360
o‘mrov ustki va o‘mrov ostki qismlarga ajratadi. Elka chigalining o‘mrov ustki qismidan kalta
shoxlar elka kamarining teri va muskullariga, o‘mrov ostki qismdan esa uzun shoxlar qo‘llar
terisiga va muskullariga tomon yo‘naladi.
Elka chigalining o‘mrov ustki qismidan chiquvchi kalta shoxlarga qo‘ltiq osti nervi, ko‘krak
qafasining uzun nervi, ko‘krak ustki nervi, ko‘krak osti nervi, elkaning ichki tomondagi teri nervi,
qo‘ltiq osti nervi, ko‘krakning oldingi nervlari kiradi.
Elka chigalining o‘mrov ustki qismidan chiquvchi uzun shoxlarga o‘rta nervi, tirsak nervi, bilak
nervi, muskul-teri nervlari kiradi. Ko‘rsatilgan nervlarni proeksiyasini qo‘lda ko‘rsata bilish kerak.
Bel chigali
ko‘krakning qisman 12 va belning yuqoridagi chiquvchi to‘rtta orqa miya nervlarining
oldingi shoxlaridan xosil bo‘ladi. Bel chigali belning katta muskuli ostida joylashadi. Bel chigali
tarkibida kalta va uzun shoxlar farqlanadi. Kalta shoxlar yonbosh-bel muskulini, belning kvadrat
muskulini va qorin pressini xosil bo‘lishida ishtirok etuvchi muskullarni nervlar bilan ta’minlaydi.
Kalta shoxlarga yonbosh-qorin osti nervi, yonbosh-chot nervi, jinsiy a’zolar va son nervi kiradi.
Bel chigalining uzun shoxlari oyoqning teri va muskullarini nerv bilan ta’minlaydi. Bel chigalining
son shoxlariga son nervi, yopuvchi nerv, son tashki tomoni terisining nervlari kiradi. Bu nervlarni
oyoqda yo‘nalish proeksiyasini aniklash lozim.
Dumgaza chigali ikkita oxirgi bel nervlarining oldingi shoxlaridan va to‘rtta yukorigi dumgaza
nervlarining birlashishidan xosil bo‘lib, dumgazaning oldingi yuzasi ustida joylashgan.
1.
Dumgaza chigalida xam kalta va uzun shoxlar farqlanadi.
2.
Kalta shoxlar butun dumba soxasini, kichik tos ichida joylashgan a’zolarni, chot oraligini
nerv bilan ta’minlaydi.
3.
Katta shoxlarga dumbaning yukorigi nervi, dumbaning pastki nervi va jinsiy nerv kiradi.
Dumg‘aza chigalining uzun shoxlari sonning orqasida joylashgan muskullari, sonni tanaga
yaqinlashtiruvchi katta muskulni, boldir va oyoq panjasining xamma muskullarini va terisini nerv
bilan ta’minlaydi. Dumgaza chigalining uzun shoxlariga son orqasi terisining nervi, quymich nervi,
kichik boldir nervi, katta boldir nervi kiradi. Kichik boldir nervi yuza va ichkaridagi nervlarga
bo‘linadi. Kichik boldirning ichkaridagi nervi boldirning oldingi muskullar guruxini va oyoq
panjasi orqasining terisini ta’minlaydi.
Dum chigali
beshinchi dumg‘aza nervi bilan bitta dum nervining qo‘shilishidan xosil bo‘lib,
umurtka pog‘onaining dum qismi va orqa chiqaruv teshigi soxaidagi teri va muskullarni nerv bilan
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: