Yadro shirrasi.
Yadro tarkibida xromatindan tashqari yadro shirrasi yoki nukleoplazma xam
mavjud. Yadro shirasi tarkibida fermentativ oqsillar, kupincha globulinlar borligi aniqlangan.
Fibrilyar oqsillar esa tayanch funksiyalarni bajaradi.
Yadrocha.-
yoki nukleola interfazali yadroning doimiy qismidir. Yadrochaning kattaligi
o’zgaruvchan bo’lib, xujayraning funksional xolatiga bog’liq. Fizik xossalari jixatdan yadrocha
yadrodan ancha zich moddadan tuzilganligi bilan xarakterlanadi. Kimyoviy tarkibi jixatdan esa
yadrochada RNK ning miqdori yuqori konsentratsiyada bo’ladi. Bundan tashqari yadrochaning
asosiy massasini murakkab yadro oqsillari - nukleoproteidlar tashkil etadi va ulardan yadroning
fibrillyar qismi xosil bo‘ladi.
Elektron mikroskopik tekshirishlarga ko’ra yadrochaning asosini oqsilli fibrillyar modda va
granulyar substansiya xosil etadi. Granulyar zarrachalar diametri 200 nmk teng bo’lib, tarkibida
RNK yuqori miqdorda bo’ladi. Bu zarrachalardan keyinchalik preribosomalar xosil bo’ladi.
Demak, yadrocha ribosomalarni sintezlash joyi xisoblanadi. Yadrocha moddasi bevosita
nukleoplazmaga bevosita tegib turib, xech qanday ajratuvchi qobiq bo’lmaydi.
Mendeleevning periodik jadvaliga kiruvchi elementlardan 60 xili tirik organizmlarining
xujayralar tarkibida aniqlangan. Bu ximiyaviy elementlar anorganik dunyo tarkibida uchrab,
organik va anorganik dunyoni birligi xaqidagi fikrni tasdiqlovchi bir dalil deb xisoblasa bo’ladi.
Xujayra tarkibiga kiruvchi ximiyaviy elementlarni uch gruppaga bo’lish mumkin.
Xujayra tarkibidagi 1 gurux elementlarining miqdori 98% tashkil etadi. Bu elementlar oqsillar
tarkibiga kiradi, 2 gurux elementlari - 1,9%, 3 gurux elementlari - 1,001 xujayrada tashkil etadi.
Xujayrada muxim biologik axamiyatga ega bo‘lgan kimyoviy elementlar.
Suv
.
Xujayrada suv miqdori maksimal bo’lib, o’rtacha xisobda xujayra vaznidan 70-80% tashkil
etadi. Organizmda suvning eng ko’p miqdori embrional davrda, sung yoshi kattalashgan sari asta-
sekin kamayadi.
Xujayraning xajmi va tarangligi undagi suv miqdoriga bog’liq. Suv xujayrada issiqlikni
regulyasiya etishda ishtirok etadi. Suvning ximiyaviy strukturasi muxim biologik belgilarni xosil
bo’lishini ifodalaydi. Suv molekulalari qutblanish xossasiga ega, shu sababli, vodorod bog’lari xosil
bo’lishi orqali bir necha molekulalardan komplekslar paydo bo’ladi. Suv molekulalari aktiv
qutublanishi sababli, unda turli ximiyaviy moddalar yaxshi eriydi. Demak, suv - yaxshi erituvchi.
Suvda ayniqsa
gidrofil (
gidro - suv, fil - yaxshi ko’raman) moddalar eriydi. Bularga tuzlar,
kislotalar, asoslar, oqsillar, spirtlar, uglevodlar kiradi. Suvda kam eriydigan yoki umuman
erimaydigan moddalar
Do'stlaringiz bilan baham: |