Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/346
Sana22.04.2022
Hajmi13,85 Mb.
#573232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   346
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

 
1.2.
 
Fanning rivojlanishidagi asosiy tendensiyalar 
 
Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan 
rivojlanishi uchun samarali faoliyat qiluvchi davlat zarur. Davlat jamiyatga va 
mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‗rsatish, 
iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me‘yoriy va 
institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o‗z 
fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni 
yaratib berish vazifalarini bajaradi. Shu vazifalardan kelib chiqqan holda, 
davlatning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat (1.1-rasm): 
Davlat yuqorida bayon qilingan o‗z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi 
uchun, shuningdek, mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida dolzarb bo‗lgan 
strategik maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan 
moliyaviy resurslarning ma‘lum bir qismini o‗z qo‗lida to‗plamog‗i obyektiv 
zaruriyatdir. Aynan shu obyektiv zaruriyatning mavjud bo‗lishi 
davlat byudjetining
mavjud bo‗lishini va amal qilishini taqozo etadi. 



 
1.1-rasm. Davlatning asosiy funksiyalari
Iqtisodiy ilm ahllari orasida o‗zining teran ilmiy qarashlari, moliya, soliq, 
sug‗urta, davlat byudjeti kabi kategoriyalarning mazmun-mohiyati, funksiyalari, 
kishilik taraqqiyotidagi o‗rni, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi ahamiyati, 
amaliyotda namoyon bo‗lish shakllari to‗g‗risidagi fundamental tadqiqotlari va 
o‗quv-uslubiy ishlanmalari bilan tanilgan o‗zbek iqtisodchi olimlari T.Malikov va 
N.Xaydarovlarning ―Davlat byudjeti‖ nomli o‗quv qo‗llanmalarida ―davlat 
byudjeti‖ tushunchasi haqida quyidagi fikrlar keltirilgan: ―Davlat byudjeti kishilik 
jamiyati taraqqiyotining ma‘lum bir bosqichida paydo bo‗lgan bo‗lib, uning 
vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi 
bilan bevosita bog‗liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo‗lgan ishlab 
chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va byudjetning 
taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi‖
1

Turli davrda va turli iqtisodiy maktab vakillari tomonidan yaratilgan darslik 
va ilmiy adabiyotlarda ―davlat byudjeti‖ tushunchasining turlicha talqini keltiriladi. 
Ayrim adabiyotlarda davlat byudjetiga ―davlat daromadlari va xarajatlari 
yozilmasi‖ sifatida ta‘rif berilsa, boshqalarida ―davlatning asosiy moliyaviy rejasi‖ 
deb ta‘riflanadi, uchinchilari esa ―markazlashgan pul fondini shakllantirish va 
ishlatish shakli‖ deb qaraydilar.
Yuqorida keltirilgan ta‘riflarning har biri davlatning ma‘lum funksiyalarini 
bajarish maqsadida markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ularda 
jamlangan moliyaviy resurslarni sarflash bilan bog‗liq munosabatlarning u yoki bu 
jihatini aks ettiradi. 
Davlat byudjetining mazmunini yoritishga turli davr va turli yo‗nalishdagi 
iqtisodiy maktablar vakillari bo‗lgan iqtisodchi olimlar turlicha yondoshganlari 
haqida yuqorida fikr yuritgan edik. Masalan, nomi keltirilgan o‗quv qo‗llanmada 

1
Malikov T.S., Xaydarov N.H. Davlat byudjeti.O‘quv qo‘llanma – T.: ―IQTISOD–MOLIYA‖, 2007. 5-bet 
1,2 
• Bozor xo‗jaligining institutsional asoslarini shakllantiruvchi qonun 
xujjatlarini ishlab chiqish, qabul qilish, amalga oshirish va takomillashtirish 
• Makroiqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlash, iqtisodiyotni 
samarali boshqarish va tartibga solish 
3,4 
• Asosiy ijtimoiy xizmatlarni kafolatlash, aholining muhtoj qatlamlarini 
ijtimoiy jihatdan qo‗llab-quvvatlash 
• Milliy manfaatlarni himoya qilgan holda, jahon iqtisodiyotiga 
integratsiyalashuv jarayonlarini boshqarish va tartibga solish 
5,6 
• Davlat boshqaruvi, mamlakat mudofaasi va milliy xavfsizligini ta‘minlash 
• Tabiat muhofazasi va ekologik muvozanatni ta‘minlash bilan bog‗liq chora-
tadbirlarni amalga oshirish va sh.k. 



―Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo‗shilishini 
tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni 
taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar 
(iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo‗lish shakli 
sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi‖
1
, - deb izohlangan. 
Agar xorijiy adabiyotlardagi ―davlat byudjeti‖ tushunchasining talqiniga 
nazar tashlasak, masalan, ―Public budgeting systems‖
2
nomli qo‗llanmada 
keltirilishicha, ―davlat byudjetining kelib chiqishi, rivojlanishi va isloh qilib 
borilishi davlat boshqaruvidagi rasmiy shaxslarni o‗z xatti-harakatlari uchun 
javobgarlik va mas‘uliyatga chaqirishga bo‗lgan intilish bilan bog‗liq‖

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish