Yadroni to ‘g ‘ri ushlash va bo'yinga q o ‘yish texni Yadroni turgan joydan, d.h. itqitish, yo‘nalishiga
qarab yon tomon bilan turish. 2. Shuning o‘zini itqitish yo‘nalishiga
orqa bilan turib bajarish. 3. Xuddi shuning o‘zi turgan holatda o‘ng
oyoqda turgan holda, chap oyoqni yerga qo‘yish bilan bajarish. 4.
Asosiy holatda turgan holda yadro itqitishga taqlid qilib bajarish.
5. Yadroni turgan joydan, daraxtni shoxchasidan oshirib uloqtirish.
6. 0 ‘ng oyoq bukilgan holda turib, gavda chap tomonga burilgan
holdagi d.h.. 0 ‘ng panja belni pastki qismiga. Oyoqni keyinchalik
ishlatish bilan tosni oldinga burish. 7. D.h. asosiy turish. Yadro
bo‘yinni yonida. Tos holatini ushlagan holda, yelkani o‘ngga burib,
keyinchalik oyoqqa o‘tirish bilan itqitishni taqlid qilish. 8. Shuning
o‘zi - darhol yadroni chiqarib yuborish. 9. Yadroni itqitish uchun
d.h. (itqitish yo‘nalishiga qarab yon tomon bilan turish, chap oyoq
tayanchiga turib (10—15 sm) - yadroni itqitish. 10. Sherigining
qoiini pastdan balandga qarab itarib yuborish.
Uslubiy ko'rsatmalar.
Mashqlar quyidagi ketma-ketlikda baja
riladi: 1) chap oyoqni tayanch uchun tushirish; 2) tosni aylanti-
rish; 3) tovonni o‘ngga burish; 4) ko‘krak bilan oldinga yuqoriga
harakat qilib, qoldagi yadroni itqitish. Mashqlarni bajarishda
keraklilari: 1) ikki oyoqda yaxshi tayanch hosil qilish; 2) itqi-
tishda harakatni o‘ng oyoqdan boshlab, tosni aylantirish bilan uni
oldinga-yuqoriga harakatlantirish. Itqitishni yo‘nalishini nazorat
qilish uchun m a’lum predmetni ustidan oshirib itqitish.
Yadroni joydan turib uloqtirish.
1. Start yig‘ilishini o‘rgatish. 2. Chap oyoq bilan
vipad qilib, bukilgan o‘ng oyoqni o‘zini joyiga qo‘yish. 3. Xuddi
shuning o‘zi, qo‘1 bilan yoki sherikka tayanish. 4. Yadro bilan
sakrab-sakrab harakat qilish. 5. Sakrashni keyinchalik ikki oyoq
bilan balandga bajarish. 6. Sakrab-sakrab harakat qilishni butun-
ligicha, doirani ichida yadroni itqitmasdan va itqitib bajarish. 7.
Sakrab-sakrab harakat qilishni katta tayanchdan baland sakrash.
Keyin yana sakrash bilan bajarish. 8. Shuning o‘zi, lekin final
kuchlanishni tahlil qilish bilan bajarish.
Uslubiy ko'rsatmalar.
Sakrab-sakrab harakat qilishda o‘ng
oyoqni (tayanch) kuchlanishi doiraga burchak b o lib qaratilgan
bolib, yuqoriga qaratilmasligi shart. Sakrab-sakrab harakat qi
lishda, doiraning ichida sirpanib bajarish harakatiga erishish
shart. Sakrab-sakrab harakat qilishni, oldingi vazifalarni yechish
bilan parallel olib borsa boladi. Sakrab-sakrab harakat qilishda
oyoqlarni bir vaqtdagi harakatiga (chap oyoqni siltash — o‘ngini
to‘g‘rilash) e’tibor berish.
akrab-sakrab yadro itg‘itish texnikasiga o ‘rgatish.
Vositalari:
1. Har xil og‘irlikdagi yadrolarni sakrab-sakrab itqi
tish. 2. 2—3 sakrash bilan yadroni itqitish. 3. Yadroni doira ichi-
da, musobaqa qoidalariga rioya qilgan holda bajarish. 4. Kuchni
rivojlantiruvchi mashqlar bajarish. 5. Sakrovchanlikni rivojlanti-
rish mashqlarini bajarish.
Uslubiy k o ‘rsatmalar.
Gavdaning engashishini saqlash. Sakrab-
sakrab bajarilgan harakatda yadroni doimiy ravishda oldinga va
keyinchalik tezlanish bilan bajarilishini kuzatish.
Yadro itqitish texnikasini takomillashtirish va shaxsiy
xususiyatlarini oshirish.
Vositalari:
1. H ar xil og‘irlikdagi yadroni turgan joydan va sak
rab-sakrab itqitish. 2. Yadroni natija uchun itqitish. 3. Og‘irlik va
tortish mashqlarlaridan (toshlar, qadoqtoshlar, shtanga disklari va
h.k.) foydalanish. 4. Egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlarni
bajarish. 5. Nazorat va kalendar musobaqalarda qatnashish. 6.
Shug‘ullanuvchilar orasida musobaqa tashkil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |