtirilmagan. 
Suqrotdan 
oldingi 
falsafa 
toʻlaligicha 
shunday 
xususiyatga ega boʻlib, bu erda ideallik tushunchasini deyarli uchratmaymiz. 
Masalan, olovni oqil va olijanob, suvni – tuban asos deb hisoblagan Geraklit 
jon (psixeya) olov yoki suvdan iborat boʻladi, degan gʻoya‘ni ilgari suradi. 
Olov koʻproq boʻlgan «quruq» jonni – eng oqil va maqbul deb hisoblaydi. 
Jon namlangach, oʻz kuchini yoʻqotadi, hoʻllangach esa – ha‘lok boʻladi. Shu 
sababli jon olovi kuchliroq yonishi uchun faol ma‘naviy va aqliy hayot 
kechirishga harakat qilish lozim. Oʻz navbatida ayrim kishilarning jonlari 
butun dunyoning birinchi sababi hisoblanadigan va uni boshqaradigan 
dunyoviy aql olovi – «logos» bilan bogʻliq.
Suqrot va Platon moddiy va ideal hodisalarni farqlagan. Shuningdek, 
Platon Evropa falsafiy anʻanasida ideal asosni qayd etibgina qolmasdan, balki 
undan moddiy asosni ham keltirib chiqargan birinchi faylasuf hisoblanadi. 
Ayrim inson ongi esa, Platon fikriga koʻra, uning joni bilan bevosita 
bogʻlanadi. Bu oʻlmas jon u yoki bu tanaga, tana tugʻilgunga qadar oʻz 
«zindoni»ga tushgandek kirib joylashadi va u oʻlganidan keyin esa boqiy 
gʻoyalar dunyosida mushohada yuritadi va shu tariqa ularni oʻrganib 
yashaydi. Platon ruhiy hodisalarni tuygʻular dunyosi (sezish va idrok etish) 
va intellektga ajratadi. Intellektda u aql va idrokni farqlaydi. Bunda sof 
gʻoyalar bilan ish koʻruvchi aql fikrlashning formal usullari bilan bogʻliq 
(masalan, matematikada) idrokka qaraganda yuksakroq hodisadir. Shuni 
alohida ta‘kidlash lozimki, keyinchalik falsafada ideal narsalar va hodisalarni 
tushunishga nisbatan koʻp sonli har xil yondashuvlar paydo boʻldi, ammo 
ularning barchasi ideallikni moddiylik va koʻlamlilikka qarshi qoʻyadi. 
Aristotelning «Jon haqida» risolasini qadimgi yunon faylasuflarining 
ong haqidagi falsafiy mulohazalarining muayyan yakuni deb hisoblash 


289 
mumkin. Bu erda jon tananing mohiyati, uning uyushtiruvchi tamoyili 
sanalsa-da, lekin aql ichki faolligining in‘ikosiga emas, balki kosmos 
hayotining umumiy qonunlariga boʻysunadi.
Oʻrta asrlar Evropa falsafasi «din choʻrisi»ga aylanib, ong haqidagi 
masalaga butunlay oʻzgacha nuqtayi nazar bilan yondashdi – uni abadiy 
mavjud boʻlgan dunyoni, shu jumladan inson va uning jonini yoʻqlikdan 
yaratgan Xudoning yagona dunyoviy asos sifatidagi talqini bilan bogʻladi. Bu 
ta‘limotga binoan inson aqli ilohiy aqlning bir zarrasi sifatida muayyan 
darajada oʻzini oʻzi bilish, oʻzini oʻzi tahlil qilish qobiliyatiga ega boʻlsa-da, 
ongning bu faoliyati Tangrini bilish va u bilan muloqot qilishga qaratilgandir. 
Ongning mazkur obyektiv-idealistik talqini bilan bir qatorda oʻrta asrlarda 
ongni «fikrlovchi materiya»dan keltirib chiqargan materialistik anʻanada ham 
uzilish yuz bergani yoʻq. Bunday qarashlarga Sharq falsafasi (Ibn Sino, Ibn 
Rushd) oʻz ta‘sirini koʻrsatgan evropalik ayrim faylasuflar Duns Skot, 
brabanlik Sigerning asarlarida duch kelish mumkin.
Seneka qalb, ruh etukligini, hurligini birinchi oʻringa qoʻyadi. 
―SHunday narsani izohlash kerakki, - deb yozadi u shogirdi Lutsiliyga, - hech 
nima unga hukmronlik qilolmasin, hech nima unga gʻov boʻlaolmasin. Bu 
nima deysanmi? U magʻrur, oliyjanob, yuksak ruhdir. Uni kishi vujudidan 
joy topgan xudodan boshqa narsa deyish mumkinmi? Vujud biqiqligidan 
kechib koʻkka intil va shoir aytganidek, oʻz ruhingni Xudoga monandligini 
namoyon et. Ruhning hurligi uchun tilla ham kerak emas, kumush ham, 
chunki haqiqiy xudo timsolini yasab boʻlmaydi. Esla,xudolar bizga xayrixoh 
boʻlganlarida ular loydan edilar... Komil ruhni qarzga ham, sotib ham olib 
boʻlmaydi‖1. 
Seneka nazarida ezgulik, poklik, adolat va etuklik izlagan kishi eng 
avvalo oʻz ruhini ilohiy talablarga monand qilishi darkor. Ilohiylik – bir 
timsol, simvol, unga etish kishi ixtiyoridadir. Kishi qaerda yashamasin, 
nimalarni izlamasin, kimlarga hamroh boʻlmasin oʻzining ruhini 
poklamaguncha, uni yuksaklikka yoʻnaltirmaguncha hayotdan zavq, orom, 
buyuklik topolmaydi. ―Yashash joyingni emas, ruhingni oʻzgartir, - deb 
yozadi Seneka, – qancha koʻp kezsang, shuncha ruhing iztirobga botadi. 
Kema uchun bab-baravar ortilgan yuk emas, balki notekis ortilgan yuk 
ha‘lokat keltiradi‖2. Ruh bezovta, xasta ekan kishini hech qanday 
olamgardlik, tomosha, huzur qutqara olmaydi. Qaerda va kim bilan emas, 
qanday qalb, ruh bilan yashashing muhim. ―ruhim hur boʻlsin desang, biror 
makongabutun dildan bogʻlanma. Men biror burchak uchun tugʻilmaganman, 
butun mening vatanim, degan e‘tiqod bilan yasha‖
3
. Bir qarashda faylasuf 
kosmopolitizm tarafdori boʻlib koʻrinadi, biroq barcha rimliklar kabi u ham 
1
Ўша ерда. – Б. 66. 
2
Ўша ерда. –Б. 79. 
3
Ўша ерда. –Б. 83. 


290 
oʻz vatanining fidoiysi edi. Bu oʻrinda Seneka vatansiz yashashni emas, balki 
ruhiy osudalikni targʻib etadi. 
Faylasuf kishidagi barcha illatlar uning qalbi, ruhidagi nopok tuygʻular 
tufaylidir deb biladi. Ba‘zi kishilar boshqalarni pok, sofdil, ezgu amalli, 
xushaxloq koʻrishni istaydi, hatto ulardan ilohiy sifatlarni talab etadi, Oʻzida 
yoʻq xislatlarni boshqalardan talab etish zoʻravonlik boʻlmasa-da, 
axloqsizlikdir. Oʻzi dardmand kishi oʻzganing dardiga darmon boʻlolmaydi; 
qalbi nopok kishining oʻzgalardan poklik talab etishi nokaslikdan boshqa 
narsa emas. Boshqani toʻgʻrilashdan oldin oʻzingni toʻgʻirla. ―Oʻz aybingni 
bilish, ruhni sogʻlom tutish tomon tashlangan birinchi qadamdir‖1. Kim oʻz 
qalbini sogʻlom koʻrishni ista‘masa, oʻzidagi illatlardan xolos boʻlmoqchi 
emas; kim nuqsonlarini eshitishdan qochsa, oʻz nuqsonlarini ezgulik deb 
biladi; kim poklanishni ixtiyor etmasa, unga hech kim dars berolmaydi. 
Ruhning poklanishi, sogʻlom boʻlishi uchun nima qilish kerak? Seneka, eng 
avvalo ―etuk donishmandlik ilmi‖ falsafa bilan shugʻullanish lozim, deb 
javob beradi. 
―Qadimdan bizgacha etib kelgan bir odat bor, - deb yozadi Seneka, – 
maktublar ―Agar sen sogʻ-sa‘lomat boʻlsang, men ham sogʻ-sa‘lomatdirman‖ 
deb boshlangan. Biz ham, ―Agar sen falsafa bilan shugʻullansang juda ham 
yaxshi‖, deyishimiz zarur. CHunki haqiqiy sogʻ-sa‘lomatlik falsafada, usiz 
ruh hamda tana, ularda qancha kuch va quvvat boʻlmasin, xastadir. Shuning 
uchun: eng avvalo haqiqiy sogʻ-sa‘lomatlik haqida qaygʻur, keyin esa 
qolganlar haqida‖2. Kishi bilaklarini toblash uchun qoʻllarini, elkalarini 
mashq qilib turadi. Ammo tana mashqlari chegaralangan, bel va bilak 
qanchalik baquvvat boʻlmasin, ular hoʻkizni yiqolmaydi; umuman odamning 
hayvonga monand kuch yigʻishi oriflik emas. 
Odamni 
ongli 
mavjudotga 
aylantirgan 
uning 
aqlidir. 
Aql 
donishmandlikka intilib odam ruhini buyuk qiladi. Donishmandlik orqaligina 
kishi baxtiyor sezadi oʻzini; oʻzini baxtiyor sezmagan baxtiyor ham, ozod 
ham emas. ―Mubarro yashashni istasang falsafaning quli boʻl‖
3

Oʻz illatlarini bilgan va ularni enggan oʻlimdan qoʻrqmaydi; oʻlim 
ruhimizni qiynaydigan a‘zoblardan biri emas, u oxirgi a‘zobdir. Faylasuf 
stoiklar anʻanasini davom ettirib yozadi: ―Bazmu ziyofatlardan oshqozon 
buziladi, ichkilikbozliklardan tomirlar qotadi va titraydi, shahvatdan qoʻl, 
oyoq, boʻgʻimlar zaiflashadi. Men qashshoqlashsam, demak, koʻpchilikka 
qoʻsxilaman, badargʻa qilinsam, borgan joyimni makon bilaman, zanjirband 
qilsalar — tashvish nega? Axir men hozir ham zanjirband emasmanmi? 
Tabiat meni oʻz tanamga bandi etib qoʻymaganmi? Men oʻlamanmi? Demak, 
men endi xasta boʻlmayman, zanjirband qilinmayman, oʻlim xavfidan 
1
Эпикур. Этика. –М., 1977. –С. 47. 
2
Сенека Л.А. Нравственные письма к Луцилию. – Кемеровское книж. изд-во., 1986. – С. 87. 
3
Ўша ерда. –Б. 39. 


291 
xoliman‖1. Shunday qilib xulosa qilamiz. Umuman oʻlimni tabiiy holdek 
kutib olishga da‘vat stoiklar falsafasidagi bosh gʻoyalardan biri hisoblanadi. 
Unga koʻra, kishi tugʻilganidan oʻlim tomon boradi, goʻdaklik, oʻsmirlik, 
yoshlik, qarilik yagona haqiqat — oʻlimga eltadi. Umrini xushbaxt 
oʻtkazmoqchi boʻlgan kishi esa hayot quvonchlariga ham, oʻlim 
qoʻrquvlariga ham befarq yashaydi, oʻlim mubarro ruhni bezovta qilolmaydi. 
Donishmand oʻz qismatidan qochmaydi, hayotini oxiri kelganida tark etadi. 
Hayotdan qochish boshqa, uni tark etish boshqa; birinchisi — ruhning 
zaifligi, ikkinchi buyuk borliq hukmidir. ―Yashash emas, munosib yashash 
muhim; erta oʻlasanmi yoki keyin — ahamiyati yoʻq, yaxshilik bilan 
yashadingmi yoki yomonlik bilan mana — nima zarur‖2. Ikki ming yil oldin 
bitilgan ushbu nasoyihlar — nasihatlar moziy qa‘ridan emas, ma‘naviy-
axloqiy etuklik izlayotan zamondoshimiz qalbidan chiqayotgan da‘vatlardek 
eshitilmaydimi?.. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish