Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Ong haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Ong haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi.
Yangi davrda ong 
haqidagi tasavvurlar ancha kengaydi. R.Dekart (1596 –1650) ongni tafakkur 
bilan tenglashtirib, uni umumiyroq tusdagi «ruhiyat» tushunchasidan ajratdi 
va ongni mustaqil, erkin fikrlovchi substansiya deb hisoblab, yonma-yon 
joylashgan boshqa – koʻlamli, fikrlamaydigan, moddiy substansiyaga qarshi 
qoʻydi. Dualizm deb nomlangan mazkur falsafiy yondashuv keyinchalik 
ongning tabiatini tushunishga nisbatan ikki qarama-qarshi yondashuv yuzaga 
kelishiga zamin hozirladi. Shulardan biri ruhiyni jismoniyga (Gobs); 
ma‘naviyni – moddiyga bogʻlash bilan tavsiflanadi. Ikkinchi yondashuv 
subyektiv (Berkli, Yum, Fixte, Max va boshqalar) va obyektiv (Platon, Foma 
Akvinskiy, Gegel) idealizm bilan bogʻliq boʻlib, moddiy va jismoniy narsalar 
va hodisalarni ikkilamchi, ideal, ma‘naviy, ruhiy narsalar va hodisalar 
mahsuli deb tushunishi bilan ajralib turadi.
Ikkala yondashuv ham nemis klassik falsafasida faol rivojlantirildi. 
Masalan, Gegel individual ongga butun rivojlanish negizi sanalgan mutlaq 
gʻoya‘ning pirovard shakllaridan biri sifatida yondashdi. Bu erda ong tarixan 
belgilangan faol asos sifatida tushuniladi. Mazkur asosda uning tuzilishi 
darajalari, xususan, hissiy, mantiqiy, individual va ijtimoiy darajalar 
farqlanadi.
Byuxner, Foxt, Moleshott kabi faylasuflar ongga «vulgar materializm» 
nuqtayi nazaridan yondashadi. Bu yondashuvga koʻra ong sof moddiy 
1
Qarang: Юнг К. Архетип и символ. – М., 1991. – 210-б. 


294 
jarayon sifatida talqin qilinar, uning mazmuni esa inson eydigan oziq-ovqat 
mahsulotlarining kimyoviy tarkibi bilan bogʻlanar edi. Ular jigardan safro 
ajralganidek, aqldan fikr ajraladi, deb hisoblagan.
Tabiatshunoslikning rivojlanishi, ayniqsa neyrofiziologiya, biologiya, 
eksperimental psixologiya sohasida qoʻlga kiritilgan yutuqlar soʻnggi yillarda 
bizning ong tabiati haqidagi tasavvurlarimizni sezilarli darajada kengaytirdi. 
SHunga qaramay, sun‘iy intellekt yaratish borasidagi ishlar, «fikrlovchi 
mashinalar»ning paydo boʻlishi va «axborot portlashi» va kompyuter 
inqilobining boshqa natijalari, xususan shaxmat oʻyinida hatto jahon 
chemionlarini ham yutishga qodir superkompyuterlarning yaratilishi inson 
ongining mohiyati va imkoniyatlari haqidagi masala yangidan qoʻyilishiga 
sabab boʻldi. Shunday qilib, avvalgi savollarga javob olish barobarida yangi 
muammolar ham paydo boʻldi. Biroq ular ong muammosini echishga 
nisbatan har xil, ba‘zan bir-birini istisno etuvchi nuqtayi nazarlar va falsafiy 
yondashuvlar sonini aslo kamaytirgani yoʻq.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish