276
oʻz ifodasini topadi. Ijtimoiy birlashmalar va guruhlar
jamiyatning ijtimoiy
tuzilishini (strukturasini) tashkil etadi.
Inson sotsiumga turli guruh va birlashmalar orqali a‘zo boʻladi, aynan
shu doiralarda uning ijtimoiylashuvi amalga oshadi.
Ijtimoiylashuv
deganda,
shaxs tomonidan muayyan jamoda oʻrnatilgan me‘yorlar, qadriyatlarni qabul
qilishi, namunali xulq koʻrsatmalarini bajarishi tushuniladi. Agar butun
jamiyatni shartli ravishda mikrosotsium (oila, mahalla, sotsial guruhlar: masalan
oʻquv guruhlari, mehnat yoki ijodiy jamoalari, jamoat yoki siyosiy tashkilotlar
va h.k.) va makrosotsium (butun jamiyat)ga ajratilsa, shaxsning jamiyatda
ijtimoiylashuvi mikrosotsial darajada amalga oshadi. Ya‘ni har bir shaxs
jamiyatda sodir boʻlayotgan jarayonlarda oʻz mikrosotsiumining a‘zosi sifatida
ishtirok etadi.
Jamiyat strukturasi demografik, etnik, ijtimoiy-sinfiy, joylashishiga koʻra
hududiy, kasbiy-marifiy, konfessional tuzilishi kabi turlariga qarab
tasniflanishi
mumkin. Masalan, har bir shaxs yoshi, shahar yoki qishloqda yashashi, kasbi,
ya‘ni mehnat faoliyatining harakteri, qaysi etnos, konfessiya vakili ekanligiga
qarab jamiyat ijtimoiy strukturasining muayyan guruhiga kiradi. Jamiyatning
demografik strukturasida
axolining tarkibini jinsi, yoshi, mehnatga yaroqliligi,
axolining
zichligi va umumiy soni, oʻsish darajasi, migratsiya‘ning harakteri,
sogʻligʻining holati aks etadi.
Jamiyatning
ijtimoiy-sinfiy strukturasi
sinflar, qatlamlar, tabaqalar,
stratalardan iboratdir. Sinflar deganda odamlarning katta guruhlari tushuniladi.
Ular xususiy mulkka egalik munosabatlari, ijtimoiy ishlab chiqarish tizimidagi
tutgan oʻrni, ishlab chiqarish vositalariga munosabati,
mehnat taqsimoti
tizimidagi roli, foyda olish usuli bilan farqlanadi. SHu bilan birga, jamiyatning
sotsial strukturasiga sinflarga xos xususiyatlarga ega boʻlmagan guruhlar,
masalan ziyolilar, xizmatchilar va boshqalar ham kiradi.
Jamiyatning sotsial strukturasini stratifikatsiyaviy yondashuv asosida
tushunishga asos solgan faylasuf Pitiriim Sorokin
1
ijtimoiy-iqtisodiy holati,
madaniy va ta‘limi darajasining umumiyligi xos boʻlgan insonlar guruhini
stratalar, ijtimoiy strukturaning ichida bir stratadan boshqasiga oʻtishni esa
ijtimoiy mobillik deb ataydi.
Ijtimoiy munosabatlar subyektiga shaxs, oila, ijtimoiy guruhlar, etnos,
millat kiradi (Ilova 7.6).
Oilaning asosini jamiyat tomonidan
qonunlashtirilgan nikoh, qon-
qarindoshlik aloqalari, turmushning umumiyligi, oʻzaro axloqiy burch va
masʼuliyat tashkil etadi. Oila reproduktiv, tarbiyaviy, xoʻjalik-turmushni
tashkil etish, rekreativ, psixologik himoya funksiyalarini bajaradi (Ilova 7.7).
Shunday qilib, jamiyatning ijtimoiy hayoti undagi mavjud kishilar, turli
ijtimoiy birliklar, va ular orasidagi turli-tuman
aloqa va munosabatlarni
1
Сорокин П.А. Социальная и культурная динамика. М.:Астрель, 2006.
277
qamrab oladi. Ijtimoiy birliklar kishilar ijtimoiy hayotining mavjudlik shakli
hisoblanadi. Ularning shakllanishiga xilma-xil iqtisodiy va ma‘naviy omillar
ta‘sir koʻrsatadi. Ijtimoiy birliklar kishilarning obyektiv tarzda yuz beradigan
ijtimoiy-aloqa va munosabatlar asosida shakllanadi va u tarixiy harakterga
ega.
Urugʻ – etnik tarkibning dastlabki koʻrinishi hisoblanadi. Urugʻ –
insoniyat tarixining qadimiy davrlariga xos boʻlib, kishilarning birgalikda
yashash, mehnat qilish ehtiyojidan kelib chiqqan. Qabilaning kelib chiqishi
ham ijtimoiy ehtiyojlar tufayli sodir boʻladi. Qabila umumiy asosga ega
boʻlgan; keyinchalik oʻzaro bir-biridan farqlanadigan urugʻlardan iborat
kishilarning tarixiy-etnik birligi hisoblanadi. Urugʻ, qabila tipidagi ijtimoiy
birliklar jamiyat taraqqiyotining quyi bosqichlarida yuzaga kelgan. Ularning
uyushishi natijasida elatlar shakllanadi. elatlarning ixtiyoriy yoki zoʻrlik
yoʻli bilan birlashuvi natijasida xalqlar uyushmalari hosil boʻlgan. Elat
hudud, til madaniy jihatdan umumiylikka ega boʻlgan,
iqtisodiy aloqalari
shakllana boshlagan tarixiy–etnik birlik hisoblanadi.
Millat – elatlar birlashuvi natijasida hosil boʻlgan tarixiy-etnik birlik.
Millat – tarixan tarkib topgan (genetik aloqador), milliy birlikni anglash
ruhiyati, urf-odatlar, anʻanalar va qadriyatlar, til, madaniyat, mentalitetining
yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi,
iqtisodiy aloqalar bilan
bogʻlangan kishilarning ijtimoiy barqaror birligidir.(Ilova 7.8).
Ta‘kidlash zarurki, jamiyat a‘zolari intellektual sa‘lohiyatining oshishi
bilan birga yuksak ma‘naviyatining ham shakllanishi jamiyatda ijtimoiy
barqarorlik, totuvlik va farovonlik qaror topishining muhim omili hisoblanadi.
Jamiyatning
Do'stlaringiz bilan baham: