Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


I-BO„LIM. O„QUV MATERIALLAR



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/346
Sana22.04.2022
Hajmi13,85 Mb.
#573232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   346
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

I-BO„LIM. O„QUV MATERIALLAR 
 
1.1. MA‟RUZALAR MATNLARI 
 
1-MAVZU: “DAVLAT BYUDJETI” FANINING PREDMETI, MAQSAD VA 
VAZIFALARI 
REJA: 
1.1. “Davlat byudjeti” fanining predmeti, tarkibiy tuzilishi, maqsadi va 
vazifalari 
1.2. Fanning rivojlanishidagi asosiy tendensiyalar 
1.3. “Davlat byudjeti” fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan o„zaro 
bog„liqligi 
 
Tayanch so„z va iboralar: 
davlat moliyasi; davlat byudjeti; moliya tizimi; 
iqtisodiy o„sish; davlatning funksiyalari; iqtisodiy dastaklar; o„qitishning 
interaktiv usullari; aqliy hujum, bahs, muzokaralar, pinbord texnikasi, keys-
stadi; multimedia ta‟lim vositalari; „quv adabiyotlari; elektron darslik;
testlar majmuasi. 
 
1.1.
 
“Davlat byudjeti” fanining predmeti, tarkibiy tuzilishi, maqsadi va 
vazifalari 
 
O‗zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida 
davlat moliyasi va uning muhim tarkibiy qismi bo‗lgan davlat byudjeti alohida 
o‗rin egallaydi. Davlat byudjeti davlatning qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, 
ekologik va boshqa funksiyalarini amalga oshirishning moddiy-moliyaviy asosini 
tashkil etadi va mamlakat moliya tizimining barcha bo‗g‗inlari bilan byudjet-
moliya qonunchiligi bilan tartibga solinadigan muayyan munosabatlarga kirishadi. 
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish, 
iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam 
o‗rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash, xalqimizning 
hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‗liq va 
samarali amalga oshirish sharoitida davlat byudjetining amal qilish mexanizmlarini 
puxta o‗rganish har qachongidan ham dolzarbdir. Davlat moliyasi tizimida faoliyat 
qiluvchi mutaxassislardan davlat byudjet munosabatini to‗g‗ri va samarali tashkil 
etish mexanizmlarini puxta bilish va amaliyotda qo‗llay olish talab etiladi. Shu 
sababli bakalavriatning bir qator ta‘lim yo‗nalishlari o‗quv rejasiga ―Davlat 
byudjeti‖ nomli fan kiritilgan bo‗lib, ushbu fan dasturida davlat byudjetining 
ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, iqtisodiyotni tartibga solish va ijtimoiy aiyosatni 
amalga oshirishdagi ahamiyati, byudjet tizimi va byudjetlararo munosabatlar 
tamoyillari, byudjet daromadlari va xarajatlari tizimining amal qilish 
mexanizmlari, byudjet jarayoni va byudjet nazoratini tashkil qilish, xorijiy 



davlatlar byudjet tizimi va byudjet jarayonini tashkil etish masalalari qamrab 
olingan. 
Davlat byudjeti davlat moliya tizimining tarkibiy qismini tashkil etadi va 
Davlat byudjetining mazmuni bevosita davlatning ijtimoiy-iqtisodiy funksiya va 
majburiyatlaridan kelib chiqadi. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati tadbirlarini, 
ijtimoiy soha va tarmoqlarni moliyaviy mablag‗lar bilan ta‘minlashda davlat 
byudjeti asosiy moliyaviy manba bo‗lib xizmat qiladi. Davlat byudjetini 
boshqarish va taribga solishda, ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlashda, har bir 
davrning ustuvor taraqqiyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning 
boshqa iqtisodiy dastaklari qatori, davlat byudjeti ham muhim ahamiyat kasb 
etadi, bu vazifalarning samarali ijrosi davlat byudjeti amal qilishining tegishli 
mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda qo‗llash bilan ta‘minlanadi. 
―Davlat byudjeti‖ fanini o‗zlashtirish uchun o‗qitishning ilg‗or va 
zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni 
tatbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o‗zlashtirishda darslik, o‗quv va 
uslubiy qo‗llanmalar, ma‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, 
keyslardan foydalaniladi.
Ma‘ruza va amaliy mashg‗ulotlarda o‗qitishning interaktiv usullari(vizual, 
muammoli, mualliflik ma‘ruzalari, ikki tomonlama tahlil, insert, klaster, ―Venn 
diagrammasi‖ va boshqalar)dan foydalaniladi. Fan o‗qituvchisi tomonidan 
pedagogik va modulli texnologiya tamoyillari asosida ―Davlat byudjeti‖ fani 
o‗quv mashg‗ulotlarining loyihalari ishlab chiqiladi. Amaliy mashg‗ulotlarda 
muammoni jamoaviy tarzda hal etishning usullari va vositalari: aqliy hujum, bahs, 
muzokaralar, pinbord texnikasi, keys stadi (muammoli vaziyat hosil qilib, uni 
yechishni o‗rganish) kabi usullar qo‗llaniladi. 
Shuningdek, fanning amaliyot mashgulotlarida kompyuter dasturlaridan 
(Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, UzASBO), slaydlardan, multimedia 
ta‘lim vositalaridan, Internet sahifalari va tizimlaridan hamda davlat moliyasini 
bashqarish tizimida qo‗llaniladigan dasturiy mahsulotlardan foydalanish tavsiya 
etiladi. Ushbu fanni o‗zlashtirishda talabalarga mavjud o‗quv adabiyotlaridan, 
elektron darslik, testlar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish ham tavsiya 
etiladi. 
―Davlat byudjeti‖ fanining predmetini davlatning markazlashgan pul fondi 
bo‗lgan davlat byudjetining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‗liq 
bo‗lgan tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlar tashkil qiladi. 
Fanni o‗qitishdan maqsad– talabalarda davlat byudjetining shakllanishi, 
taqsimlanishi va ishlatilishi borasida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish va 
chuqurlashtirishdan iborat. 
Fanning vazifasi– talabalarning nazariy bilimlar, amaliy ko‗nikmalar, 
moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuvi hamda 
ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. 
Fan bo‗yicha talabalarning bilim, ko‗nikma va malakalariga quyidagi 
talablar qo‗yiladi. 
Talaba:
 




davlat byudjetining mohiyati, zarurligi va funksiyalari, byudjet tizimi, 
byudjet tuzilishi, byudjet siyosatining mazmuni, vazifalari, rivojlanish bosqichlari, 
byudjet tizimini boshqarish va tartibga solish asoslari, xorijiy mamlakatlar byudjet 
tizimi va byudjet jarayoni, byudjet daromadlari va xarajatlari tarkibi va tuzilishi, 
byudjet daromadlarining shakllanish manbalari, byudjet xarajatlarining tarkibi va 
tuzilishi, respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar o‗rtasidagi byudjetlararo 
munosabatlarning shakllari, byudjet munosabatlarini tashkil etish shakllari haqida 
tasavvurga ega bo„lishi;

davlat byudjeti rivojlanishining qonuniyatlarini, davlat byudjeti holatini 
baholash va tahlil qilishni, byudjet istiqbolini belgilash asoslarini, byudjet 
jarayonining tashkil etilishi va o‗ziga xos xususiyatlarini, O‗zbekiston 
Respublikasining moliya-byudjet qonunchiligi asoslarini, byudjetning g‗azna 
ijrosini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini, byudjet tizimini tashkil etish 
tamoyillarini 
bilishi va ulardan foydalana olishi; 

byudjet ko‗rsatkichlarining prognoz hisob-kitobini tuzish, byudjet ijrosi 
yakunlarini tahlil etish, byudjet tizimi va byudjet tuzilishi, byudjet nazorati, 
byudjet mablag‗lari oluvchilar va byudjet tashkilotlari majburiyatlarini bajarish, 
byudjet tizimi byudjetlari faoliyatini tartibga solish, byudjet ijrosi va byudjet 
tashkilotlari smetalari ijrosi bo‗yicha hisobotlarni tuzish va tahlil etish bo‗yicha 
ko„nikmalarga ega bo„lishi; 

davlat byudjeti ijrosi bo‗yicha hisobotlarni tuzish va tahlil etish, ijro 
natijalarini hisob-kitob qilish, byudjet munosabatlarini tashkil qilishda axborot 
tizimlaridan foydalanish, byudjet amaliyotiga oid huquqiy-me‘yoriy hujjatlardan 
maqsadga muvofiq foydalanish, davlat byudjetining rivojlanish qonuniyatlarini 
aniqlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni o‗tkazish bo‗yicha 
malakalarga ega 
bo„lishi kerak.kerak. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish