O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «axborot texnologiyalari» kafedrasi



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/107
Sana22.04.2022
Hajmi2,4 Mb.
#572151
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107
Bog'liq
axborot tizimlari

2. Funksional qism-tizimlar 
Axborot tizimining funksional qismi
 
axborot tizimining vazifa va 
topshiriqdari bajarilishini ta’minlaydi. Amadda bu yerda tashkilotni boshqarish 
tizimining modeli saqlanadi. Mazkur tizim doirasida boshqaruv maqsadlarining 
funksiyalarga, funksiyalarning esa axborot tizimi quyi tizimiga o‘zgarishi ruy beradi. 
Quyi tizimlar vazifalarni amalga oshiradi. Ular tizimning biror bir belgisiga ko‘ra 
ajratib ko‘rsatilgan qismidir. Odatda axborot tizimida funksional qism funksional 
belgilariga ko‘ra kenja tizimlarga bo‘linadi: 

boshqaruv darajasi (oliy, o‘rta, quyi); 

boshqariladigan resurs turi (moddiy, mehnat, moliyaviy va hokazo); 

qo’llanish sohasi (bank, jamg‘arma bozori va hokazo); 

boshqaruv ishi va davri. 
Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizimining funksional qismi 
tarkibi va mazmuni ma’lum bir ob’ektga boshik. Axborot tizimining ta’minlovchi 
qismi tarkibi va mazmuni turli ob’ektlar uchun bir xilda bo‘ladi. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati vaqtta nisbatan 
«hayotiy sikl» kabi iqtisodiy kategoriyani aks ettiradi. Ya’ni, uning yaratilishi to undan 
foydalanishni to‘xtatishgacha bo‘lgan oraliqdagi hayot siklini anglatadi. AAT ning 
hayot siklida quyidagi bosqichlar ajralib turadi: 
1.
Loyiha oldi bosqichi (rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil). Mavjud 
boshqaruv tizimini, birinchi galda axborot tizimini tadqiq va tahlil etish, yaratiladigan 
AAT ga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilash, texnik-iqtisodiy asos (TIA) va texnik 
vazifalarni AAT ishlab chiqishda rasmiylashtirish. 
2.
Texnik loyihalashtirish (mantiqiy loyhalashtirish). Ta’riflangan talablarga muvofiq 
avtomatlashtiriladigan funksiyalar tarkibini (funksional arxitektura) va ta’minlovchi kenja 
tizim tarkibini (tizimli arxitektura) ishlab chiqish, AAT ning texnik loyihasini 
rasmiylashtirish. 
3.
Qo‘llanma loyihalashtirish (jismoniy loyihalashtirish). Dasturlarni ishlab chiqish va 
tizim, ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonini ishlab chiqish, xodimlar 
uchun qo‘llanma yo‘riqnomalarni yaratish, qo‘llanma loyihani rasmiylashtirish. 
4.
Tadbiq etish (testlash, tajriba ekspluatatsiyasi). AAT kenja tizimlarini kompleks 
tuzatish, xodimni o‘qitish, AAT ni bosqichma-bosqich joriy etish, ekspluatatsiyaga 


topshirish. 
5.
Ekspluatatsiya (kuzatib kuyish, modernizatsiyalashtirish). Kundalik ekspluatatsiya, 
dasturiy va texnik vositalar, shuningdek butun loyihani kuzatib borish, AAT ning ishi 
to‘g‘risida statistik ma’lumotlar yig‘ish, xato va kamchiliklarni to‘g‘rilash, AATni 
modernizatsiyalashga nisbatan talablarni rasmiylashtirish va uni bajarish. 
Axborot tizimining hayotiy sikli interaktiv mazmun kasb etadi: hayotiy 
siklning amalga oshirilgan bosqichlari vaqti – vaqti bilan yangi talablar va tashqi 
muhitgacha o‘zgarishlarga muvofiq qaytarilib turiladi. Hayot siklining har bir 
bosqichi va pallasida navbatdagi qarorlar uchun asos sanaluvchi texnik qarorlar va 
hujjatlar to‘plami shakllanadi. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish