Dars o‘tish natijasida qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lish lozim:
Bo‘yin, elka, bel, dumg’aza chigallari tana yuzasiga proeksiyasini aniqlash.
1.
Anatomik preparatlarda kalla suyagi asosida bosh miya nervlari kirish va chiqish joylarini
ko‘rsata bilish.
2.
Uchlamchi, yuz va adashgan nervlarni tana yuzasiga proeksiyasini aniqlash.
Mashg‘ulotning mazmuni
Bosh miya nervlari
Bosh miya nervlarini o‘rganishda xar bir nerv juftini raqamini nervning funksiyasini, joylashuvini
va nerv tolalari bilan ta’minlanadigan soxalirini bilish kerak. Sezuvchi nervlarni doim markaz
tomon intiluvchi yo‘nalishda xarakatlantiruvchi va aralashgan nervlarni esa markmzdan kochuvchi
yo‘nalishda ko‘rib o‘rganish lozim.
Bosh miyada
XII
juft nerv chikadi.
I
– xid bilish nervi,
II
– ko‘ruv nervi,
III
– ko‘z sokkasini
xarakatlantiruvchi nerv,
IV
– galtaksimon nerv,
V
– uchlamchi nerv,
VI
– kochiruvchi nerv,
VII
–
yuz nervi,
VIII
– eshitish nervi,
IX
– til-xalkum nervi,
X
– adashgan nerv,
XI
– ko‘shimcha nerv,
XII – til osti nervi
.(rasm 1)
Yuqoridagi nervlar bosh miyaning turli bo‘limlari bilan boglangan bo‘ladi:
I
– xidlash nervi – katta
miya yarim sharlarining xid bilish markazi bilan boglik;
II
– ko‘rish nervi oralik miyaning ko‘rish
bo‘rtigi bilan boglangan; III –
IV
- ko‘z soqqasini xarakatlantiruvchi nerv va galtaksimon nervi
o‘rta miya bilan boglik; V
, VI, VII, VIII
– uchlamchi, qochiruvchi, yuz va eshitish nervlarining
chiqish joyi – orqa miyaning Varoliev ko‘prigi bilan rombsimon o‘yik tubi xisoblanadi;
IX, X, XI,
XII
– til, xalkum, adashgan, ko‘shimcha va til osti nervlari uzunchok miyadan boshlanib,
bo‘yinturuk teshigidan chikib nerv tolalariga ajralib ketadilar. (
I, II, VIII
) fakat sezish vazifasini
bajaradi, (
III,IV,VI,XI,XII
) – faqat xarakat nervlari xisoblanadi, uchinchi xili (
V,VII, IX, X
) –
aralash nervlardir.
Kalla suyagi asosida bosh miya nervlarini kirish va chiqish joylarini ko‘rsata bilish kerak: xid bilish
nervi 20 ip shaklida galvirsimon suyakning galvir plastinkasidagi teshiklar orqali kalla suyagi
bo‘shligiga kirib, oldingi miyaning xid bilish piyoz boshchasiga yo‘naladi, ko‘rish nervi ko‘z kosasi
ichidan ponasimon suyakning kichik qanotlarida joylashgan ko‘rish kanali orqali kalla suyagi
bo‘shligiga kiradi; ko‘zni xarakatlantiruvchi nerv, galtaksimon nerv va qochuvchi nerv ko‘z
kosasining yuqorigi yorigi orqali ko‘z kosasiga kiradi va ko‘zning muskullarini nerv bilan
ta’minlaydi; yuz nervi chakka suyagining ichki quloq teshigiga kiradi, chakka suyagi piramida
kismining bigizsimon vaso‘rgichsimon o‘rtasidagi teshik orkali chikadi; eshitish nervi ichki quloq
teshigi orqali kalla suyagi ichiga kiradi va ko‘prik bilan miyacha o‘rtasidagi burchakda ildiz xosil
qilib tugaydi; til-xalqum nervi, adashgan nerv va qo‘shimcha nervlar birgalikda bo‘yinturuq teshigi
orqali kalla suyagidan chiqadi; til osti nervi ensada joylashgan til osti nervi kanali orqali kalla
suyagidan chiqadi.
362
Bosh miya nervlaridan uchlamchi, yuz va adashgan nervlarini tana yuzasiga proeksiyasini
ko‘rsata bilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |