Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Metodika
– bilish obyektini oʻrganishga yondashuvda, nazariy va 
metodologik manba‘larni qoʻllashdagi amaliy taktik jarayon. Metodikani 
aksariyat holatlarda amaliy faoliyatda ishlatiladigan qaror, metod va 
metodologiya‘ning tashkil etish usuli, texnik tashkil etish koʻnikmasi sifatida 
olib qaraladi. Zamonaviy ilm-fanda har bir ilmiy sohaga tegishli metodlar va 
metodologik tizimlarning xilma-xilligi kundan-kunga rivojlanib, rang-barang 
tus olgani sababli, biror-bir ilmiy muammoni oʻrganishda qanday metodlar 
jamlanmasi qoʻllanilishi kerak, degan savolga metodika texnikasi yordam 
beradi. Metodika hozirgi kunda pedagogik sohada dars oʻtish texnikasi, 
tashkil qilish usuli sifatida tushuniladigan tushuncha boʻlsa ham, mantiqiy 
jihatdan oʻrganilayotgan mavzuni yoki muammoni oʻrganishning toʻgʻri 
yoʻlini tashkil qilish sifatidagi falsafiy mazmunga bogʻlangan. Muammoni 
oʻrganishga metodik jihatdan toʻgʻri yondashuv toʻgʻri bilim hosil boʻlishiga 
yordam beradi. Metodika metod va metodologiya kabi oʻz mohiyatida 
nazariyaga juda koʻp bogʻlanmagan, oʻzida koʻproq tadqiqotni tashkil 
etishning texnik tomoni boʻlib koʻrinsa ham, aslida metodika oʻrganish 
jarayonida nazariya va metodni qoʻllashda koʻproq bilim va tajribani talab 
qiladi. Misol uchun ma‘lum bir kasallikni da‘volashning juda koʻp usullari 
boʻlsa, shifokordan shu kasallikni tez, samarali va kam harajat usulda 
da‘volash metodikasida katta tajriba, bilim va qoʻllaniladigan usulga ishonch 
talab etiladi. Metodika shu bilan birga ma‘lum darajada nazariy, metodologik 
bilimni amaliyot bilan bogʻlaydi. Chunki yangi nazariya, konsepsiya, metod 
va metodologik tizim amaliy jihatdan metodikada qoʻllaniladi.
Metodlarning tasnifi. 
Metodlar bilish vositasi ekan, u barcha fan 
sohalarida predmetni bilishda asosiy qurol hisoblanadi. SHuningdek 
bilishning qonuniyati, darajasi, tamoyillari, sohalariga qarab metodlar 
umumiy, xususiy hamda fanlararo tadqiqotlar metodlariga boʻlinadi.
Umumiy harakterga ega boʻlgan metodlar: taqqoslash, analiz va sintez, 
umumlashtirish, abstraktlikdan konkretlikka qarab borish, induksiya va 
deduksiya hamda har bir fanga xos, lekin turlicha tarzda qoʻllanadigan 
metodlardir. Hozirgi zamon fani taraqqiyotining muhim xususiyati shundan 
iboratki, u koʻpincha voqe‘likning biror tomonini shunchaki aks ettirib 
qolmasdan, balki muayyan maqsadga muvofiq ravishda bu voqe‘likni 
gavdalantiradi ham. Bu hol bilish metodlarini, ayniqsa formal metodlarni 
ishlab chiqish va tatbiq etishni taqa‘zo etadi. SHuning uchun formal 
metodlarning logik tuzilishini maxsus oʻrganishga ham katta e‘tibor 
berilmoqda. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish