Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Sinergetika.
Falsafaning zamonaviy metodlaridan biri sinergetik 
metoddir. Sinergetika oʻz-oʻzidan tashkil topish mexanizmlari va 
qonuniyatlarini taraqqiyot jarayonining universal komponenti sifatida 
oʻrganadi. Bu universallik oʻz-oʻzidan tashkil topish nazariyasi uchun shu 
qadar muhimki, sinergetika tadqiqotchilaridan biri G.Xaken bu fanning 
asosiy masalasini u bilan bogʻlaydi. «Nima uchun, - deb yozadi u,- oʻz 
tabiatiga koʻra turli komponentlardan – elektronlar, atomlar, molekulalar, 
fotonlar, xujayralar, hayvonlar yoki hatto odamlardan iborat boʻlgan tizimlar 
oʻz-oʻzidan tashkil topganda, ayni bir tamoyilga boʻysunib, suyuqlikdagi 
tuzilmalar, elektr tebranishlari, hayvonlar populyasiyalari yoki ijtimoiy 
guruhlarni tashkil etishi kerak?».
1
 
Oʻz-oʻzidan tashkil topish hodisalarining bu qadar keng koʻlami 
sinergetikada postulat qilib olinmaydi. U mutaxassislarning turli tuman bilim 
sohalarida tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning umumiy determinantlarini kashf 
etishi natijasidir. Shu tufayli sinergetika alohida fan gʻoyalarining yigʻindisi 
sifatida emas, balki fizik, ximik, biolog va matematik oʻz materialini 
koʻradigan umumiy qarashlar tizimi sifatida va, aksincha, bulardan har biri, 
oʻz fani metodini qoʻllab, sinergetikaning rivojlanishiga biron bir tarzda hissa 
qoʻshadi. «Men yangi fanni «sinergetika» deb atadim, bunga sabab, – deb 
1
Хакен Г. Синергетика. М., 1980. 31-бет. 


247 
yozadi G.Xaken, – unda tizimlarning koʻpgina elementlarining birgalikdagi 
harakati tadqiq etilishigina emas, balki oʻz-oʻzidan tashkil topishni 
boshqaruvchi umumiy prinsiplarni topish uchun koʻpgina turli-tuman 
fanlarning kooperatsiyalashuvi zarurligidir».
2
Sinergetika bu turli tabiatli tuzilmalarning oʻz-oʻzidan tashkil topish, 
barqarorlik, parchalanish va qayta paydo boʻlish jarayonlarini tadqiq 
etuvchi nazariyadir
.
Sinergetika dialektikaning quyidagi gʻoyasini tasdiqlaydi – har bir 
obyekt olamdagi hodisalarning umumiy bogʻlanganligi oqibatida uni qurshab 
turgan xilma-xil jarayonlar bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, ayni vaqtda turli 
qism sistemalardan tarkib topadi. Ob‘ektning har bir tarkibiy qismi boshqa 
tarkibiy qismlar va tashqi dunyo bilan oʻzaro bogʻlanishda mavjud boʻladi. 
SHu sababli har bir tarkibiy qism oʻziga xos individual aloqalar tizimiga ega 
boʻladi, demak u oʻziga xos harakatga va ichki harakatga ega boʻladi va 
oqibatda obyektning ichki oʻz-oʻzidan differensiatsiyalanuvi tendensiyasi 
paydo boʻladi. aynii vaqtda bir butun obyekt uning bir butunligi saqlanishi 
mobaynida oʻz qismlariga ta‘sir oʻtkazadi, shu sababli obyektning ichki oʻz-
oʻzidan integratsiyalanuvi tendensiyasi paydo boʻladi.
Sinergetika taraqqiyot konsepsiyasini chuqurroq ifoda etishga imkon 
beradi. I.Prigojin ta‘kidlashicha: «Ham klassik, ham kvant mexanikada agar 
qaysidir bir vaqtda sistemaning holati etarli aniqlikda ma‘lum boʻlgan 
boʻlsa, unda kelajakni juda boʻlmaganda prinsipda oldindan aytish mumkin 
edi. Buning ustiga bunday turdagi nazariy sxema koʻrsatdiki, qaysidir bir 
ma‘noda «hozir» oʻzida oʻtmish va kelajakni saqlaydi. Koʻrib turganimizdek, 
haqiqatda unday emas. Kelajak oʻtmishning tarkibiy qismiga kirmaydi. Hatto 
fizikada xuddi sotsiologiyadagidek atigi xilma-xil mumkin boʻlgan 
«ssenariylar»nigina oldindan aytish mumkin»
1
.
Sinergetika taraqqiyotning qator fundamental oʻziga xosliklarini ochib 
berishga imkon beradi. Taraqqiyot jarayonida tizimning umumiy muhitida 
tebranishlar hosil boʻlishi, ya‘ni tizim muhitini yangi tashqi ta‘sir vujudga 
keltirayotgan yangi tarkibi sifat jihatdan sakrash nuqtasiga yaqin bosqichda 
hal qiluvchi hisoblanadi. Bu jarayon fluktatsion jarayon deb ataladi. Bu 
bifurkatsiya nuqtasini, ya‘ni taraqqiyotning bundan keyingi yoʻnalishining 
aniq bir variantining koʻpdan koʻp mumkin boʻlgan variantlardagi «tanlovi» 
ni hosil qiladi. Taraqqiyot jarayoni kogerentlik, turbulentlik, dinamik 
tartibsizlik, 
dissipativ 
va 
avtotoʻlqinli 
strukturalar 
dinamikasi, 
kengmasshtabli 
spontan 
fluktuatsiyalar 
kabi 
bungacha 
taraqqiyot 
konsepsiyasi qamrab ololmagan koʻpgina boshqa fenomenlarni oʻz ichiga 
2
Ўша жойда, 15-бет.
1
Пригожин И. От сушествующего к возникающему: Время и сложность в физических науках. - М., 1985. 16-
17-б. 


248 
oladi
1
. Rivojlanish va taraqqiyot jarayonida bifurkatsiya nuqtalari orasida 
deterministik qonunlar, bifurkatsiya nuqtalarida esa ehtimoliy qonunlar 
ustunlik qiladi. Bu murakkab jarayon yangilanish elementlari orqali yangi 
oʻzaro bogʻliqlikda boʻlgan mikro va makro darajadagi tizimlarni hosil qiladi.
Xulosa qilib aytganda sinergetika dunyoga yangicha qarash usuli va bir 
vaqtning oʻzida falsafa fani metodi boʻlib, fanlardagi yangiliklarni 
umumlashtirish, oʻz-oʻzini tashkil qilish, chiziqsiz tafakkur asosida 
evolyusion jarayonni tashkil qiluvchi fanlararo ilmiy tadqiqot usuli sifatida 
asrimizning 70-yillarida paydo boʻldi. Sinergetika yangi ta‘limot sifatida oʻz-
oʻzini boshqarishning umumiy qonunlari va tamoyillarini oʻrganishni asosida 
noorganik va organik tabiatda oʻzaro aloqadorlikda oʻz-oʻzini shakllantirish 
orqali tashkil topish mavjudligini isbot qilib berdi. Materiyaga tashqi ta‘sir 
natijasida oʻzgaruvchi inert obyekt deb emas, balki oʻz-oʻzini tashkil qila 
oladigan obyekt deb qaraladigan boʻldi. Bu ma‘lumotlar statik va jonli 
materiya tushunchalarini ajratib turgan oraliqni ancha kamaytirdi. Agar oʻz-
oʻzini tashkil etuvchi tizimlarning xossalari va vujudga kelishi sharoitlari 
bilan, biologik evolyusiya‘ning eng muhim jihatlarini bir-biriga taqqoslab 
koʻrilsa, ikki holda ham oʻzgarishlar ayni bir xil qonunlarga boʻysunadi va 
oʻxshash tendensiya‘ni namoyon qiladi, degan xulosaga kelish mumkin.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish