O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
Biologiya yo’nalishi 1-kurs talabasi
To’rayeva Malikaning
Sitologiya fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: Hujayra Yadrosi va uning kompanentlari.
Reja;
Yadro haqida umumiy tushuncha.
Yadro tarkibiy qisimlari.
Xulosa
Yadro apparati hujayraning universal subtizimi bo'lib, ba'zi hujayralarda
uchramaydi. Prokariotlarda yadro rolini nukleoid bajaradi.
U halqasimon DNKdan iborat bo'lib, gialoplazmadan chegaralanmasdan
mezosomaga birikib turadi.
Eukariot hujayralarda yadro nukleus (lotincha) yoki karion
(yunoncha) bo'lib, Robert Broun toinonidan 1831 yilda o'simlik hujayralarida
va Teodor Shvann tomonidan 1838 yilda hayvon hujayralarida
topilgan.
Yadro sitoplazma bilan doimiy o'zaro munosabatda bo'lib, u bilan
birga hayotiy jarayonlarda ishtirok etadi. Yadrosiz hujayralaming
asosiy hayotiy faoliyati to’xtaydi. Yadrodan mahrum bo'lgan amyoba
oziqlanishi mumkin, ammo uni hazm qilolmay tezda nobud bo'ladi.
Yadrosiz hujayralaming bo'linishi to'xtaydi. Masalan, bir hujayrali
suv o'ti atsetabulyariya (Acetabularia penicullus) ko'ndalang kesilganda,
yadrosiz soyabon qismi halok bo'ladi.
Yadro juda murakkab faoliyatlami bajaradi; yadro hujayraning
eng zarur qismi bo'lib, barcha hayotiy jarayonlami boshqaradi; yadro
irsiy belgilarning nasldan- naslga berilishida va hujayrada oqsilni
moddalar sintezlanishida asosiy rol o'ynaydi.
Yadro va uning tarkibiy qismlari hujayraning interfaza holatida
o'rganiladi. Yadro umumiy tuzilishga ega bo'lsa ham - ular kattaligi,
shakli hamda ichki tuzilmalarining rivojlanishi, ko'rinishiga ko'ra
farqlanadi. Ko'pincha hujayralaming yadrosi yumaloq, tuxumsimon
shakllarda bo'ladi. Yadroning shakli hujayraning shakliga mos bo'ladi chiklashib mayda pufakchalar ko'rinishida avvalgi yadroning joyi
atrofida suzib yuradi. Anafazaning oxirida xromosomalaming harakati
to'xtagandan keyin pufakchalar xromosoma uchlari bilan aloqada
bo'lib, ular atrofida to'planib avval uzun sistemalami hosil qiladilar,
so'ng bu sistemalar birlashib membranani hosil qiladi.
Yadroning tashqi apparati sitoplazmadan karioplazmani yoki
yadro shirasini -yadroning suyuq qismini ajratib turadi. Unda yadro
apparatining ishi uchun kerakli ionlar va organik birikmalar erigan
holda joylashadi. Karioplazmada yadro matriksi va genetik material
joylashadi.
Yadro matriksi laminaga birikkan fibrillyar oqsillaming to'ri.
Unda maxsus oqsillar joylashgan zonasi bo'lib, ulardan yadrocha matriksi
rivojlanadi. Yadro matriksining vazifasi DNK va RNK sintezida
genetik material faolligini boshqarish. Matriks hujayrada yadrochani
hosil qilishda ishtirojk etadi.
Yadrocha - nukleoid yadroda bir yoki bir nechta bo'ladi. RNK ga
boy bo'lganligi uchun hamma bo'yoqlar bilan bo’yaladi va shuning
uchun hamma fiksatsiyalangan preparatlarda ko'rinadi.
Yadrocha mustaqil tuzilma yoki organoid emas. U xromosomaning
mahsuli bo'lib, interfazada faoliyat ko'rsatadi.
Hujayra oqsillarming sintezi davrida yadrocha ribosomalar va
rRNKni hosil qiluvchi markaz bo'lib xizmat qiladi. Yadrochalar
oqsilga 80-85%, RNKga 5-10% va DNKga 1-5% boy bo'lib, bu moddalar
sintezlanadigan joy hisoblanadi. Yadrochalar hujayradagi RNK
sintezlanadigan markaz bo'lib, shuningdek, nukleoproteidlami ham
hosil qiladi.
Yadrochalami hosil qilishda xromosomalaming ikkilamchi belbog’lari
ishtirok etadi. Amerikalik olima
Do'stlaringiz bilan baham: |