Sitolemma
– universal biologik membrana bo’lib, ximiyoviy tarkibi jixatdan oksil-yog’
kompleksidir va 3 qavatli tuzilishga ega. Tashqi va ichki qavatlari oqsil molekularidan iborat, o’rta
qavat esa lipid qatlamidan tashkil topgan. Sitolemmani yuza qatlami glikokaliks deyiladi va
uning tarkibida oqsil va yog’ molekulalar uglevodlar bilan glikoproteidlar va glikolipidlarni xosil
qiladi. Sitolemma qalinligi 9- 10 nm. Sitolemma yuzasida retseptorlar joylashgan bo’lib, turli
biologik aktiv moddalarni – gormonlar va mediatorlarni xujayra tomonidan tanishini ta’minlab
beradi. Sitolemma bir qancha muxim biologik funksiyalarni bajaradi. Xujayra bilan atrof muxit
orasidagi doimo modda almashinuv protsesslarini ro’y berishini ta’minlaydi. Ma’lumki, xujayra
sitolemmasining yuzasida ko’p miqdorda mayda teshikchalar – poralar bor. Xar bir poraning radiusi
8 A teng bo’lib, orasidan ma’lum xajmga ega bo’lgan molekulalar o’ta olish qobiliyatiga ega.
Xujayra sitolemmasi fermentativ aktivlikka ega, uning yuzasida bir qancha fosfataza fermentlar
guruxlari va bir qator moddalarni parchalash qobiliyatiga ega bo’lgan moddalar aniqlangan.
Xujayrani oziqlanishda xam, sitolemma aktiv ishtirok etadi. Sitolemma turli burmalar xosil etib,
qattiq zarrachalarni (fagotsitoz) va suyuk moddalarning tomchilarini (pinotsitoz) o’rab olish
qobiliyatiga ega.
Fagotsito
z
– bu qattiq xoldagi makromolekulalarni xujayra sitolemmasi orqali
yutib olishi.
Pinotsitoz
–
bu suyuk va kolloid xoldagi makromolekulalarni yutib olishiga aytiladi.
Xujayra ichiga utgan makromolekulalar parchalanishning keyingi bosqichlaridan utadi. Xujayra
sitolemmasi ekzotsitoz jarayonini bajarishda ishtirok etadi.
Ekzotsitoz
–
bu modda olmashinish natijasida xujayrada xosil bo’lgan keraksiz zararli
moddalarni tashqariga chiqarishdir. Nixoyatda, sitolemma xujayralarning butun ichidagi
komponentlarini tashqi muxitdan ajratib turib, ximoya vazifasini bajaradi.
Sitoplazma organellalari deb, xujayrada maxsus tuzilishga ega bo’lgan va muayyan funksiyalarni
bajaradigan doimiy qismlarga aytiladi. Organellalar ikki gruppaga bo’linadi: umumiy axamiyatga
ega bo’lgan organellalar va maxsus organellalar.
Muxim axamiyatga ega organellalar xamma o’simlik va xayvon xujayralari uchun xos bo’lib,
bularga sitoplazmatik tur, plastinkali kompleks, mitoxondriyalar, ribosomalar, sentrosoma yoki
xujayra markazi va lizosomalar kiradi. Maxsus organellalar faqat muayyan to’qimalar uchun xos
bo’lib, ularni bajaradigan spetsifik funksiyasi bilan bog’liq. Masalan, faqat muskul to’qimaning
muskul xujayralarida qisqarish funksiyasini bajaradigan miofibrillalar, nerv to’qimasini tashkil
etuvchi nerv xujayralar sitoplazmasida neyrofibrillalar, epitelial to’qimasida esa tayanch
funksiyasini bajaradigan tonofibrillalar maxsus organellalar bo‘lib xisoblanadi.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |