17
Davlat moliyasining bosh va markaziy bo‗g‗ini davlat byudjetidir. Davlat
byudjeti – davlatning markazlashgan pul fondi bo‗lib, asosan yuridik va jismoniy
shaxslarning soliqlari va majburiy to‗lovlari evaziga shakllanadi va davlatning turli
vazifalari va funksiyalarini moliyaviy ta‘minlashga yo‗naltiriladi.
Davlat byudjeti davlatning qonun kuchiga ega bo‗lgan asosiy moliyaviy
rejasi hisoblanadi. Byudjet hokimiyatning qonun chiqaruvchi organi tomonidan
tasdiqlanadi.
Davlat moliyasining ahamiyat jihatdan muhim bo‗g‗inlaridan yana biri –
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg„armalari
bo‗lib, ular jamiyatning
ayrim ehtiyojlarini mablag‗ bilan ta‘minlash maqsadida
davlat tomonidan jalb
qilingan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish shakli hisoblanadi. Bu
fondlarning asosiy tayinlanishi maxsus maqsadli ajratmalar va boshqa qator
manbalar hisobidan davlatning aniq maqsadli tadbirlarini moliyalashtirishdan
iborat.
Byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning turlari, maqsadli tayinlanishi,
ularga egalik qilish huquqi, amal qilish davomiyligi turlicha bo‗lishi mumkin. U
yoki bu fondni tuzish to‗g‗risida qaror qabul qilishda davlat va jamiyat taraqqiyoti
oldida turgan vazifalarning ustuvorligi muhim ahamiyatga ega.
Davlat byudjeti tarkibida konsolidatsiyalashgan
fondlar davlat maqsadli
jamg‗armalari deb ataladi. Bu fondlarning xususiyati shundaki, davlat byudjetida
defitsit yuzaga kelganda ularning ijbiy qoldig‗i byudjet defitsitini qoplashga
safarbar etilishi mumkin. Shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarning joriy
faoliyatida kassaviy uzilishlar bo‗lgan hollarda
davlat byudjetidan byudjet
dotatsiyalari berilishi yoki boshqa shakldagi moliyaviy yordam ko‗rsatilishi
mumkin.
Davlat krediti
– davlat bilan (uning hokimiyat va ijroiya organlari timsolida)
yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari
o‗rtasidagi muddatlilik, qaytishlilik va to‗lovlilik asosida pul mablag‗larining
harakati bilan bog‗liq iqtisodiy munosabatlar yig‗indisidir. Bu munosabatlarda
davlat
qarz oluvchi, qarz beruvchi (kreditor) yoki olingan (berilgan) qarzlar
bo‗yicha garant (kafil) sifatida ishtirok etadi.
Davlat korxonalari moliyasi
davlat moliyasining o‗ziga xos bo‗g‗ini bo‗lib,
bunda u YaIMning birlamchi taqsimotida bevosita ishtirok etadi. Davlat korxonasi
ustav
kapitalining
shakllanishida
byudjet
mablag‗lari,
boshqa
davlat
korxonalarining badallari, markazlashgan fondlar va vazirliklar, mahkamalar,
uyushmalar qoshida tuziladigan rezervlari asosiy moliyaviy manba bo‗lib xizmat
qiladi.
Mamlakatning moliya tizimida davlat byudjeti markaziy o‗rin egallaydi.
Markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish orqali davlatning qo‗lida
katta
hajmdagi moliyaviy resurslar to‗planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini
qondirishga sarf etiladi. Davlat byudjeti umumdavlat anfaatlarini inobatga olgan
holda ustuvor yo‗nalishlar uchun moliyaviy resurslarni jamlashda asosiy vosita
bo‗lib xizmat qiladi. Ustuvor yo‗nalishlar uchun davlat byudjeti yordamida
moliyaviy resurslarni jamlash bir necha usullar yordamida amalga oshirilishi
18
mumkin. Ayrim hollarda, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal sur‘atlar bilan
rivojlanishini ta‘minlash maqsadida byudjet ajratmalarining hajmi oshiriladi.
Boshqa
hollarda esa, o‗sha sektorlardan mablag‗larni davlat byudjetiga olishda
qulay sharoit yaratiladi.
Davlat byudjeti iqtisodiyotning alohida tarmoqlarining rivojlanishida asosiy
manba rolini ham o‗ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida
milliy iqtisodiyotda yangi tarmoq vujudga kelayotgan bo‗lsa, uning paydo
bo‗lishini hozirgi sharoitda byudjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib bo‗lmaydi.
Faoliyat
ko‗rsatayotgan
subyektlarning
moliyaviy
barqarorligini
ta‘minlashda byudjet katta ahamiyat kasb etadi. Turli obyektiv va subyektiv
omillarning ta‘siri ostida ayrim subyektlarning o‗z moliyaviy resurslari ularning
sog‗lom faoliyat ko‗rsatishi uchun yetarli bo‗lmay qolganda chetdan mablag‗ jalb
qilishga ehtiyoj tug‗iladi. Bunday sharoitda davlat
byudjeti tartibga soluvchi
manba sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta, bunday hollarning barchasida
davlat byudjeti mablag‗lari subyektlarning o‗z manbalari, tarmoq ichidagi
resurslar, bank kreditlaridan so‗ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida
foydalaniladi.
Subyektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta‘minlashda davlat
byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko‗rinishda bo‗lishi mumkin:
moliyaviy resurslarga bo‗lgan yangi talabni kelgusi byudjet yilida
byudjetning xarajatlari tarkibiga
kiritish;
moliyaviy resurslarga bo‗lgan qo‗shimcha ehtiyojni mavjud byudjet
resurslarini bir obyektdan ikkinchisiga o‗tkazish yo‗li bilan qondirish. Bunday
imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim subyektlarning o‗zlariga taqdim
etilgan moliyaviy resurslarni to‗liq o‗zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi
bilan izohlanadi;
qo‗shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va
boshqalar.
Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnika vositalari bilan qayta
qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Byudjetdan
iqtisodiyotga qilinayotgan
xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana
shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (ta‘lim, sog‗liqni saqlash,
madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta‘minot) xarajatlarini moliyalashtirish, oilalarga
ijtimoiy nafaqa berish, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlarini
saqlash, fuqarolaming o‗z-o‗zini boshqarish organlarini moliyalashtirish,
mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning o‗z vaqtida
bajarilishini ta‘minlashda davlat byudjetining ahamiyati beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: