Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
1.
Qonun nima? 
2.
Tabiat va jamiyat qonunlarining qanday xususiyatlari bor? 
3.
Olamdagi ayniyat va ziddiyat holatlariga misollar keltira olasizmi? 
4.
Miqdor va sifat nima? Me‘yor-chi? 
5.
Inkor nima? Inkorni inkor-chi? 


272 
7- mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatninng madaniy va ma’naviy 
qadriyatlari. 
 
Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida.
Jamiyat – bu insonlar oʻrtasidagi 
munosabatlarning yaxlit oʻz–oʻzini tashkil etuvchi tizimi. Jamiyatning asosini 
insonning muayyan maqsadga muvofiq ravishda atrof-muhitni qayta qurishga 
yoʻnaltirilgan faoliyati tashkil etadi. Jamiyat doimo rivojlanuvchi tizim boʻlib, 
ijtimoiy hayotini harakatga solib turuvchi bosh omil insonning ehtiyojlaridir. 
Muayyan sharoitda inson ehtiyojlarini qondirishning optimal usullari va 
vositalari "manfaatlar" deyiladi va ular tarixiy taraqqiyot davomida doimo 
oʻzgarib boradi. Manfaat – individ va ijtimoiy guruhlar faoliyatiningiasosiy 
sababidir. Shaxs manfaatlari asosida uning maqsadi shakllanadi. Maqsad inson 
faoliyati natijasining ideal shakli, faoliyat predmetining subyektiv timsolidir. 
Inson ehtiyojlari va manfaatlari oʻsib borgani sari jamiyat ham rivojlanib boradi 
(Ilova 7.1).
Faoliyat– insonning oʻzini oʻrab turgan olamga faol munosabati shakli 
boʻlib, uning mazmunini maqsadga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qayta qurish 
bilan bogʻliq hatti-harakatlar tashkil etadi. Inson faoliyati xilma-xil boʻlib, 
ularni takror ishlab chiqarishga asoslangan, ya‘ni reproduktiv va ijodiy faoliyat, 
ya‘ni produktiv faoliyatga ajratish mumkin. SHu bilan birga, faoliyat
subyektning iroda va istaklaridan mustaqil obyektiv-real jarayonlar hamda 
subyektning iroda va istaklariga bogʻliq subyektiv maqsadlar, vazifa, baho va 
boshqa shakllarda namoyon boʻlishi mumkin (Ilova 7.2). Bundan tashqari, 
faoliyat muayyan ijtimoiy obyektlar doirasida insonlar oʻrtasida amalga 
oshadigan munosabatlar tizimi sifatida ham mavjud boʻladi. Bunda inson 
faoliyati jamiyatdagi turli sohalar doirasiga qarab ajratiladi (Ilova 7.3). 
Ijtimoiy falsafa – jamiyatni rivojlanuvchi yaxlit tizim sifatida oʻrganuvchi 
falsafaning alohida sohasi, boʻlib, jamiyat, inson, ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy 
bilishning eng umumiy qonunlari toʻgʻrisida bahs yuritadigan fandir. Ijtimoiy 
falsafa va sotsiologiya fanlari bir-biridan farqlanadi. Xususan, ijtimoiy falsafa 
jamiyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, tamoyillarini oʻrgansa, 
sotsiologiya‘ning diqqat markazida asosan muayyan jamiyat, undagi ijtimoiy 
munosabatlarga oid muammolar turadi. Ijtimoiy falsafa sotsiologiya uchun 
umumnazariy asos boʻlib xizmat qiladi. Shuning uchun jamiyatning mohiyatini, 
taraqqiyotining ichki qonuniyatlarini bilmay turib, muayyan jamiyat va undagi 
ijtimoiy munosabatlarni toʻgʻri tushunish mumkin emas. 
Sharq va Gʻarb falsafasi tarixida jamiyatning vujudga kelishi, rivojlanish 
omillari va qonunlari, tabiat va jamiyatning oʻzaro aloqadorligiga oid koʻplab 
qarashlar mavjud. Markaziy Osiyodan etishib chiqqan buyuk alloma olimlar 
Abu Nasr Farobiy (873–950), Abu Ali Ibn Sino (980–1037), Abu Rayhon 
Beruniy (973–1048) asarlarida jamiyat muammosi chuqur falsafiy tahlil 
qilingan. Abu Nasr Farobiy Platon va Aristotel asarlariga taya‘nib, jamiyatning 


273 
kelib chiqishi asosida tabiiy ehtiyojlarni qondirish yotadi degan gʻoya‘ni ilgari 
surgan. Tabiiy ehtiyoj kishilarni birlashishga, jamoaga uyushuviga olib kelgan. 
Kisxilar oʻrtasidagi oʻzaro yordam jamiyatni keltirib chiqargan. Insoniyat 
jamiyati turli xalqlardan tashkil topgan boʻlib, ular oʻzaro bir-birlaridan tillari, 
urf-odatlari, malakalari, xususiyatlari bilan farqlanadilar. 
Qadimgi yunon faylasufi Aflotun ilk bor ideal davlat nazariyasini 
yaratgan. Farobiy Aflotun ta‘limotini rivojlantirib, davlatlarni fozil va joxillarga 
ajratgan. Fozil shahar (davlat) yuksak axloqli va ma‘rifatli kishi tomonidan 
boshqariladi, bunday davlat shahar axolisining oʻzaro hamkorlikka, bir-biriga 
yordam berishga asoslanadi.
Abu Ali Ibn Sino «Ishorat va tanbihot» asarida inson oʻz shaxsiy 
ehtiyojlari jihatidan boshqalardan ajralgan holda yashay olmaydi, chunki u 
insoniyatning boshqa vakillari bilan oʻzaro hamkor boʻlibgina, ularni (ya‘ni 
ehtiyoj larini) qondirishi mumkin deb hisoblagan. U insonlarning jamiyatda 
tutgan oʻrniga koʻra 3 guruhga ajratadi. Bular: 1) davlat idoralarida xizmat 
qiluvchi va jamiyatni boshqarish ishi bilan shugʻullanuvchilar; 2) xom-ashyo 
va zaruriy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar; 3) davlatni qoʻriqlash, uni turli 
tashqi hujumlardan saqlashni ta‘minlaydigan harbiylar.
Shunday qilib, Ibn Sino ham jamiyatning shakllanishiga kishilarning 
birdamlikda yashashga boʻlgan tabiiy ehtiyojini asos qilib olgan. Abu Rayhon 
Beruniy esa jamiyatni idora qilish va boshqarishning mohiyatini – aziyat 
chekkanlarning huquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi yoʻlida oʻz 
tinchligini yoʻqotishidan iborat, deb bilgan. 
Tabiiy huquq va ijtimoiy shartnoma konsepsiyasining asoslari ingliz 
faylasufi Tomas Gobbs (1588–1679) tomonidan ishlab chiqilgan.«Leviafan» 
asarida T.Gobbsning davlat toʻgʻrisidagi qarashlari bayon qilingan. Uning 
fikricha, kishilik jamiyatining ikki xil holati mavjud: tabiiy va fuqarolik. 
Tabiiylik – bu insoniyatning dastlabki holati. Bunda kishilar shaxsiy manfaat, 
oʻz-oʻzini saqlash yoʻlida tabiatda boʻlgani kabi bir-birini yoʻq qilishga harakat 
qiladi: kuchli inson engadi, kuchsiz – engiladi, boshqacha aytganda, kishi 
kishiga boʻri boʻlib, barcha-barchaga qarshi urushadi, yashash uchun kurashadi. 
Bunday vahshiylikning oldini olish uchun insonlar oʻz ixtiyorlari bilan tinchlik 
va xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida davlat tuzadilar. Davlat shaxsiy 
manfaatlarni umumiy manfaatga boʻysundiradi va tartibsizlikka yoʻl 
qoʻymaydi. Demak, davlat jamiyat a‘zolarini bir maqsadga yoʻnaltiruvchi, ular 
oʻrtasida tinchlikni saqlab turuvchi, umumiy manfaatni ta‘minlovchi vosita
hisoblanadi.
1
Fransuz ma‘rifatparvar faylasufi Jan-Jak Russo (1712–1778) bir vaqtlar 
insonlar tenglikda yashagan ideal jamiyat boʻlganini, unda hamma narsa 
barchaniki boʻlganini, bunday jamiyat ortda qolganini afsuslanib yozadi. 
1
PulatovaD.A., Ro‗zmatovaG.M. G‗arb falsafasi tarixi. – T.: TDShI, 2013. – B.169-170. 


274 
Kisxilar oʻrtasidagi tengsizlik sababini xususiy mulkda deb biladi. Ibtidoiy 
odam alohida bir joyni oʻrab olib, uni «bu meniki» degan tushunchasining 
shakllanishi, Russo fikricha, xususiy mulkning vujudga kelishiga asosiy sabab 
boʻlgan. «Ijtimoiy shartnoma» asarida J.J.Russo erkinlik va yuridik huquqlar 
tengligi, xalq va davlat oʻz vazifalari va burchlarini koʻrsatgan holda bitim 
tuzishi toʻgʻrisida fikr yuritgan.
1
Faylasuflar tomonidan tabiat va jamiyatning 
oʻzaro aloqadorligi, tabiiy muhit va uning jamiyat rivojlanishiga ta‘sirini 
isbotlab berilgan. Jamiyat hayotida tabiatning roli haqida Lao-szi, Konfusiy, 
Demokrit, Gippokrat, Platon, Aristotel, Farobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon 
Beruniy, Ibn Xaldun, Jan Boden, Sharl Monteskyo (1689–1755) kabi
faylasuflar alohida e‘tibor qaratganlar. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Lao-
Szi olamda tabiiy 
dao 
qonuning hukmronlik qilishini, insonning uni 
oʻzgartirishga qaratilgan har qanday harakati tabiat, jamiyat va inson uchun 
ha‘lokatli ekanligini ta‘kidlagan. 
Abu Rayhon Beruniy birinchilardan boʻlib sivilizasiyalarning paydo 
boʻlishida tabiiy-geografik muhitning tutgan oʻrni masalasini koʻtargan. 
Geografik determinizm nazariy asoslarining vujudga kelishiga fransuz faylasufi 
Sharl Monteskyo fikricha, iqlim, Yer relefi va tuproqning holati xalq ruhiyati va 
jamiyat rivojlanishining xususiyatlariga bevosita ta‘sir koʻrsatadi.
Bugungi kunda falsafada tabiat va jamiyatga avvalgi yondashuvlardan 
farqli tizimli yondashuv shakllangan. Unga koʻra, tabiiy muhit jamiyat 
rivojlanishini zaruriy sharti, belgilovchi omillardan biridir. «Tabiat» 
tushunchasini

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish