60
А.Asosiy adabiyotlar
1. K. H. Netter, MD - Atlas of human anatomy | 6 th edition USA 2014
2. Axmedov N.K. Atlas. Odam anatomiyasi (II jild). T.: "Ibn Sino" nashriyoti,1998y. - 262 bet.
3. Safarova D.D. Odam anatomiyasi (I jild). Darslik. T.: "O‘zDJTI nashriyotmatbaa": 2005y. - 315
b.
4. Safarova D.D. Odam anatomiyasi (II jild), Darslik. T.: "O‘zDJTI nashriyotmatbaa": 2006y. - 302
b.
5. Safarova D.D. Anatomiya fanidan praktikum Toshkent, 2010 - 160 b.
В. Qo’shimcha adabiyotlar
:
1. Ivaniskiy M.F.
Anatomiya cheloveka, M.. FIS., 2011
2. Xudoyberdiev R.E., Axmedov N.K., Zohidov X.Z. va boshq. Odam anatomiyasi. T.: 1993y. -
739 b.
3. Lipchenko V.Ya., Samusov R.P. Atlas po anatomii cheloveka M., "Medisina",1983.
4. Sapin M.R. Anatomiya cheloveka. M., "Medisina", 1985, 544 s.
Internet saytlari
1. www. rsl.ru;
2. www. person.ru;
3. www. mf.uz;
4. www. tdiu.uz;
5. www. ziyonet.uz
61
MA’RUZA № 2
Mavzu: «HUJAYRA XAQIDA TA’LIMOT. TO‘QIMALAR»
Ma’ruza rejasi:
1.Xujayra- organizmning struktura va funksional birligi.
2. Xujayraviy nazariyaning asosiy xolatlari.
3. Xujayralarning tuzilishi va kimiyoviy tarkibi: sitolemma, sitoplazma, yadro.
4. Umumiy va maxsus axamiyatga ega bo’lgan organoidlar.
5. Xujayraning xayotiy sikli.
6. To‘qimalar
Tayanch iboralar: xujayra, to‘qimalar, a’zo, a’zolar tizimi, yaxlit organizm, sitoplazma, yadro,
xujayra qobig‘i, mitoz, meyoz, mitoxondriya, ribosoma, plastida, endoplazmatik to‘r.
1665 yilda ingliz fizigi R. Guk o’zi yasagan mikroskop ostida pukak kesmasini tuzilishini tekshirib
ko’rgan. Bunda u birinchi bo’lib, pukak kesmasi kattakchalardan yoki xujayralardan tashkil
topganligini aniqlagan. “Xujayra” terminini biologiyaga bir inchi martaba R. Guk kiritgan. 1671
yilda Malpigi, Gryu o’simlik to’qimalari xujayralardan tashkil topganini o’z tekshirishlarida
ko’rsatdilar va Gukning kashfiyotini tasdiqladilar. 1680 yilda gollandiyalik A.V.
Levenguk bir
xujayrali organizmlarni tuzilishini birinchi martaba kashf etgan va bir qancha tirik xujayralarni
(eritrotsitlar) tuzilish xossalarini bayon etdi.
Xujayra xaqidagi bilimlar mikroskop tuzilishi murakkablashishi va ko’rsatish kattaligi oshishi bilan
chuqurlashadi. XIX asrda Yan Purkine xujayra tarkibida protoplazma borligi va 1830 yilda esa
ingliz fizigi R. Broun birinchi bo’lib, xujayra tarkibidan maxsus igna
bilan yadroni ajratadi va
xujayra yadrosiz yashay olmasligini ko’rsatadilar. Nixoyatda, shu davrgacha yigilgan
xujayralarning tuzilishi va vazifasi xaqidagi bilimlar asosida 1838 –1839
yillarda ikkita nemis
olimlari T. Shleyden va T. Shvann “Xujayraviy nazariya” ni yaratadilar va bu kashfiyot XIX
asrning eng katta kashfiyoti bo‘lib, o‘z axamiyati bo‘yicha Darvin tomonidan yaratilgan evolyusion
nazariya va energiya saqlanish qonunlari bilan teng deb yuqori baxolanadi. Xujayra xaqidagi
ta’limot keyinchalik nemis olimi Virxov tomonidan ancha chuqur rivojlantirildi.
Rus olimi K. Ber kup xujayrali organizmlarning rivojlanishi bitta xujayradan - tuxum xujayrasidan
boshlanishini ko’rsatdi. Keyingi davrda bir qancha o’tkazilgan ilmiy tekshirishlarda o’simlik va
xayvon xujayralarida
modda almashinish protsesslari, kimyoviy tarkibi o’xshashligi tasdiqlandi.
Ana shu dalillar organik olamning kelib chiqishi birligini yana bir bor isbotladi.
Xozirgi vaqtda xujayraviy nazariya uchta asosiy xolatlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: