Reja: O‘simlik hujayrasining tuzilishi. Yadro



Download 20,5 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi20,5 Kb.
#386507
Bog'liq
O‘simlik hujayr-WPS Office


O‘simlik hujayrasi. Plastidlar. Hujayradagi oziqli moddalar, kristallar.

 

 



Reja: 

1. O‘simlik hujayrasining tuzilishi. Yadro. 

2. Plastidlar klassifikatsiyasi, ahamiyati. 

3. Xloroplast. 

4. Xromoplast. 

5. Leykoplast. 

6. Hujayradagi oziqli moddalar, ularni aniqlash reaksiyalari.

7. Hujayra shirasi. 

8. Hujayra shirasidagi zaxarli moddalar. 

9. Hujayra pigmentlari. 

10. Kristallar, ularning ahamiyati. 

11. Hujayra po‘sti.

  

HUJAYRA   YADROSI



  

Yadro - «nukleus» grekcha «karion». Yadro protoplazmaga o‘xshash hujayraning eng asosiy qismlaridan biri bo‘lib, hisoblanadi. Protoplazma yadrosiz, yadro esa protoplazmasiz yashay olmaydi. Rus olimiGerasimovning ko‘rsatishicha hujayradagi hamma protsesslarda yadro ishtirok etadi. Yadrosiz hujayra bo‘lishi mumkin emasligini ko‘rsatadi. 1890 yilda Gerasimov spirogira suv o‘ti hujayrasidan yadroni ajratib oladi.

Yadrosi bor hujayra normal yashagan. Yadrosi olib tashlangan hujayra esa 42 kundan so‘ng o‘lgan. Yadroni birinchi marta 1831 yilda ingliz olimi botanik Robert Broun orxideya deb atalgan o‘simlik hujayrasidako‘radi.

Yadroning shakli yumaloq yoki elepssimon, ba’zan cho‘ziq va yulduzsimon yadrolar ham uchraydi.

Yadroning katta kichikligi o‘rtacha hisobda 4-36 m gacha bo‘ladi. Bundan ham kichkina va katta yadrolar uchraydi. Masalan, mog‘or zamburug‘ining yadrosi 1 mkm, Sagovnik deb atalgan o‘simlikning yadrosi500-600mkmgacha bo‘ladi. Odatda o‘simlik hujayrasida 1 tadan yadro bo‘ladi.

Ba’zi bir hujayralar 2 ta yoki undan ko‘p yadroli bo‘ladi. Masalan, yashil suv o‘tlarida va shubon zamburug‘larida yuztagacha yadro uchraydi. Dengizda yashaydigan ba’zi bir qizil suv o‘tlari hujayrasida 4000tagacha  yadro uchraydi. Ko‘knorining sutli nayida 1000 tagacha yadro bor.

Ba’zi bir o‘simliklarning hujayrasida yadro bo‘lmaydi. Masalan, ko‘k yashil suv o‘tlari va bakteriyalarda. Rus olimi Peshkovning ko‘rsatishicha bunday o‘simliklarda yadro elementlari protoplazmada tarqoq xoldauchraydi.

Odatda yadro hujayraning turli joylarida uchraydi. Yosh hujayralarda yadro hujayraning 1/3 qismini tashkil etadi. Bunda yadro hujayraning markazida joylashgan. Qari hujayralarda esa yadro hujayraning chetidajoylashgan bo‘ladi.

Yadro rangsiz, tiniq, protoplazmaga nisbatan qat-tiq kolloid modda. Yadro protoplazmadan o‘zining yupqa oq pardasi bilan ajralib turadi. Yadroda ikki xil, ya’ni ichki va tashqi po‘sti bor. Tashqi po‘stiningteshikchasi bor. Yadro ichida yadro suyuqligi joylashgan. Yadro suyuqligi kariolimfa deb ataladi. Kariolimfa 2 xil bo‘ladi.

1. Xromatin (bo‘yaladigan) 

2. Axromatin (bo‘yalmaydigan). 

Yadro protoplazmaga o‘xshash oqsil moddadan tashkil topgan. Yadro oqsilida S,N,O lardantashqari Fe,P ham bor. Shuning uchun ham yadro oqsilini nukleoproteid deb yuritiladi. Bu oqsil oshqozonda hazmbo‘lmasligi bilan boshqa oqsillardan farq qiladi. Xromatin nukleoproteiddan tuzilgan. Yadro tarkibida timonuklein kislota bor. Nukleproteidlarning reaksiyasi kislotali bo‘ladi, ya’ni ko‘k lakmusni qizartiradi.

Yadro tarkibida yadrochalar bor. Yadrolarning tarkibi va vazifasi to‘liq o‘rganilmagan. Yadro harakatlanib turadi. Birinchi harakati protoplazma bilan birgalikda. Bu harakatni sekin harakatlanish deyiladi. Ikkinchiharakati protoplazmasiz o‘zi harakat qiladi. Bunday harakatni tez harakatlanish deyiladi. Demak, yadro hujayrada bo‘ladigan hamma protsesslarda ishtirok etadi. Yadro achituvchi ferment-larni ishlab chiqaradi.Hujayraning bo‘linishi pro-sesslarida ishtirok etadi. 

Yadroning bo‘linishi - hujayraning bo‘linishidir.



  

PLASTIDLAR



  

Plastidlar protoplazmaning mezoplazmasidagi xondrisomadan hosil bo‘ladi. Plastidlar ham proto-plazma va yadroga o‘xshash oqsil moddadan tuzilgan. Lekin plastidlar o‘zining rang beruvchi pigmentlari bilanyadro va protoplazmadan farq qiladi. Plastidlar oqsilida S,O,N, lardan tashqari Fe uchraydi. Plastidlar oddiy yo‘l bilan bo‘linib ko‘payib turadi. Plastidlar protoplazma bilan birgalikda hamda o‘zi harakatlanib turadi. Bir sekunda 0,12 mm masofani bosadi. Plastidlarning kattaligi o‘rta hisobda 1-12 m bo‘ladi.
Download 20,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish