O’zbekiston rechpublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligi


Tripslar turkumi ikki kenja turkum: tuxum qo‘yuvchilar (



Download 14,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/75
Sana22.04.2022
Hajmi14,87 Mb.
#571571
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
Bog'liq
Entomologiya O\'UM 2021

Tripslar turkumi ikki kenja turkum: tuxum qo‘yuvchilar (
Terebrantia
) va 
naycha dumlilar (
Tubulifera
) ga bo‘linadi. 
Birinchi kenja turkumga qarashli turlarda tuxum qo‘ygich yaxshi taraqqiy etgan va 
oldingi qanotlarida bittadan chetki va yana ikkitadan cho‘ziq tomirlar bor.
Ikkinchi kenja turkumga mansub tripslarda tuxum qo‘ygich yo‘q, qorinchaning oxirgi 
uchi naychasimon cho‘ziq, oldingi qanotlarida bittadan tomir bor. 
Tuxum qo‘yuvchi tripslardan 
Thripidae
oilasiga mansub kanaxo‘r trips va yana bir 
qator turlar qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiradi. Naycha dumli tripslar (hammasi 
Phloethripidae
oilasiga mansub)
 bug‘doy
va
 puchgul
tripslar ko‘proq tarqalgan. 
Tamaki tripsi
turli o‘simliklarning barg va gullarida oziqlanadi. G‘o‘za 
zararkunandalari qatoriga kiradi. Bundan tashqari tamaki, beda, bodring (ayniqsa, 
issiqxonalarda), piyoz, karam va boshqa ekinlarga ham zarar keltiradi. 
Bug‘doy tripsi
– 
Haplothrips tritici 
Kurd. Bug‘doyga, ayniqsa, quruqchilik yillari 
lalmikor erlardagi o‘simliklarga sezilarli zarar keltiradi.
Puchgul tripsi
– 
Haplothrips aculeatus 
Fabr. Boshoqli madaniy o‘simliklarda 
rivojlanadi. Qisman boshqa o‘simliklarda ham uchraydi. O‘rta Osiyoda sholiga zarar 
keltirishi aniqlangan. Ovqatlanishi va keltiradigan zarari bug‘doy tripsiga o‘xshash. Keng 
tarqalgan. 
Trips(Suocerathrips lingus)ning lichinka va imagosi 
Yarim qattiqqanotlilar (
Nemirtera

Yarim qattiqqanotlilar (
Nemirtera
) yoki qandalalar turkumi to‘liqsiz o‘zgarish bilan 
rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka besh yoshni o‘tib voyaga etadi. 25 mingdan ortiq 
turi ma’lum, shundan 2 mingtachasi MDH da uchraydi. 
Yarim qattiqqanotlilar, asosan, quruqlikda yashaydi, qisman turlari suvda ham 
uchraydi. Og‘iz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. 


62 
MDH davlatlarining sahro va chala sahro zonalarida ko‘p turlari uchraydi. Bu turlar 
o‘rtasida o‘rgimchaklar jumladan, boshqa zararkunandalarni kamaytiruvchi yirtqich turlari 
ko‘p. Issiq iqlimli joylarda ko‘rshapalak, qush, odam qonini so‘ruvchi turlari ham bor. 
Yarim qattiqqanotlilar morfologik belgilari bilan aniq guruhlarni tashkil qiladi. 
Tanasi yassi, silindrik yoki bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Kattaligi 1
 mm-
1
 sm
o‘rtasida. YAxshi 
taraqqiy etgan fasetik ko‘zlaridan tashqari yana 2 oddiy ko‘zlar ham bor.
Tuxumlari qattiq, po‘sti tarang, bochka yoki sharsimon, yuqori uchida qopqoqchasi 
bor, u lichinka chiqish chog‘ida embrionningboshidagi maxsus do‘mboqcha (tuxum tishi) 
yordamida ko‘tarilib ochiladi. 
Lichinkalari etuk formalariga o‘xshaydi, lekin tashqi ko‘rinishi, kichikligi, qanoti 
yo‘qligi bilan farq qiladi. 
Qandalalar epimorfoz tipida rivojlanadi. Hayot kechirishi va tarqalish areali har xil. 
Deyarli hamma tur qandalalar tuxum qo‘yib ko‘payadi, faqat ko‘rshapalaklarda tashqi 
parazitlik qiluvchilari tirik tug‘adi. Tuxumlarini o‘simlik to‘qimalari ichiga botirib yoki 
o‘simliklar sathiga yopishtirib qo‘yadi. Bir urg‘ochi, turiga qarab, 10- 100 tagacha tuxum 
qo‘yadi. Ba’zi tur qandala (N. Phyllomorpha) tuxumlarini erkak zotlari ustiga o‘rnashtirib, 
boshqa birlari esa o‘z tanalari ostiga yashirib qo‘yadi. Rivojlanishlari bir necha haftadan 
ikki yilgacha davom etadi. 
Qandalalarning fitofag turlari urug‘, meva, barg yoki boshqa organlar shirasi bilan 
oziqlanadi. Fitozoofaglar ham ko‘pchilik turni tashkil etadi. Bular o‘simliklarda oziqlanib, 
zarar 
keltirishi 
bilan 
birga, 
mayda 
bo‘g‘imoyoqlar, shu jumladan, o‘simlik 
zararkunandalarining kushandasi ham hisoblanadi. 
Fitofag va fitozoofagdan tashqari tipik yirtqich tur qandalalar ham bor. 
Birinchi ikki trofik guruhlarga (
Plataspidae
, ko‘pchilik 
Sudnidae, Lygaeidae

oilasining ba’zi bir turlari kiradi. MDH davlatlarida kam uchraydi va zararkunanda 
sifatida ahamiyatga ega emas. 
Uchinchi guruh (
Piesmatedae, Tingidae, Miridae
) ning ba’zi turlari barglarda mayda 
yaltiroq nuqtalar yoki yirikroq dog‘lar paydo qiladi. Zarari xavfli emas. 
To‘rtinchi guruh eng katta va qishloq xo‘jalik o‘simliklarining muhim 
zararkunandalarini o‘z ichiga oladi. Bunga ko‘pchilik miridlar (
Miridae
) va 
Coreoidae
hamda 
Pentatomoidae
bosh oilalari turlari kiradi. Turli xil zarar keltiradi. Maysalarning 
o‘sish nuqtasini nobud qiladi. Usimliklarning keyinchalik rivojlanish fazasida ular poya va 
shoxlarning normal o‘sishini buzadi, uch qismlarining qurishiga sababchi bo‘ladi. 
Generativ organlari paydo bo‘lganida g‘alla boshoqlari oqboshoqqa aylanadi, gul va 
g‘unchalari to‘kiladi. Qandalalar urug‘ bilan ham ovqatlanadi. Agar urug‘ ertagi fazasida 
zararlansa, nobud bo‘ladi, sut davrida bo‘lsa bujmayib qoladi. 
Beshinchi guruhga 
Lygaeidae
oilasiga mansub ko‘p turlar, 
Pyrrhocoridae, Coreidae
va 
Petatamoidae
tegishli ba’zi turlar kiradi. Ular o‘simliklar shirasini so‘rib ovqatlanadi. 
Bu yarim qattiqqanotlilarning etuk davri uzoq, shuning uchun ham ovqatlanish xarakteri 
ham o‘zgargan. Xasva qandalalar, eliylar, ba’zi bir kraeviklar, qisman miridlar (xususan, 
etuk davrida qishlovchilar) yuqoridagi oilalarning tipik vakili hisoblanadi. Qandaladan 
zararlangan urug‘larning og‘irligi kamayadi, ekilganda unib chiqmaydi. Zararkunanda 
turlari baliqchilik xo‘jaliklarida va parrandachilikda uchraydi. Suvda yashovchi turlari 
baliqlar tuxumi va chavoqlari bilan oziqlanib, ular miqdorini kamaytiradi. Kishilar va 
qushlarda uchraydigan turlari kasalliklar tarqatadi. 


63 
Miridlar (
Miridae
) oilasiga mansub qandalalar guruhining kattaligi 2-10
mm,
nozik, 
tanasi yumshoq. Tana formasi va rangi har xil. Ko‘zlari yirik, boshining orqa chetiga 
joylashgan. Ko‘zchalar yo‘q, shu sababli bu oilaga mansub qandalalar so‘qirlar deb ham 
ataladi. Burtlari odatda ingichka va uzun. Xartumchasi 4 bo‘g‘imli o‘rta va orqa 
ko‘kraklari chok-chiziqlar bilan bir qancha qismlarga bo‘lingan. Qalqonchasi uchburchak 
ko‘rinishda. Ust qanoti korium
(s),
klavus
(s1),
kuneus
(si)
va pardali
(t) 
qismlarga 
bo‘lingan. Panjalari 3 bo‘g‘imli. 
Ko‘pchilik turlari o‘simlikxo‘r. Qishloq xo‘jalik ekinlariga, ayniqsa, urug‘lik 
donlarga katta zarar keltiradi. Yirtqich yoki o‘simlik va hayvonlar hisobiga yashovchi 
turlari ham bor. 
Beda qandalasi – 
Adelphocoris lineolatus
Goeze. Beda va boshqa ko‘p yillik hamda 
kam yillik dukkakli o‘simliklar bilan oziqlanadi. 

Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish