Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Metafizika.
Falsafaning 
yana 
bir 
muhim 
klassik 
metodi 
metafizikadir.Dastlab «metafizika» ata‘masining ma‘nosi inson aqli orqali 
egallanishi mumkin boʻlgan barcha bilimlardan yuqori turuvchi murakkab 
bilim ma‘nosini bergan. Eramizdan avvalgi birinchi asrda 
Rodoslik 
Andronnik
Aristotel 
qoʻlyozmalarini 
sistemalashtirib, 
uning 
fizika 
toʻgʻrisidagi traktatlari guruhidan keyin uning bir qator boshqa mavzudagi 
asarlarini tizimlashtiradi. Bularni Arastuning oʻzi «
ilk falsafa
» deb atagan 
edi. Bu borliq va bilishning dastlabki oliy prinsiplarini aqliy bilish 
toʻgʻrisidagi asarlar edi. Mana shularni Andronnik «
metafizika
» deb ataydi 
(yunon tilidagi aynan ma‘nosi: fizikadan keyin keladigan narsa). Shu 
an‘anaga binoan keyingi zamonlarda ijod qilgan tadqiqotchilar ham 
«metafizika»
deganda 
borliq va bilishning oliy asoslari toʻgʻrisidagi falsafiy 
tadqiqotlarni
tushunganlar. Metafizikani ana shunday tushunishni Yangi 
zamon falsafasiga qadar uchratamiz. 
XVIII asr oxiri, ya‘ni ma‘rifatparvarlik davrida metafizika dunyo 
haqidagi tasavvurlarning sistemalashgan koʻrinishi sifatida emas, bilishning 
alohida shakli sifatida tushunila boshlandi. Mutafakkirlar olam tabiatini 
tasvirlar ekanlar, barcha savollarga tugal javob berishga, dunyoni toʻla-toʻkis 
izohlangan deb koʻrsatishga intilganlar. Boshqacha qilib aytganda, modomiki 
dunyo haqida muayyan qarash toʻgʻri ekan, bu faqat bugungi dunyoni emas, 
balki tubdan oʻzgarmasligi kerak boʻlgan kelgusidagi dunyoni ham tasvirlab 


246 
beradi deb oʻylashgan. Agar bilish metodi 
obyektni
qandaydir 
qotib qolgan, 
rivojlanmaydigan narsa
sifatida tadqiq etsagina bunday fikr yuritish mumkin 
boʻladi. Shu tariqa metafizika bilish metodi sifatida shakllandi. 
Metafizika metodini birinchi boʻlib I.Kant tanqid qildi. Inson bilimi
Kantning fikricha, faqat unga sezgi va idrokda berilgan tajribanigina izohlay 
oladi. Metafizika tushunchasini yangicha izohlash ham Kantdan boshlanadi. 
U oʻz falsafasini 
tanqidiy metafizika
deb ataydi va bilishning chegaralari 
toʻgʻrisidagi barcha oldingi falsafiy bilimlarni tanqidiy nuqtayi-nazardan 
qarab chiqadi. Kant ta‘limotida butun falsafa «tanqidiy falsafaga» (ya‘ni, 
uning falsafasiga) va «notanqidiy», dogmatik falsafaga (metafizikaga) 
boʻlinadi. Gegel ta‘limotidan boshlab falsafiy bilish metodini ikki qarama-
qarshi metodga – metafizik va dialektik metodlarga ajratish boshlanadi.
Metafizik, dogmatik tafakkur
, bu – insonni qurshab turgan dunyoning va 
inson tafakkurining biron bir tomoni, qirrasi, xossasini absolyutlashtirishdir. 
Bunday fikrlash hodisalarning oʻzaro aloqalari va ta‘sirini kam hisobga oladi, 
unga predmetlarning ayrim elementlari va xossalarini farqlantirish va qayd 
etishni absolyutlashtirish xosdir. Metafizik tafakkur aloqalar, oʻzaro ta‘sirlar 
va oʻtishlarni nazardan qochirib, oʻzini dunyoning barcha turli-tuman 
tomonlari, boyligi va birligini ochib berish imkonidan mahrum etadi. Agar 
dialektika aloqalar haqidagi ta‘limot sifatida namoyon boʻlsa, metafizika 
ularni inkor etishga intiladi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish