Qoraqalpog`iston – eng qadimgi sivilizatsiya o`choqlarining biri
Rejasi
1. Janubiy Orol bo’yida qadimgi odamlar yashagan makonlar
2. Kaltaminor, Suvyorgan, Tozabogyab, Amirobod madaniyatlari
3. Zardusht ta`limotining Qoraqalpog’iston hududida tarqatilishi
4. Qoraqalpog’iston hududida qadimgi davlat tuzilmalarining shakllanishi va rivojlanishi
Qoraqalpogiston hududi yuksak madaniyat o’chog’idan biri bo’lib, qadimgi Sharq dunyosining ajralmas qismini tashkil etgan. Bu ajoyib o’lkaning qulay tabiiy sharoiti boy o’simliklar va hayvonat dunyosi eng qadimgi ajdodlarimizning diqqat-e`tiborini o’ziga jalb qilgan.
Bu hududda 150-130 ming yil avval qadimgi odamlar joylashgan. Ustyurtdagi Borsakelmas chukmasining janubi-garbiy tomonidagi tepalik ustida joylashgan Esen-2 joy-makoni sunggi tosh asri yodgorliklaridan biridir. Bu joydan xar xil nukleuslar, plastikalar, kirgichlar, keskichlar, konus va prizmatik parraklar topilgan. Esen-2 dan topilgan qurollarda must`e davri qurollarining tarditsiyalari saqlangan. Bu davr kishilari ochiq manzilgox va gor-makonlarda xayot kechirganlar. Ularning asosiy qurollari toshdan yasalgan kirgichlar, keskichlar, teshgishlar, nayza poykonlari bo’lib, ular shubxasiz yog’och va suyakdan mexnat qurollari yasashgan. Bu davr kishilari tayyor ovqat maxsultlaridan foydalanar - ovchilik, termachilik va balikchilik bilan tirikchilik o’tkazar edilar.
Shimoliy - g’arbiy Ustyurt qadimdan boshlab odamlar yashab kelgan joylardan xisoblanadi. So’nggi 30 yil ichida olib borilgan arxeologik ishlar natijasida Ustyurtning Jayron quduq, Aydabol quduq degan joylaridan mezolit va neolit davrlariga mansub 30ta joy-makon topildi.
Aydabol qudugi makonlaridan chaqmoq toshdan ishlangan uchrindilar, nukleuslar, tosh bo’lakchalari. parrakchalar, kirgichlar, kamon o’qining uchlari, teshgishlar, keskichlar, tosh paykonlari, nayza uchlari topilgan. Kulda ishlangan sopol idishlar bo’lakchalari, chig’anoqdon yasalgan nozik taqinchoqlar, bezak buyumlar topilgan. Mutaxassislar Aydaboldan topilgan tosh qurol, buyum, sopol idishlar va taqinchoqlar mezolit-neolit davriga - miloddan avvalgi VIII-V ming yilliklarga mansub demoqdalar.
Aydabol qudugidan 6-8 km garbda Jayron quduq shurxogi topilgan. Aydabol va Jayron quduqdan topilgan buyumlar va qurollar Ustyurt va Orolbo’yi mezolit kabilalari xayotida baliqchilik va ovchilik muxum ahamiyat kasb etgan degan fikrni aytishga imkon beradi.
Amudaryo etaklari va Xorazm hududidan neolit davri makonlari ko’plab topilgan. Bular orasida Kaltaminordan Yonboshqal`a degan joydan topilgan makon diqqatga sazovordir. Yonboshqal`ani qazib ochish vaqtida 290 kv.m. xajmli (24x17 m kattalikdagi) turar joyning qoldigi topilgan. S.P.Tolstovning fikricha, bu chayla shaklidagi makon bo’lib, yog’och ustun, sinchlar bilan ko’tarilgan. Uning tomiga ko’ndalang bagazlar tashlanib, usti qamishlar bilan berkitilgan. Chayla o’rtasidan katta markaziy o’choq qoldig’i. uning atroflaridan esa mayda o’choqlar qoldig’i topildi. Makonning madaniy qatlamlaridan baliq, yovvoyi cho’chqa, qirg’avul, suv qushlarining suyaklari, o’rdak va g’oz tuxumlarining po’choqlari, jiyda danaklari topilgan.
Yonboshqal`a makonida topilgan sopol idishlar og’zi yalok, ost tomoni do’ngalak, sirtiga tulkinsimon naqshlar berilgan idishlar edi. Bunday makonlar majmuasi Kaltaminor madaniyati deb atalib, ular sanasining yukori chegarasi miloddan avvalgi VI mingyillik, quyi chegarasi esa IV- mingyilliklar bilan belgilanadi.
Neolit davri makonlari Ustyurtdagi Jayron quduq va Aydabol qudugi atroflaridan ham topildi. Shumanoy tumani markazidan 40-50 km shimoli-sharqda Kasanyul neolit davri qabristoni topildi. Ikkita qabrdan odam skletining qoldiqlari, dengiz chig’anoqidan ishlangan munchoq, kvartsitdan tayyorlangan o’tkir uchli poykon-kamalak o’qining uchi, chig’anoqdan yasalgan silindrsimon sanchqi, sopol idishlarning parchalari topilgan.
Qabrdagi odam 35-40 yoshlardagi erkak kishi bulib, uning suyaklaridan oxra qoldiqlari shaklanib qolgan. Kasanyo’l mozor-qo’rgonidan topilgan buyumlar miloddan avvalgi IV-III mingyillikka mansubdir.
Ustyurtning shimoli-sharq tomonidagi Buloq, Qushbuloq, Beleuli, Churuk, Som, Tuksonboy va boshqa bir qator joylarda 60 dan ortiq neolit makonlari borligi aniqlandi. Bu makonlarda yashagan ibtidoiy kishilar ovchilik, baliqchilik va chorvachilik bilan shugullanganlar.
Amudaryoning Oqchadaryo del`tasida Tozabog’yob madaniyatiga mansub bro’nza davri makonlari joylashgan. Xozirgi kungacha 50 ta qadimgi makon tekshirilgan. Ular yarim ertulali uy joylardan iborat bulib, atrofida kanallar va qadimgi sug’orish maydonlari topilgan. Tozabogyobliklar orasida dexqonchilik keng tarqalgan.
Kavat-3 makonida bro’nzadan qurollar yasash ustaxonasining izlari topilgan. Ko’kcha-3 makoni atrofida qadimiy mozorlar ham qazib ochilgan. Qabrlardagi o’liklar bukchaytirib, boshlari g’arbga qaratib qo’yilgan. Skeletlarning bosh suyagi yonidan idishlar va bro’nzadan ishlangan zeb-ziynat buyumlari topilgan.
Ko’kcha-15 makonidan 30-50-100 m uzoqlikda joylashgan 10 ta yarim yerto’lali uy o’rinlari qazib ochildi. Yerto’lalar to’g’ri burchakli yoki dumaloq shaklga yaqin qurilgan. Yertulalarning pollariga yengil karkasli qator tik yog’och ustunlar o’rnatish uchun chuqurchalar o’yilgan. Demak, ular ustunli yengil uy sistemasini xosil qilgan.
Tozobog’yob sopol idishlari asosan qozon va tuvaksimon idishlardan iborat bo’lib, xilma-xil geometrik chiziqlar bilan naqshlangan.
Xorazmda tekshirilgan so’nggi bronza davri yodgorliklari Amirobod madaniyati nomi bilan atalgan. Amirobod madaniyati miloddan avvalgi IX-VIII asrlar bilan sanaladi. bu davr yodgorliklari Tozobog’yob madaniyati xususiyatlarini saqlab, yarim yerto’la, turar joy, irrigatsiya kanal izlari bilan va kulda yasalgan sopol idishlar bilan xarakterlanadi. Bronza buyumlaridan o’roklar, o’q uchlari, jezginlar hamda o’q uchlari quyilgan tosh qoliplar topildi.
Xorazmdagi bronza davri axolisining asosiy tirikchilik manbalari chorvachilik va dexqonchilik bo’lgan. Tabiiy sharoit kanal qazib, suv chiqarishga imkon bergan hududlarda (Kukcha, Kavat, Yakkaparson_ sugorma dexqonchilikning turli formalari vujudga kelgan.
Orol dengizi soxillariga yakin dashtlarda chorvachilik ustunlik qilgan. Bu qabilalar asosan mayda chorva boqqanlar, qoramol va otlar ham qo’lga o’rgatilgan edi.
Xunarmandchilik uy xunar-kasblariga oid (kulolchilik, metallchilik, tikuvchilik) bo’lgan. Qizilqumda bronza davriga mansub qadimgi mis konlari va ruda eritish xumdonlari bo’lganligi ma`lum bo’ldi.
Eng qadimgi temir buyumlari Xorazmda Kuzalikir, Quyisoy, Uygarak va Dingilja yodgorliklaridan topildi va ular asosan miloddan avvalgi VI-V asrlarga mansubdir. Xorazmda miloddan avvalgi VI-V asrlarga mansub katta sug’orish inshootlarining izlari topib tekshirilgan. Arxeologlar bu inshootlar Axmoniylardan ham oldingi davlat territoriyasida qurilgan bo’lishi mumkin va bu davlatga Xorazm, Sug’diyona, Parfiya yerlari kirgan deb faraz qiladilar. Asosiy fikr: davlat tashkiloti bulmasa, bunday katta va uzun kanallarni qazib va saqlab bo’lmasdi.
Zardushtiylik dini asoschisi bo’lgan Zardusht ibn Safid Tumonning yoshligi chorvadorlar orasida o’tgan va uning ismi “keksa tuya egasi”, “sariq tuya mingan odam” degan mazmunni beradi. S.P.Tolstov “Avesto” payg’ambar Zardusht tomonidan Xorazmda yozilgan degan fikrni ilgari surgan. Xorazm davlatining bepoyon yavlovlarida tuya va ot boqqan hamda o’tkir zexnli bo’lgan Zardusht chorvadorlar urug’-qabila oqsoqollari va cho’ponlardan eshitgan juda ko’plagan afsona, rivoyat va voqealar tafsilotlarini kuchli xotirasida saqlab qolgan. 77 yil umr ko’rgan (m.a. 589-512). Otoshparastlik dinini dastlab qabul qilgan va unga sadoqat bilan sig’ingan xorazmliklar bu yangi dunyoqarashni o’z ongiga va kundalik turmushiga chuqur singdirganlar. Shu sababli ham ular yangi barpo etilayotgan shaxar va ko’rg’onlarda mukaddas xudolar nomiga ibodatxonalar qurib, unda “otoshkalar”, ya`ni ut-olov saqlab turadigan maxsus joylar barpo etganlar. Axura-Mazda madxiyalari orasida “Sen usha, kim bizga xayot manbai bo’lgan chorvani dunyoga keltirib yaratgansan. Chorvaga yaxshi ega kerak. Ushbu yerdagi chorva egalariga men erkin yurirshni va erkin xayotni ta`min qilaman” degan so’zlar bor.
Ezgulik xudosi Axura-Mazda yaratgan o’lkalarning birinchisi “Ar`yanem Vayjax” bo’lib, zardushtiylik ta`limoti ilk bor mana shu yerda paydo bo’lgan. Bu diyorning o’ziga xos yaxshiligi tomoni dexqonchilik uchun qulay deyilsa, yomoni - qish faslining cho’zilib. ilk baxorda esa ko’p joylarini suv bosishidir.
Zardushtiylikdak murda sog’lom odamlar uchun eng xavfli narsa deb kursatilgan. Vafot qilganlar jasadini yerga ko’mish, uni yondirish va suvga cho’ktirishga ruxsat berilmagan. Chunki, yer, suv va xavo mukaddas sanalgan va ularni doimo toza saqlab turish talab qilingan.
Vafot qilganlarni uch kun davomida uyda saqlashgan va ularning xaklariga duolar o’kilgan. Shundan so’ng odamlar yashaydigan joydan uzoqroq yerga qo’yib kelganlar. Jasad suyaklari qushlar, yovvoyi xayvonlar, qurt-qumurskalar tomonidan “tozalangan” va mukaddas quyosh nuri ostida ma`lum vaqt turgach, ularni yig’ib kelib xumlarga (ossuariylarga) solib ibodatxona ba`zida esa uylardagi maxsus tokchalarga qo’yganlar. Chilpik yodgorligi qadimgi odamlarning qoldiqlarini olib borib qo’yiladigan mukaddas joylardan biri deb xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |