Uglevodlar
- murakkab organik moddalar bo’lib, umumiy formulasi S (N O) ga teng. Xayvon
xujayralarida miqdori 1-5 % tashkil etsa, usimlik xujayralarida esa 70% ni umumiy vazniga
nisbatan tashkil etishi mumkin. Uglevodlar ikkita gruppaga bo’linadi - oddiy uglevodlar yoki
monosaxaridlar va murakkab uglevodlar - polisaxaridlarga bo’linadi. Polisaxaridlar monomerlari
monosaxaridlar xisoblanadi.
MONOSAXARIDLAR
- rangsiz, mazasi shirin, suvda yaxshi eriydigan moddalar. Tabiatda eng
keng tarqalganlari geksozalar (tarkibida 6 uglerod atomli). Bularga glyukoza, fruktoza (asal va
mevalarda), galaktoza (sutda uchraydi).
Nuklein kislotalar tarkibiga pentozalar kiradi: bular riboza va dizoksiriboza. Oddiy polisaxaridlarni
disaxaridlar tashkil etadi bularga:
SAXAROZA
va sut shakari kiradi. Saxaroza molekulasi
glyukoza va fruktozadan tashkil etgan, sut shakari esa glyukoza va galaktozadan. Disaxarozalar
suvda yaxshi eriydilar, mazasi shirin.
YUQORI MOLEKULYAR POLISAXARIDLAR
- suvda yomon eriydilar. Eng keng uchraydigan
polisaxaridlardan glikogen - fakat xayvon xujayralarida uchraydi. So’ng kraxmal va sellyuloza –
o’simlik xujayralariga mansub.
1. Energetik funksiyasi
- 1g. uglevod parchalanganda 17,6 kdj. energiya ajralib chiqadi. Xujayra bu
energiyani turli sintezlash reaksiyalarda, turli xarakatlar bajarilishda, bulinish jarayonlarida
sarflanadi.
Kurilish funksiyasi
– o’imlik xujayralarining qobiqlari polisaxarid – sellyulozadan tarkib topgan.
68
Trofik funksiyasi
- sut emizuvchilarning qon va to’qimalarida ma’lum miqdorda glyukoza doimo
bo’ladi. Glyukoza miqdorini kamayishi bosh miya nerv xujayralarini qo’zg’olishiga olib keladi.
4. Kraxmal va glikogen moddalari xujayrada zapas modda xisoblanadi.
Nuklein kislotalar
xujaraning kuruk massasini olganda 1–5% tashkil etadi. Xujayra tarkibida ikki
xil nuklein kislotalar tafovut etiladi - DNK (dizoksiribonuklein kislotasi) va RNK (ribonuklein
kislotasi). DNK faqat yadroda, va mitoxondriyalar tarkibida uchraydi. RNK esa yadroda va
sitoplazmada bo’ladi. Nuklein kislotalarning biologik axamiyati katta. DNK genetik informatsiyaga
ega va xujayraning xususiy oqsillarning tarkibini belgilaydi. DNK irsiy belgilarni nasldan-naslga
utishini ta’minlaydi. RNK esa oqsillarning sintez qilishda bevosita ishtirok etadi. DNK molekulasi
bir birining atrofida spiralsimon uralgan 2 zanjirdan iborat. Bu kush zanjirli spiralni diametri
taxminan 2 nanometr, uzunligi esa eng keng katta oqsil molekulalaridan xam kattadir. DNK
molekulyar massasi bir necha millionga teng. DNK molekulasi polinukleotid bo’lib, uning
monomerlari mononukleotidlar deyiladi. RNK va DNK chizma polimerlar buo’lib, tarkibiga 70-80
dan 10\9 mononkleotidlar kiradi. Nukleotid tarkibiga uglevodli birikma – dezoksiriboza, fosfor
kislotasining koldigi va azotli asos kiradi. Azotli asoslar 4 xilda bo’ladi: adeninli, (A), guaninli (G),
timidinli (T), sitozinli (S). Demak, DNK tarkibidagi nukleotidlar 4 xil bo’lishi mumkin: adeninli
(A), guaninli (G), timidinli (T), sitozinli (S) nukleotidlar. DNK molekulasini tashkil etuvchi ikkita
zanjir bir-biriga nisbatan antiparalel ravishda joylashgan. Bunday zanjirlarda kimiyoviy
bog’lanishlar molekulaning uzunasi bo’ylab, va ikkita qarama-qarshi joylashgan zanjirlar orasida
xosil bo’ladi. Bir zanjirning uzinasi bo’ylab joylashgan nukleotidlari bir-biri bilan kovalent
fosfodiefir bog’lari yordamida birikadi. Bunda bir nukleotid tarkibidagi pentozaning gidroksil
gruppasi keyingi nukleotidning fosfat gruppasi bilan birikadi. DNK polinukleotid zanjirining
asosini besh uglerodli uglevod - dezoksiriboza tashkil etadi. Agar zanjirning tashki tomonidan
fosfat gruppalar joylashgan bo’lsa, zanjirning markazida yoki asosida dezoksiriboza, zanjirning
ichki yuzasi tomonidan azotli asoslar joylashadi. Ikkinchi zanjirda joylashgan nukleotidlarning
tartibi birinchi zanjirdagi nukleotidlarning tartibiga mos bo’ladi. DNK ning 2 zanjiri o’zaro azotli
asoslar orasidagi vodorod bog’lari bilan shunday bog’lanadiki, bunda adenin doim timin bilan,
guanin esa sitozin bilan birikadi. Azotli asoslarning kimiyoviy strukturasiga ko’ra, adenin timin
molekulasiga, guanin†sitozin molekulasiga mos. Ikkita zanjirda joylashgan komplementar asoslar
juftlarni xosil qilib, bir-biriga nisbatan qarama-qarshi joylashadi va vodorod bog’lari yordamida
birikadi.Bunday birikish faqat bir-biriga komplementar asoalar orasida xosil bo’ladi: bitta purin
asosi ikkinchi pirimidin asosi bilan birikadi. Masalan A – T orasida ikkita, G – S orasida esa
uchtalik vodorod bog’lari xosil bo’ladi. Shu sababli A va T, S va G komplementar azotli asoslar
deyiladi. Komplimentarlik prinsipi asosida bir zanjirda nukleotidlarning joylashuv tartibi ma’lum
bo’lsa, DNK molekulasining ikkinchi zanjirdagi nukleotidlarning joylashuvini aniqlash mumkin.
DNK unikal xossaga ega - bu ikki xissa ortishi yoki reduplikatsiyasi natijada DNK ona xujayradan
kiz xujayraga irsiy belgilarni utkazish qobiliyatiga ega. DNK molekulasining ikkilamchi spirali
ikkita zanjirga ajralib ketadi. Sung xar bitta ajralgan aloxida zanjirda komplementar prinsipi
asosida yangi ikkinchi zanjir xosil bo’ladi. Shunday qilib, bitta zanjir urniga ikkita yangi va bir xil
DNK molekulalari xosil buladi. Yangi xosil bo’lgan DNKning spirali tarkibidagi bitta zanjiri ona
DNK dagi eski zanjir bulsa, ikkinchisi esa yangi xosil bo’lgan zanjir buladi.
RNK.
RNK
- nuklein kislota bo’lib, xamma RNK turlari DNK molekulasining ma’lum bir
qismlarining kopiya yoki nusxalari xisoblanadi. RNK molekulasining zanjirlari kalta bo’lib, faqat
bitta zanjirdan iborat. RNKning mononukleotidlari DNKni mononukleotidlariga o’xshash. Xar
bitta nukleotid uchta qismdan iborat
1. Uglevodli birikma – riboza. 2. Fosfat kislotasining qoldig’i 3. Azotli asos.
Xuddi DNKga o’xshash azotli asos 4 xil bo’ladi: A (adeninli), S (sitozinli), G (guaninli) va timin
o’rniga RNK da uratsil (U) buladi. RNK ning xamma turlari DNK molekulasidan xosil bo’ladi va
komplementar prinsipi (tuldirish) asosida sintezlanadi. Informatsion, transport va ribosomal RNK
turlari farqlanadi.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |