Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Gilozoizm ta’limoti
.
Qadimda jon - pnevma, psyu-xe, fantom, mana, 
kvintessensiya deb nomlangan. Jon (lot. anima) hayvon, inson va hatto 
oʻsimlik tanasida yashaydigan va uni uyqu paytida yoki oʻlimdan soʻng tark 
etadigan alohida kuch sifatida namoyon boʻlgan
. Bundan uning etimologik 
talqini, ya‘ni jonni nafas, nafas olish va nafas chiqarish sifatida tushunish 
kelib chiqqan. Jon uch tarkibiy qismdan iborat mohiyatga aylangan: 
hayotbaxsh nafas oʻsimlik joni deb, psyuxe – ruhiy jon, nus esa – aqlli jon 
deb atala boshlagan. Jonni tushuntirish oʻta ogʻir muammoga aylangan 
(ayniqsa materialistik fikrlovchi faylasuflar uchun). Bu alohida turdagi teran 
materiyaga, koʻz bilan koʻrib boʻlmaydigan ichki mohiyatga shubha 
tugʻilmasligi uchun ular butun tabiatni jonli deb,e‘lon qilganlar. Demak, 
gilozoizm butun tabiatning jonli ekanilgi tan olishdir. 
Platonning «Davlat» asarida jon tarkibiy qismlarining boshqacha 
ierarxiyasi keltiriladi: oqilona jon, emotsional-qahrli jon, buzuq jon. Ular 
tegishli ravishda bosh, koʻkrak va qorin boʻshligʻida joylashgan. 
Aristotelning «Jon haqida» deb nomlangan risolasida jon va tana bir-biridan 
ajralmas mohiyatlar sifatida tavsiflanadi, jon haqidagi ta‘limot esa hayot va 
uning shakllari haqidagi umumiy ta‘limi sifatida tushuniladi. Oʻsimliklar 
joni, hayvonlar joni va aqlli mavjudot – inson jonini farqlar ekan, Aristotel 
rivojlanish gʻoyasini ruhiyatga tatbiqan bilvosita ta‘riflaydi. Uning fikricha, 
jonning yuqorida zikr etilgan uch tarkibiy qismi insonda yaxlit bir butunga 
birlashadi va turli funksiyalar: ovqatlanish, his qilish va mulohaza yuritishda 
namoyon boʻladi. Jon unsurlarining barchasi tana unsurlari bilan uzviy 
bogʻlanadi, ammo ular eng avvalo kosmik harakatlarga bogʻliq boʻladi. Antik 
davrda jon alohida hayotbaxsh kuch, ichki ma‘naviy asos sifatida tushunilgan 
boʻlsa-da, uning faqat oʻz faolligi sifatida tushuntirilgan.
1
Сенека Л.А. Нравственные письма к Луцилию. – Кемеровское книж. изд-во., 1986. –С. 98. 
2
Ўша ерда. –Б. 100. 


292 
Oʻrta asrlar falsafasida jon – dunyoviy va ilohiy faoliyat oʻrtasida 
bogʻlovchi boʻgʻin, degan umumiy tasavvur shakllanadi. Foma Akvinskiy 
(1226–1274) jon insonni «aktuallashtiradi», uning asl mohiyatini belgilaydi, 
degan fikrni ilgari suradi. 
Jon imkoniyatlarini Foma potensiyalar deb ataydi. 
Ular besh xil boʻladi: oʻsish, hissiy idrok etish, oʻz xohish-irodasini 
ifodalash, makonda harakatlanish, aql yordamida dunyoni tushunish. Ayrim 
potensiyalar tana bilan bogʻliq boʻlsa, ba‘zilari, masalan, oʻz xohish-irodasini 
ifodalash va aql yordamida dunyoni tushunish koʻproq oliy asosga 
boʻysunadi. Ammo tana zarur, chunki u jonning barcha potensiyalarini 
birlashtirishni ta‘minlaydi.
Cherkov otalari uchun jon faqat e‘tiqodlar tizimiga mos keladigan yoki 
mos kelmaydigan bir mohiyatni oʻzida ifodalaydi. Jonning normal faoliyatini 
ta‘minlash ruhoniyning vazifasi hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan jon 
shaxsiy hayot omili sifatida emas, balki yoʻlga solish lozim boʻlgan jamoa-
umumiy mohiyat sifatida talqin qilinadi. Jonning moddiyligi gʻoyasi cherkov 
mulozimlari tomonidan taqiqlanadi. Aql va jon Xudo atributlari sifatida 
sharhlanadi. Faqat jonning panoh topishi haqida qaygʻurish lozimligi 
ta‘kidlanadi, zero jon oʻlmas, inson tanasi esa oʻtkinchidir.
Yangi davr Evropa falsafasida jon tushunchasi shaxsning teran, ichki 
dunyosi bilan ayniylashtirilgan. Xususiy tashabbus va tadbirkorlikning 
rivojlanishi insonning ma‘naviy intilishlari qadriyat sifatida anglab etilishiga 
turtki bergan. Shunga qaramay jonning jismoniy kelib chiqishi haqidagi 
konsepsiya unutilmaydi. Fransuz faylasufi Jyulen Lametri (1709–1751) hatto 
jon qaysi organdan oʻrin olishini ham koʻrsatadi. «Biz tubanlashuvimiz 
uchun barcha kishilarning joni yashaydigan miyamizda zarracha oʻzgarish 
yuz berishining oʻzi kifoyadir». «...Bizning jonimiz ehtiyojlarimizga bevosita 
bogʻliq boʻladi, ularni misli koʻrilmagan tezlikda qondiradi va bu ehtiyojlarga 
hech narsa qarshi bora olmasligi haqida ogohlantiradi»
1
.
Jonda butun dunyo oʻzining toʻliq tajassumini topadi. U serqirradir. 
Fransuz faylasufi va matematiki Blez Paskal (1623–1662) jon ruhiy 
parvozlarining cheksiz darajada rang-barangligi, uning nozikligi, betakrorligi 
va beqarorligidan taajjublanib, inson jonining mohiyatini formula bilan 
ifodalash mumkin emas, u haqda faqat hayotni oʻrganish va inson xulq-
atvorini kuzatish orqali hukm chiqarish mumkin, degan xulosaga keladi. 
Jonning mazkur xususiyatlari teran ma‘naviy asoslarni ichki darajadan sirtga 
chiqaradi. Jon individuallikning asosi sifatida amal qiladi. 
Shunday qilib, falsafa tarixida mavjud jon haqidagi tasavvurlar oʻz-
oʻzicha toʻgʻri, biroq toʻliq emas. Mazkur noyob fenomenni tushuntirish 
uchun energetik, dinamik va temporal mezonlar zarur. Adabiyot va 
she‘riyatda, kundalik muomalada jonning bezovtaligi, uning mayllari va 
1
Qarang: Ламетри. Сочинения. – М., 1983. – 237–238-б. 


293 
harakatlari haqida koʻp gapiriladi. Jon azaldan muayyan faol kuch, harakat 
manbai, energiya toki va harakatlantiruvchi asos sifatida tushuniladi. Tana 
dam jonni ifodalash maydoni sifatida, dam jon «goʻri» sifatida qaraladi. 
Psixoanalitik K.Yung jon ham, uning ishi ham koʻpchilik uchun koʻrinmas 
ekanligiga e‘tiborni qaratar ekan, jon uchun muhim omillar ongdan 
tashqa‘rida boʻlsa kerak, deb taxmin qiladi. «Faqat tunda ochiladigan gullar» 
haqida gapirar ekan, Yung, ―jon, barcha ma‘naviy asoslar yaratiladigan va 
shakllanadigan vaqt oraligʻini belgilaydi‖
1
deb ta‘kidlaydi. 
Falsafiy oqimlar, maktablar va yoʻnalishlarning deyarli barchasi jonni 
anglab etish, oqilona tahlil qilish mumkin boʻlmagan, teran hodisa sifatida 
tavsiflaydi. aynii paytda jonga ishora qiluvchi, jonning bokiraligi, uning ichki 
kuchlari haqida bahs etuvchi mavzular doirasi behad keng.
Ekzistensializm asoschisi daniyalik faylasuf S.Kerkegor (1813–1855) 
oʻz izlanishlari natijasida jonni tanlash mumkin va bu har kimning oʻz 
xohish-istagiga bogʻliq, degan muhim xulosaga keladi. Individual ruhiy 
olam, intim ichki dunyoning mavjudligi inson hayotini mushkullashtiradi va 
ong fenomenini anglab etish muammosini yanada ogʻirlashtiradi. Ammo 
oʻzligini saqlab qolish huquqi Erda yashaydigan har bir insonning uzviy 
huquqi hisoblanadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish