Sportda matematika


Zamonaviy morfologiya fanida funksional, genetik va ekologik yo'nalishlari



Download 15,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/422
Sana22.04.2022
Hajmi15,38 Mb.
#572468
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   422
Bog'liq
4 ANATOMIYA

 
Zamonaviy morfologiya fanida funksional, genetik va ekologik yo'nalishlari. 
Odam tansining ayrim a’zolari va tizimlari tuzilishini ularning funksiyasi (faoliyati) bilan uzviy 
bog’liq ravishda o’rganish morfologlar tomonidan shakl va funksiyaning dialektik birligi to’liq tan 
olinganligining dalolatidir. P.F. Lesgaft esa bu materialistik dunyo qarash g’oyasining morfologiya 
namoyondasi sifatidagi ximoyachisi va tashviqotchisi bo’lgan. U yaratgan va rivojlantirgan nazariy 
anatomiya qonuniyatlari, jumladan suyaklar o’sishi qonuniyatlari, mushaklarning, bo’g’imlarning, 
ichki a’zalarining tuzilishi xamda tomirlarning tarmoqlanishi qonuniyatlar zaminini shakl va 
funksiyaning dialektik birligi g’oyasi asosida yaratgan. 
P.F. Lesgaft anatomiya fanida jismoniy tarbiya, sport va tibbiyot amaliyotlari bilan uzviy bog’liq 
bo’lishi, ilg’or yo’nalishning funksional anatomiyaning asoschilaridan biridir. Uning “Nazariy 
anatomiya asoslari” (“Osnovы teoreticheskoy anatomii”) nomli fundamental asaridagi g’oyalar 
xozirgi kunda zamonaviy anatomiya fani rivoji uchun poydevor bo’lib xizmat qilmoqdalar. P.F. 
Lesgaft 
1892
yilda nashr etilgan “Nazariy anatomiya asoslari” nomli noyob asarida odam 
anatomiyasining o’rganish borasida yangi yo’l-yo’riqlar va uslublarni izxor qildi. Dunyo olimlari 
orasida tasviriy anatomiya g’oyalari ustunlikka ega bo’lgan davr uchun P.F. Lesgaftning funksional 
anatomiya goyalari uning chuqur ilmiy fikrlash, ixtirochilik va yangilikka intilish qobiliyatlaridan 
dalolat berdi. Xarbiy-meditsina akademiyasining professori V.L.Gruber tasviriy anatomiyadan bir 
qancha asarlar yaratgan, Rossiyada birinchi anatomik muzeyini tashkil qilgan va P.F.Lesgaftning 
ustozi bo’lgan. F.Lesgaft uz ustozlari va zamondoshlaridan farqli odam tanasining yoki 
a’zolarining tuzilishini ularga xos bo’lgan funksiyasi bilan bog’liq ravishda o’rgandi. Morfologiya 
fanining yutuqlari shu bugunda P.F.Lesgaftning teoretik anatomiya g’oyalari rivojlanishining 
davomiyati bo’lib, nafaqat yaxlit organizm va a’zolargina emas, balki to’qimalar va xujayra ichra 
tuzilmalarga morfo-funksional jixatdan xam baxo berishda asos bo’lib qolmoqda. 
P.F. Lesgaft anatomiya rentgenologik izlanishni kiritgan olimlar namoendasidir. Xozirda esa tirik 
odam anatomiyasini o’rganish soxasida rentgenologik izlanishlarning qator yangi turlari
(elektrorentgenografiya, 
mikrorentgenografiya, 
rentgenodensitometriya, 
kinotelevizion 
rentgenografiya, 
kompyuterli 
tomografiya va boshqalar) qatorida “Egizaklar” usuli, 
kapillyaroskopiya, biopsiya uslubi va xokazolar qo’llaniladi. P.F. Lesgaftning ilg’or va ulug’ 
murabbiylik (pedagogik) xususiyatlari esa uning birinchi bor tabiiy bilimlariga, antomiya faniga 
asoslanib yaratgan jismoniy tarbiyaning ilmiy asoslarida o’z aksini topdi. P.F. Lesgaft asos solgan 
goyalar ma’nosining o’nlab yillar mobaynida ilg’or olimlar tomonidan chuqurlashtirilishi va 
kengaytirilishining xosilasi sifatida ommaviy jismoniy tarbiya va sportning rivojida jismoniy va 
ruxiy jixatdan sog’lom shaxslarni shakllantirish amaliyotda muxim axamiyatga ega bo’lgan 
zamonaviy sport morfologiyasi fani shakllantirdi. 
P.F. Lesgaftning zamonaviy antropologiya va biomexanika fanlarining rivojlanishiga qushgan 
xissalari bebaxodir. P.F.Lesgaft tomonidan 
131
ilmiy ishlar
chop etilgan: undan 
69
tasi anatomiya 
fani bo’yicha, uning raxbarligi ostida 
22
dissertatsiyalar tayyorlangan. 
V.N. Tonkov – “Odamning normal anatomiyasi” darsligini yozdi. Bu darslik besh marta qayta nashr 
etildi. Bu darslikning ko’p yillar mobaynida shuxrat qozonganini sababi, anatomiyadagi butun 
tizimlarning a’zolarini tuzilishi aniq, ravshan tilda, anatomiya dalillarining xammasi esa evolyusiya 
goyalari asosida izoxlangan. Odam organizmning yashash sharoitlarida jismoniy mashqlari va 
yuklanishlarni bajarishga adaptatsiya (moslashuvi) muammosi zamonaviy sport morfologiyasining 
eng dolzarb muammosi xisoblanadi. Kurinishi, quvvati va davriyligi xilma-xil bo’lgan jismoniy 
yuklanishlarning yoshi yoki jinsi jixatidan turlicha bo’lgan (bolalar, o’smirlar, o’rta yoshli va keksa) 


58 
odamlar organizmiga ta’sirotlari to’g’risida amaliyotda ko’plab ma’lumotlar bor. Bu 
ma’lumotlarning aksariyati odamlarda va tajribada olingan mexnat va sportning turlicha 
ko’rinishlari mobaynida shiddatli muskul faoliyatining tayanch-xarakat tizimiga ta’sirotlarga 
moyildir. Bu ma’lumotlar avvalo P.F. Lesgaft qalamiga mansub bo’lib, ularga yana M.F. 
Ivanitskiy, A.A. Gladыsheva, M.G. Prives, A.I. Kurachenkov, B.A. Nikityuk, A.P. Sorokin, F.V. 
Sudzilovskiy, V.G. Koveshnikov, P.Z. Gudz kabi etuk olimlar ulkan xissalarini qo’shganlar.
Uzbekistonda morfologik fanlarning taraqqiyoti R.E.Xudayberdiev, K.A.Zufarov, N.K.Axmedov, 
X.Z.Zoxidov faoliyati bilan bog’liq. R.E.Xudoyberdiev - tanikli uzbek morfologi, professor, 
Uzbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi, Uzbekiston anatomiya maktabining asochilaridan 
biridir. 60-yillik ilmiy faoliyati davomida professor R.E.Xudoyberdiev raxbarligida odam 
anatomiyasi kafedrasining jamoasi ishtirokida bir nechta muxim ilmiy yunalishlar bo’yicha 
izlanishlar o’tkazilgan va ishlab chiqmoqda: jaroxat tufayli va eksperimental ta’sirotlar ostida qon 
aylanish tizimida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, qon aylanishi buzulgan xolda odam organizmda 
kollateral yo’l bilan tiklanish, ichki a’zolarda turli ekstremal xollarda mikrotsirkulyator tizimini 
o’rganish, xazm qilish a’zolarida kompensator-moslashuv jarayonini o’rganish maqsadida 
oshqozonni rezeksiya qilingandan so’ng, shu tizim a’zolaridagi morfo-funksional o’zgarishlar va 
kompensator javobi aniqlandi.
Uzbek tilida anatomiya kitobi - birinchi original darslik sifatida tasviriy va funksional anatomiya 
soxasida ko’p yil davomida ishlab kelgan, etarli tajribaga ega bo’lgan pedagog va olimlar 
R.E.Xudayberdiev, N.K.Axmedov, X.Z.Zoxidovlar xamkorligida birinchi martaba yaratilgan. Nerv 
tizimi va turli morfo-funksional tizimlardagi a’zolarda innervatsiya xususiyatlarini N.K.Axmedov 
tomonidan o’rganilgan. Tibbiy - biologik va ayniksa morfologik fanlarning taraqqiyoti akademik 
K.A.Zufarov faoliyati bilan bog’liq. K.A.Zufarov Uzbekistonda kuchli va butun dunyoga mashxur 
bo’lgan morfologlar ilmiy maktabini yaratdi. Olimning eng katta xizmatlaridan biri – u birinchi 
bo’lib xar bir a’zoni makrostrukturasidan tortib, to eng nozik elektronmikroskopik tuzilmasigacha 
o’rgandi, a’zolar va tizimlar faoliyatining umum jarayonlarni asoslari ko’rsatildi. Kup yillar 
davomida o’tkazilgan eksperemental tadqiqotlarlar natijalari eng zamonaviy usullar yordamida 
echildi, shu jumladan elektron mikroskopik usuli O’rta Osiyoda birinchi martaba ilmiy
izlanishlarga kiritildi. K.A.Zufarov raxbarligida dunyoda birinchi martaba to’qimalar va 
a’zolarning elektronmikroskopik atlasi yaratilgan. Atlas mazmuni jixatdan, bajarilish texnikasi va 
elektronnogrammalarni sifati bo’yicha dunyoning eng yirik ilmiy maktablaring etakchi olimlari 
tomonidan yuksak baxolangan. K.A.Zufarov morfologiya fanlarida qilgan xizmatlari uchun
Pragada “Purkine” oltin medali bilan mukofatlangada “Zufarov morfologiyaning shoxsupasiga 
chiqqan olim.” deb faoliyatini yuksak baxolashgan.
So’nggi davrlarda esa izlanishlarning asosiy yo’nalishlarini odamda va jonivorlarda xarakat 
faolligiga moslashuv jarayonini ta’minlashda o’zgarishlarni o’rganish tashkil etdi (V.YA. 
Kamыshov, YA.R. Sinelnikov va boshqalar tadqiqotlari). Ammo, ichki a’zolardagi adaptatsion 
o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlar xanuzgacha ozdir. Jismoniy mashqlarga moslashuv davrida 
immun tizimda ro’y beradigan o’zgarishlarga esa so’nggi yillardagina axamiyat berila boshlandi 
(F.V. Sudzilovskiy, YU.P. Xussar va boshkalar). Bu boradagi ma’lumotlar nafaqat umumiy nazariy 
axamiyatga, balki yuqori darajada amaliy axamiyatga egadir. Ichki a’zolarda amalga oshiriladigan 
adaptatsion o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlar sport mashg’ulotlarini rivojlantirish, tibbiyot 
nazorat samarasini yuqori darajaga kutarish, sportchilarda turli xastaliklar kelib chiqishni oldini 
olish, xal qilishga ilmiy asos bo’lmoqda. Bularning salmog’i, ayniqsa bolalar va o’smirlani sport 
turlariga tanlash va yo’naltirish muammolarini xal qilishda nixoyatda yuqoridir. Sport 
mofrologiyasining eng murakkab va muxim muammolaridan biri jismoniy yuklanishlarning bolalar 
va usmiralar organizmiga ta’sirini o’rganishdir. Bolalar va o’smiralar orasida sportga tanlov va 
yo’naltirish masalalari maqsadga muvofik ravishda, xamda bir vaqtning o’zida o’sib kelayotgan 
yosh organizmning rivojlanish va shakllanish jarayonlariga salbiy ta’sir ko’rsatishini to’liq istisno 
qilganda amalga oshirilishi mumkinligini doimo kuzda tutmoq lozim. Bu band bolalar va 
o’smiralar sportini rivojlantirish borasida eng muxim va to’liq amal qilinishi shart bo’lgan 
qonundir.
Jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirishi borasidagi sport morfologiyasi 


59 
namoyondalari oldidagi vazifalarga kelsak, bu yo’nalishdagi bilimlar majmuasi xal qilish uchun 
nixoyat darajada ozdir. Sport morfologlar ushbu vazifani bajarish yulida yoki – sporchilarning 
readaptatsiya qilish jarayonida o’rta va ulug’roq yoshli insonlar organizmlarida ro’y beradigan 
adaptatsion o’zgarishlar moxiyatini o’rganishda xali ko’p izlanishlar o’tkazilishi kerak. 
Sport morfologiyasi namoyondalari tomonidan uzoq yillar davomida o’rganilib 
kelinayotgan va shu kunlarda xam o’z echimini to’liq topmagan muammolaridan yana biri – bu 
sportdagi jinsiy polimorfizm muammosidir. Bu yo’nalishda xal etilishini talab qiladigan vazifalar 
ayollar organizmining keng miqyosli xususiyatlarining jadal xarakat faoliyatiga moslashuv 
jarayonida aks etishni, demak sportdagi ko’rsatkichlariga ta’sirot bilan o’zaro bog’lanishlarini 
o’rganishni o’z ichiga oladi. Shunga yarasha, ayolar sportida tibbiy nazorat va kasallanish 
xolatlarining oldini olish tadbirlari xam o’z xususiyatlariga ega bo’ladi. 
Sunggi 
10-20
yillar
mobaynida sport morfologiyasi namoyondalari o’z nazarlarini sport 
tanlovi va sportga yo’naltirish masalalarini irsiy (genetik) belgilarni o’rganish orqali xal etishga 
qaratdilar. Bu borada B.A. Nikityuk, B.I. Kogan, R.N. Doroxov, D.D.Safarova, E.G. Martirosov, 
SHvars V.P. kabi olimlarning turli toifali sportchilarning vaqtda morfologik, genotipik va fenotipik
ko’rsatkichlarini taxlil etib, ular orasida sport tanloviga asos bo’la oladigan va aynan sportchining 
kelajakda yuqori ko’rsatkichlarga erishish qobiliyatini bashorat qilish imkoniyatini yaratadigan 
qator belgilarni aniqlaganlar.
Sport morfologiyasi namoyondalarining bugungi kundagi birinchi darajali vazifalaridan yana biri 
ilmiy-amaliy adabiyotlarda chop etilgan ma’lumotlarni ta’xlil va sintez qilish, umumlashtirish va 
xulosalarni jismoniy tarbiya xamda sport amaliyotiga jadal tadbiq etishdan iboratdir.

Download 15,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish