365
nervlar bosh miya va orka miyadan bir tekisda chikadi, vegetativ nerv tizimining tolalari esa bosh
va orka miyada joylashgan vegetativ markazlardan chikadi.
Vegetativ nerv tizimini tolalarning yo‘llarida neyronlardan tarkib topgan tugunlar joylashgan. Shu
tugunlarga etgach vegetativ nerv tolalar uziladi, somatik nerv tolalar esa markazdan periferiyagacha
etguncha xechkaerda uzilmaydi.
Vegetativ nerv tizimi somatik nerv tizimidan reflektor yoyini tuzilishi jixatdan xam farqlanadi.
Ko‘shimcha yoki assotsiativ neyron tanasi orka miyaning kul rang moddasining yon shoxlarida
joylashgan.
Effektor yoki xarakatchanli neyronlarning tanasi markaziy nerv tizimida emas,
balki nerv bilan
ta’minlanuvchi a’zoga yakin bo‘lgshan periferik tugunlarda joylashgan bo‘ladi.
Vegetativ nerv tizimi simpatik va parasimpatik kismlarga bo‘linadi. Ular bir-biridan morfologik,
funksional va farmokologik belgilari bilan farklanadi.
Simpatik nerv tizimi markaziy va periferik kismlarga bo‘linadi. Markaziy kism bo‘yinning
VIII
segmentidan, to belning
III
segmentigacha bo‘lgan masofaga orka miya
va kul rang moddasining
yon shoxlarida joylashadi. Simpatik tizimining periferik kismi bir juft simpatik stvolidan iborat.
Simpatik stvollar umurtka pogonasining ikki tomonida kalla suyagi asosidagi to dumgacha bo‘lgan
masofada joylashib, nerv tugunlari zanjiridan iborat. Bo‘yinda
3
juft, ko‘krakda
12
juft, belda,
dumgazada
4
juft va dumda
1
ta somatik tugunlar bor. Simpatik stvolida
joylashgan tugunlar
tashkari oralik tugunlar xam farklanadi. Bu tugnlar simpatik stvol bilan a’zo orasidagi masofada
joylashgan. Bunday tugunlarga kuyosh chigalining tugunlari, tutkichning tugunlari kiradi.
Bu tugunlar bo‘yinning chukurrokda
joylashgan muskullari ichida, uyku arteriyalarini orkasida
joylashgan. Ko‘krak qismi
10-12
tugunlardan tashkil topgan bo‘lib,
bu tugunlar qovurgalar
boshchalarining old tomonida joylashgan. Bel qismida
3-4
tugunlar tafovut etiladi. Bu tugunlar bel
umurtqalarining oldingi yon yuzalarida, belning katta muskulining ichki qirrasi bo‘ylab joylashgan.
Dumgaza qismidagi
3-4
tugun dumgazaning oldingi yuzasida joylashgan.
3. Tugunlardan chikuvchi nervlarni ajrata bilish:
a) bo‘yin tugunlaridan uyku nervining ichki tarmogi, uyku nervining tashki tarmogi va ko‘krak
bo‘shligiga tushuvchi yurak nervlari chiqadi.
b) ko‘krakning tugunlaridan qorinning katta va kichik nervlari chiqadi. Bu nervlar diafragma orqali
qorin bo‘shligiga tushadi va quyosh chigalida tugaydi. Ko‘krak tugunlaridan ko‘krak oraligining
orqa devorida joylashgan a’zolarga ingichka tolalar boradi.
v) bel va dumgaza qismidagi tugunlardan
chiquvchi nervlar buyrak, tutkich, dumgaza va tos
chigallariga yo‘naladi.
Nerv tizimining parasimpatik qismi
Simpatik nerv tizimi kabi parasimpatik nerv tizimi markaziy va periferik qismlarga bo‘linadi.
Markaziy qism bosh miya sopida va orqa miyaning dumgaza bo‘limida joylashadi.
Markaziy
qismning bosh bo‘limining nerv tolalari bosh miyaning
III,
VII, IX
va
X
nervlar tarkibida yo‘naladi.
III
-juft – ko‘zni xarakatga keltiruvchi nervlar tarkibida ko‘z sokkasining silliq muskullariga
boradigan nerv tolalari ta’sirlanganda ko‘z qorachigi torayadi.
VII
-juft yuz nervi nogora tori vositasida jag osti va til osti so‘lak bezlarini nerv bilan ta’minlaydi.
Bundan tashqari ogiz va burun bo‘shligida joylashgan silliq bezlarni xam nerv bilan ta’minlaydi.
Quloq
oldi bezini, ogiz va burun bo‘shligidagi shilliq pardalarni
IX
- juft – til-xalkum nervidan
chikuvchi parasimpatik tolalar ta’minlaydi.
X
-juft – adashgan nerv tarkibidagi parasimpatik tolalar bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘shligidagi
joylashgan ichki a’zolar tomon yo‘naladi va nerv bilan ta’minlaydi.
Dumgaza yoki tos bo‘limi
II, IV
dumzaga segmentlarining yon shoxlarida joylashgan parasimpatik
markazlardan iborat.
Parasimpatik nerv tizimining periferik qismini bosh va dumgaza markazlardan chiquvchi nervlar va
a’zolar ichida va tashqarisida joylashgan parasimpatik tugunlar tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: